O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Bir cho‘michli ekskavatorlar bilan gruntni qazish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

 
5.7.1 Bir cho‘michli ekskavatorlar bilan gruntni qazish 
 
Bir cho‘michli ekskavatorlar tsiklik-davriy harakatlanuvchi mashinalarga 
kiradi. Bir cho‘michli ekskavatorning asosiy parametri-cho‘mich sig‘imi, m
3

Asosiy texnologik parametrlari: qazish chuqurligi (balandligi), maksimal qazish 


135 
radiusi, ortish balandligi. Turli sanoat tarmoqlarida (ko‘mir, tog‘ sanoatida) 
cho‘michining sig‘imi 100 m

gacha bo‘lgan ekskavatorlar qo‘llaniladi. Qurilishda 
ishlatilayotgan ekskavatorlar cho‘mich sig‘imi 1,5 dan 4,0 m

gacha bo‘lgan sakkiz 
o‘lchamli guruhlarga bo‘linadi. Ekskavatorlarning eng keng tarqalgani 4-nchi va 5-
nchi guruhidir (cho‘mich sig‘imi 0.65 va 1 m
3
) (5.9 – rasm). Bir qator modellarda 
ekskavator ishchi jarayonining ba’zi operatsiyalarini avtomatlashtiradigan 
moslamalar o‘rnatilgan. An’anaviy jihozlar yordamida (to‘g‘ri cho‘mich, teskari 
cho‘mich, draglayn, greyder) bir cho‘michli ekskavatorlar gruntni qayta 
ishlashdagi kompleks texnologik jarayon tarkibiga kiradigan turli turdagi yer 
inshootlaridagi: gruntni qazish va joylashtirish; gruntni ortish; yer inshooti 
chegarasida gruntni ko‘chirish kabi jarayonlarini mexanizatsiyalash mumkin:. 
Bir cho‘michli qurilish ekskavatorlarining aksariyati universal mashinalar 
bo‘lib, ular almashtiriladigan turli ishchi o‘skunalar bilan ta’minlangan bo‘lishi 
mumkin. Keyingi yillarda gidroprivod (gidroyuritma)ning keng tarqalishi sababli 
bir cho‘michli ekskavatorning universalligi yanada oshdi. Zamonaviy gidravlik 
ekskavator o‘ntadan ortiq turli ko‘rinishdagi ishchi o‘skunalari bilan ta’minlangan 
bo‘lishi mumkin, ular ekskavatorning texnologik imkoniyatlarini yanada 
kengaytiradi. 
5.9 – rasm. Zamonaviy ekskavatorlarning turlari 


136 
Almashinadigan ishchi o‘skunalarni qo‘llash quyidagi jarayonlarni 
mexanizatsiyalash imkonini yaratadi; qazilma tubini tozalash, gabaritsiz va xarsang 
toshlarni maydalash va chiqarib tashlash; yer inshootlari qiyaliklarini, qazilma 
tubini pardozlash; tor sharoitlarda, qayta to‘ldirishda gruntni qatlamlab zichlash
muzlagan va qiyin qaziladigan gruntlarni yumshatish.
Qurilish ekskavatorlari gusenitsali va pnevmo g‘ildirakli yurishda 
chiqariladi. To‘g‘ri va teskari cho‘mich, draglayn hamda greyfer eng keng 
tarqalgan ishchi jihozlar deb hisobga olinadi (5.10 rasm). 
Oldindan qazilgan gruntni ortish, yuqori qatlamni olish va tekislash ishlari 
uchun ortadigan uskuna qo‘llaniladi. Yer ishlarini bajarishda, masalan muhandislik 
tarmoqlari uchun transheyani qazishda, tez-tez birga bir vaqtda bajariladigan 
jihozlarni, materiallarni, yuklarni o‘zatish bilan bog‘liq ishlar bajariladi. Bunda 
kran yuk ko‘targich uskunasi qo‘llaniladi.
Tozalash va tekislash ishlarini bajarishda sifatni oshirishga, qo‘l mehnatini 
kamaytirishga tekislovchi jihozlarni, jumladan teleskopik strela bilan birgalikda 
qo‘llash ishlarni osonlashtirish imkonini beradi.
Turli ko‘rinishli va gabaritli qazilmalarni qazish uchun profilli cho‘mich 
qo‘llanilishi mumkin. Yer qazish ishlari texnologiyasini “grunt ichida devor” usuli 
bilan amalga oshirish uchun maxsus shtangali uskuna xizmat qiladi. 
Ekskavatorning qo‘llanish sohasini kengaytirish uchun jumladan qiyin qaziladigan 
va muzlagan gruntlarni qaziganda, unga yumshatuvchi uskunalar o‘rnatiladi: tishli-
yumshatgich va gidroto‘qmoqlar. Gidravlik ekskavatorlarga o‘rnatilgan qisqich 
ilmoqli (tutqich) uskuna ham shu maqsadda xizmat qiladi. Yer ishlari olib 
borilayotgan qurilish maydonida uchraydigan yirik toshlarni olib tashlashda, 
transportga ortishda va chiqarib tashlashda qisqich ilmoqli (tutqich) uskuna 
qo‘llanishi mumkin. 


137 
5.10- rasm. Gidravlik ekskavatorlarning ishlash sxemasi: 
a
– to‘g‘ri cho‘mich bilan; 
b
– teskari cho‘mich bilan; 
v
– greyferli uskuna bilan; 
g
– draglaynli uskuna bilan; 
Ob’ektlarni qayta qurishda, tsexlarda, devor va poydevorlar oldilarida 
ekskavator qo‘llanilishining sababi, ularda tor joylarda ish bajaradigan jihozlar 
mavjudligidir. Asosiy ishchi jihozlarning sharnirli biriktirilishi konkret sharoitlarda 
ishlarni bajarishga moslashish imkonini yaratadi.
Bir cho‘michli ekskavator – 
tsiklik-davriy harakatlanuvchi
mashina bo‘lib, 
uning har qanday ko‘rinishdagi ishchi jihozi bilan grunt qazilganda ma’lum ketma 
– ketlikdagi alohida tsiklning almashadigan quyidagi operatsiyalar yig‘indisidan
iborat:
■ 
gruntni kesish va cho‘michni to‘ldirish;
■ 
gruntli cho‘michni ko‘tarish;
■ 
ekskavatorni o‘z o‘qi atrofida to‘kadigan joyga burish;
■ 
cho‘michdan gruntni to‘kish;


138 
■ 
ekskavatorning orqaga burilishi;
■ 
cho‘michni gruntga tushirish va gruntni kesishga o‘zatish.
Ekskavatorning asosiy vazifasi – qazilma, rezerv, karer, transheya, 
kotlovanlarni qazish, gruntni ag‘darmaga to‘kish yoki transport vositasiga 
ortishdir. Ekskavatorning bir to‘rish joyidan qazishdagi qazilmaning eng katta 
chegaraviy o‘lchamlari uning ishchi parametrlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Bir cho‘michli ekskavatorning qazilma qazilayotgandagi ishchi 
parametrlariga quyidagilar kiradi:
maksimal kovlash balandligi + N (to‘g‘ri cho‘michli ekskavator uchun) - 
bunda + belgisi ekskavatorningo‘zi turgan joydan yuqori tomondagi grunt 
qazilayotganligini ko‘rsatadi; 
kovlash chuqurligi (kesish) – N (boshqa turdagi ekskavatorlar uchun); 
ekskavator turgan joydan eng katta va eng kichik kovlash radiusi R
max
va 
R
min

to‘kish radiusi R
b

to‘kish balandligi H
b

Bir cho‘michli ekskavator bilan gruntni qazish bir maromda (pozitsion) olib 
boriladi. Ekskavatorning ish maydoni zaboy deyiladi. 
Zaboy
ekskavatorning ishchi zonasi bo‘lib, unga ekskavator joylashgan 
maydon; qazilayotgan grunt massivining bir qismi; transport vositasi o‘rnatiladigan 
joy; qazilayotgan gruntni joylashtirish uchun ajratilgan maydon (agarda 
ko‘tarmaga ishlasa).
Ushbu zaboyda qazib bo‘lgandan so‘ng, ekskavator yangi pozitsiyaga o‘tadi.
Ekskavator va transport vositalari zaboyda shunday joylashishi kerakki, 
ekskavatorning cho‘michni grunt bilan to‘ldirishdan to‘kishgacha bo‘lgan o‘rtacha 
qayrilish burchagi eng kam bo‘lsin, chunki strelaning qayrilishi ikki marta amalga 
oshiriladi, yuk bilan transport vositasigacha va to‘kkandan so‘ng o‘z holatiga 
qaytishi bu ekskavatorning bir tsikldagi ish vaqtining o‘rtacha 70% tashkil etadi.
Qurilish maydonining sharoitiga bog‘liq holda ekskavatorni tanlash uning 
cho‘michini maqsadga muvofiq bo‘lgan sig‘imini va ekskavator turini aniqlashdan 


139 
boshlanib, shu bilan birga talab qilingan parametrlar – strela uzunligi, kesish va 
to‘kish radiusi hamda boshqalarga qarab tanlanadi. Ekskavatorning almashadigan 
jihozlarini tanlash grunt suvlari sathiga va qazilayotgan qazilma xarakteriga 
(transheyaga, kotlovanning keng yoki torligiga) bog‘liq bo‘ladi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish