294
Devori g‘ishtli binolarda g‘isht terish yetakchi jarayonlardan biri bo‘lib, u
boshqa hamroh va yordamchi jarayonlar bilan o‘zaro hamkorlikda va bog‘liqlikda
bajarilishi kerak. Transport ishchilari g‘isht teruvchilarni
material bilan kerakli
miqdorda ta’minlashi kerak. Duradgorlar bo‘linmada yarus balandligida g‘isht
terilgandan so‘ng ushbu uchastkada so‘rilarni o‘rnatishi kerak. Binonig butun
qavatida yuk ko‘taruvchi devorlarni terish tugagandan so‘ng, montajchilar ushbu
uchastkada zinalar, pardevorlar va qavatlararo
yopmalarni montaj qilishga
kirishishadi.
7.5. G‘isht terishda qo‘llaniladigan havozalar va so‘rilar
Zamonaviy binolarda qavatlarning balandligi turlicha bo‘lishi mumkin,
ammo agar uy-joy qurilish haqida gapiradigan bo‘lsak, ularning balandligi 2,7 m
dan 3,6 m gacha bo‘ladi va o‘rtacha 3,0 m ni tashkil etadi.
Ishlarni amalga oshirish qulay bo‘lishi va g‘isht teruvchilar ish
unumdorligining bir tekisda bo‘lishini ta’minlash uchun qavat devori g‘isht
terish
balandligi bo‘yicha ayrim uchastkalarga – yaruslarga bo‘linadi.
Yarus
deb qurilish jarayonini uzluksiz, ish o‘rnini balandlik bo‘yicha
o‘zgartirmasdan bajarilishi mumkin bo‘lgan, inshootning
yoki bino qavati
balandligining bir qismiga aytiladi. Agar yarusning balandligi 1,2 m dan ortiq
bo‘lsa, g‘isht teruvchilarning ish unumi pasaya boshlaydi,
eng maqbul balandlik
0,8...1,0 m deb tan olingan.
G‘isht terish
ikki-, yoki uch yarusli tizim
bo‘yicha bajarilishi mumkin.
Qavatning balandligi 3,0 m bo‘lganda va mehnat uch yarusli qilib tashkil etilganda
birinchi yarusning balandligi 125 sm, ikkinchisiniki – 95 sm va uchinchisiniki – 80
sm qilib qabul qilinadi. Qavatning balandligi bundan ortiq bo‘lganda ikkinchi va
uchinchi yarus balandliklari biroz orttiriladi.
Qavatining balandligi 2,5...2,7 m bo‘lgan binolarda ikki yarusda g‘isht terish
ancha samarali bo‘ladi, bunda har bir yarusning balandligi 1,5 m gacha bo‘ladi. Bu
295
holda balandligi 30 m 60 sm bo‘lgan
qo‘shimcha so‘ridan
foydalaniladi,
undan
turib yarusning yuqori qatorlari teriladi. Devorning qalinligi katta bo‘lganda yuqori
qatorlarga g‘isht terish uchun uch yarusli tizimda ham bunday qo‘shimcha
so‘rilardan foydalaniladi.
Balandligi 1,2 m gacha bo‘lgan devorlarga g‘isht terish yerdan turib yoki
orayopma to‘shamasida turib amalga oshiriladi, katta balandlikda g‘isht terish
so‘rilar yoki havozalar o‘rnatilishini talab etadi. Odatda havozalardan sanoat va
tomosha ko‘rsatuvchi binolarning devorlarini barpo etishda,
binolar fasadlarini
pardozlashda qo‘llaniladi. So‘ri va havozalarga qo‘yiladigan talablar – ularning
yengil bo‘lishi, mustahkamligi,
ustivorligi, ularni yig‘ish va ajratish hamda
tashishning qulayligi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: