O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Binoning yer usti qismini montaj qilish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

9.3.3. Binoning yer usti qismini montaj qilish 
Binoning yer usti qismini montaj qilishda qamrov o‘lchamini ikki sektsiyaga 
teng qilib qabul qilish tavsiya etiladi. Qamrovda montaj lift shaxtalari elementlarini 
o‘rnatish bilan boshlanadi va quyidagi texnologik ketma-ketlikda olib boriladi: 

tashqi devor panellari montaj qilinadi; 

ichki devor panellari montaj qilinadi; 

to‘ldirish montaji – pardevorlar, sanitar-gigienik kabinalar, 
ventilyatsion va elektrotexnik bloklar montaj qilinadi; 


453 

zinapoya marshlari va maydonchalari montaj qilinadi; 

orayopma panellari va lodjiya plitalari montaj qilinadi. 
Har bir qavat konstruktsiyalarini montaj qilishga kirishgunga qadar 
quyidagilar bajarilgan bo‘lishi lozim: 

oldingi qavatdagi hamma montaj va yo‘l-yo‘lakay bajariladigan 
ishlar yakunlangan bo‘lishi; 

pastki qavatdagi montaj qilingan konstruktsiyalarning aniq 
o‘rnatilganligi bo‘yicha geodezik tekshirish olib borilgan bo‘lishi; 

o‘qlarni geodezik rejalashtirish va konstruktsiyalarni o‘rnatish 
joylari belgilangan, nivelirlash ma’lumotlari asosida montaj gorizonti 
aniqlangan va mayaklar o‘rnatilgan bo‘lishi; 

pastki qavatlar bo‘yicha bajarilgan ishlar qabul qilingan va 
ko‘rinmas (yashirin) ishlarni qavat bo‘yicha qabul qilish dalolatnomalari 
tuzilgan bo‘lishi.
Tashqi devor panellarini montajga tayyorlash jarayonlarini bajarishda 
gorizontal tutashmalarga issiqlik izolyatsiyalovchi qo‘yilmalarni va gorizontal 
hamda vertikal tutashmalar kesishgan joylarga alyumin qotishmasidan yasalgan 
suv oqizish novlarini o‘rnatish, pastki qavatdagi tashqi panellarning gorizontal 
qirralariga gernitni yelimlash lozim. 
Tashqi devor panellarini montaj qilish binoning bitta ko‘ndalang yon (torets) 
tomonidan boshlanadi. Bu panellarni vaqtinchalik mahkamlash bir uchi tom ora 
yopma panelidagi texnologik teshikka, ikkinchi uchi esa tashqi devor panelidagi 
montaj halqasiga mahkamlanadigan maxsus tirgak yordamida amalga oshiriladi.
Texnologik ketma-ketlik bilan aniqlangan chegaralarda tashqi devor 
panellari o‘rnatilgandan keyin, ichki devor panellarini montaj qilishga kirishiladi. 
Ichki devor panellarini o‘rnatishdan oldin, loyihaga muvofiq, panellarni o‘zaro bir-
biri va oraliq tom yopma panellari bilan birlashtiradigan doimiy bog‘lamalar 


454 
payvandlangan, “Gervolent” lentasi yelimlangan bo‘lishi va tashqi devor 
panellarining vertikal tutashmalariga isituvchi qo‘yilmalarning o‘rnatilishi lozim.
Ichki devor panellarini tashqi devor panellariga montaj bog‘lamalari bilan 
vaqtinchalik mahkamlash orqali va eshik o‘rnida montaj tayanchlari o‘rnatilib 
montaj ishlari olib boriladi. Vaqtinchalik mahkamlashning boshqa variantlarini 
ham qo‘llash mumkin - bir tomondan montaj bog‘lagichlari va ikkinchi tomondan 
teleskopik tirgak(inventar halqa)dan foydalanish mumkin; shuningdek uchinchi 
variant – montaj qilinadigan panel inventar halqalarga ega bo‘lgan ikkita montaj 
bog‘lamalari yordamida avval o‘rnatilgan ichki devor panellariga 
mahkamlanishiga ham ruxsat beriladi (9.27-rasm). 
9.27-rasm. Qavatni montaj qilishda qo‘llanadigan jihozlarni joylashtirish sxemasining 
fragmenti: 
1 – tashqi devor panellari uchun tirgaklar; 2 – ichki devor panellarini montaj qilish uchun 
tirgaklar; 3 – uzaytirilgan tirgaklar; 4 – montaj bog‘lamalari; 5 – inventar halqa ilmoqlar; 6 – 
ichki devor panellari uchun montaj tayanchi; 7 – pardevorlarni mahkamlashga mo‘ljallangan 


455 
Ustun; 8 – montaj qisgichi; 9 – tashqi devor panellari uchun uzaytirilgan strubtsina; 10 – tirgakli 
strubtsinalar uchun vintli ushlagich. 
Qamrovda tashqi va ichki devor panellari hamda to‘ldiruvchi butlovchi 
elementlar loyihaga muvofiq montaj qilinib va doimiy mahkamlangandan keyin 
montaj moslamalari bo‘shatib olinadi va orayopma plitalarini montaj qilishga 
kirishiladi. 
Konstruktsiyalarni montaj qilish ularning pastki qismini geodezik 
rejalashning orientirlovchi o‘q belgisi chizig‘iga nisbatan shablon bo‘yicha 
o‘rnatish bilan olib boriladi, ularni vaqtnichalik mahkamlash va to‘g‘irlash esa 
montaj jihozlari hamda osma reyka-shoqul yordamida amalga oshiriladi.
Birinchi qamrovda hamma konstruktsiyalarni montaj qilish yakunlangandan 
keyin, montajchilar zvenosi ikkinchi qamrovga o‘tishadi va ishlarni uxshash 
ketma-ketlikda olib borishadi. Bu vaqtda birinchi qamrovda yo‘l-yo‘lakay 
bajariladigan jarayonlar – vertikal tutashmalarni germetiklash va yaxlitlash, 
panellar orasidagi tutashgan joylarga ishlov berib tugatish va shu kabi ishlarni 
bajarishga kirishiladi. 
Montajda barcha elementlarning ustivorligini ta’minlash uchun ularni 
o‘rnatishda texnologik xaritada tavsiya etilgan ketma-ketlikka albatta qat’iy rioya 
qilish talab etiladi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish