O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich



Download 3,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/78
Sana19.04.2022
Hajmi3,99 Mb.
#562466
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78
Bog'liq
Beton va temir beton

3.17-rasm. Osma shiftlarni o‘rnatish. 
3.4 – jadval 
КNAUF to‘plamiy tizimlarining muhiti agressiv bo‘lmagan
xonalarda qo‘llash 
Rejim
Bino va inshootlar 
xonalarining rejimlari
Ichki havoning namligi, %, 
haroratda
12 

C dan 24 

C gacha
24 

C dan yuqori
Quruq 
Normal 
Nam 
Ho‘l 
50 gacha 
50…60 
60…75 
75 dan yuqori 
40 gacha 
40…50 
50…60 
60 dan yuqori 
КNAUF osma shiftlari to‘plamiy tizimlarining qoplamasi sifatida 
gipskartonli va gipstolali listlar, gipsli, mineral momiqli, yog‘och tolali, metall 
plitkalar, akvapanellar ishlatiladi, bu esa ularning qurilishda qo‘llanilishini 
chegarasizligini bildiradi. 
 
GKQ yoki GVL qoplamali osma shiftlarning 
КNAUF to‘plamiy tizimlarining 
konstruktiv sxemalari 
Osma shiftlar metall yoki yog‘och karkasdan, mahkamlash bo‘yumlaridan, 
montaj va qoplamalardan iborat. Osma shiftning karkaslari bir o‘qli yoki ikki 
o‘qli, bir sathli yoki ikki sathli bo‘lishi mumkin.


112 
Bir o‘qli bir sathli karkaslar to‘gri osmalar yordamida asos shiftga 
mahkamlangan, yo‘q ko‘taruvchi profillar yoki bruslardan tashqil topgan. Yo‘q 
ko‘taruvchi profillarga (bruslarga) GKQ yoki GVL qoplamalari o‘zikesar 
shuruplar yordamida mahkamlanadi.
Ikki o‘qli bir sathli yoki ikki sathli karkaslar asosiy va yo‘q ko‘taruvchi 
elementlardan tashqil topgan. Ikki o‘qli karkasning asosiy elementlari osmalar 
yordamida asosga (tom konstruksiyalariga) mahkamlanadi, asosiy elementlarga 
esa bir sathli yoki ikki sathli bog‘lovchilar yordamida karkasning yo‘q 
ko‘taruvchi elementlari mahkamlanadi. 
Кarkasning yo‘q ko‘taruvchi va asosiy 
elementlariga (P113 va P213 uchun) GKQ va GVL qoplamalari o‘zikesar 
shuruplar bilan mahkamlanadi.
Osma shiftning 1 m2 ining massasi, qalinligi 12,5 mm bo‘lgan GKQ yoki 
10 mm bo‘lgan GVL larni qoplama sifatida ishlatish uchun mo‘ljallangan. Osma 
shiftning karkasi, odatda ikki o‘qli qilib, asosiy va yo‘q ko‘taruvchi elementlarini 
bir yoki ikki sathda joylashtirib loyihalash lozim. Bir o‘qli karkaslarni shiftlarning 
uncha katta bo‘lmagan maydonlarida ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Nam yoki ho‘l texnologik rejimli xonalarda metall profillardan qilingan 
karkasli osma shiftlarni ko‘zda to‘tish lozim. Nam va ho‘l texnologik rejimli 
xonalarda GKQV yoki GKQVO hamda GVLV larni qo‘llaganda, ularni yuza 
tomonlarini suvga chidamli gruntovkalar, shpaklyovkalar, bo‘yoqlar yoki PVX 
qoplamalari yordamida himoya qilish kerak.
Osma shiftlarning qoplamasi sifatida turli qalinlikdagi GKQ va GVL larni 
kqo‘llash mumkin (tegishli ravishda faqatgina qalinligi 12,5 mm yoki 10 mm 
bo‘lganlari emas). Albatta, osma shiftning qoplamasining qalinligi oshib borish 
bilan birga uning solishtirma yo‘qi oshib boradi. 
Qirralari kesilgan GKQ lar faqatgina yo‘q ko‘taruvchi profillarning ustiga 
ulanadi (PP 113 shiftlaridan tashqari), to‘g‘ri qirrali GVL larni metall profildan, 
yog‘och brusdan yoki eni 100 mm bo‘lgan GVL tasmalaridan qilingan 
ko‘shimchalar ustiga ulash lozim.


113 
Кo‘ndalang choklarni bir biriga nisbatan 400 mm dan kam bo‘lmagan 
masofada siljitish kerak. Ikki qatlamli qoplashda birinchi qatlamning ko‘ndalang 
choklari ikkinchi qatlam listlarining choklariga nisbatan ham 400 mm dan kam 
bo‘lmagan masofada siljitish kerak. Amaldagi standartlar turli konstruksiyadagi 
osmalar elementlarining minimal kundalang kesimlarini zarur mustahkamligini 
regulirovka qiladi: aylana kesimdagi sinklangan po‘latdan qilingan osmalarning 
tortuvchi moslamasi 2,8 mm dan kam bo‘lmagan diametrga ega bo‘lishi lozim, 
listli sinklangan po‘latdan qilingan metall detallarniki esa –0,8 mm va kesiklar 
bilan zaiflashgan uchastkalarida detallarning kundalang kesimi -7,5 mm
2
, prujina 
po‘latining qalinligi – 0,5 mm.
Osmalarni yo‘q ko‘taruvchi konstruksiyalarga (bazaviy asoslarga) 
mahkamlash uchun quyidagilardan foydalaniladi: anker-pona MAN 6/40, ankerli 
dyubel TDN 6/40. Yog‘och bruslarni yo‘q ko‘taruvchi asoslarga bovosita 
mahkamlash uchun FNA 6X30/30 ankerli dyubellar xizmat qiladi. 
КNAUF to‘plamiy tizimlarining ochiq karkasli osma shiftlari 
Ochiq karkasli osma shiftlar yoki 
КNAUF to‘plamiy tizimlarining 
to‘rtburchak plitali osma shiftlari bu yana birta osma shiftlar konstruksiyalarining 
guruhi bo‘lib, turli vazifalarga ega bo‘lgan bino va inshootlarning qurilishi va 
ta’mirlashi amaliyotida keng tarqalgan. Bunaqa osma shiftlar qoplamaning 
plitalarini almashtirish imkonini beradi va xonaning dekorativ bezalishini 
o‘zgartiradi (3.18 va 3.19-rasmlar).
To‘rtburchak plitali osma shiftlar quyidagilardan tashqil topgan: shuruplar 
va dyubellar yordamida yo‘q ko‘taruvchi konstruksiyalarga mahkamlangan 
osmalar yoki ankerlardan; profillarni devoridagi teshiklar yordamida bir biriga 
ulangan shift profillari yoki oraliq va bo‘ylama profillardan tashqil topgan 
birlashgan metall karkasdan; ochiq karkasga yotqizilgan plitalardan.
Gipskarton shiftlarni yuzasini bezashning turli variantlari mavjud. Yuzasi 
silliq plitalardan qilingan qoplamalarni ko‘rishda quyidagilardan foydalanish 
mumkin: kvadrat plitalar, uzunligi va eni turli nisbatda bo‘lgan to‘g‘ri 


114 
to‘rtburchak plitalar; bo‘ylama qirrasi faskaga ega bo‘lgan shiftning uzunligiga 
teng plitalar; turli qalinlikdagi plitalar kombinatsiyalari.

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish