O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/112
Sana03.04.2022
Hajmi2,07 Mb.
#526637
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112
Bog'liq
Personal auditi va nazorati

 
12.2.
 
Personalni boshqarish bo‘limi faoliyati samaradorligini 
baholashning asosiy mezonlari 
Personalni boshqarish bo’limi faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari
 
subyekt
iv
 
va obyektiv bo’lishi mumkin. 
Bu baholash mezonlarini guruhlashda iqtisodiy samardorlik, moslik darajasi 
ko’rsatkichlari, xodimlarning qoniqish darajasi, xizmatchilar ishi samardorligining 
bilvosita ko’rsatkichlari hisobga olinadi. 
Subyektiv mezonlar:

tashkilot xizmatlarining personalni boshqarish bo’limi bilan hamkorlik darajasi; 

muntazam rahbarlarning bo’lim samaradorligi haqidagi fikrlari; 

firma siyosatini tushuntirish
va
muammolarni hal etishda barcha ishlovchilar bilan 
hamkorlik qilishga tayyorlik; 

ishlovchilar bilan o’zaro ishonchli aloqalar; 

bo’limga yuborilgan talablarga tez va samarali javob qaytarish;

firmaning boshqa bo’linmalariga ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifatini baholash; 

bo’lim tomonidan yuqori bo’g’in rahbarlariga berilayotgan axborotlar va 
maslahatlar sifatini baholash; 

mijoz menejerlar va ishlovchilarning qoniqish xosil qilishi yoki qoniqmaganligi.


204 
Obyektiv mezonlar

bo’lim rahbariyatning inson resurslariga nisbatan rejalari stratengiyasini qay 
darajada amalga oshirayotganligi. 

maqsadlarni amalga oshirish bo’yicha ijobiy hatti-harakatlar. 

buyurtma va talabnomalarning bajarilishini o’rtacha vaqti;

bo’lim byudjetining xizmat ko’rsatilayotgan personal soniga nisbati 
Baholash mezonlari quyidagicha guruhlanishi mumkin: 
1. Iqtisodiy samaradorlik:

samaradorlik ko’rsatkichlari (ishchi kuchi qiymatining olingan natijaga nisbati); 

bir ishlovchiga nisbatan baholanayotgan dasturning qiymati. 
2. Mos kelish ko’rsatkichlari:.
3. Ishlovchilarning qoniqish darajasi:

ishlovchilarning xizmat faoliyatidan qoniqish darajasi (masalan, o’qitishdan, haq 
to’lashdan, mukofotlardan, xizmat lavozimlaridan ko’tarilishdan);

ishchining o’z ishidan qoniqish darajasi. 
4..Xizmatchilar ishi samaradorligining bilvosita ko’rsatkichlari: 

kadrlar qo’nimsizligi; 

absenteizm – o’zboshimchalik bilan ishga chiqmaslik holatlari; 

brak (masalan, mahsulot sifatining yomonligi sababi bo’yicha); 

mehnat sifatining boshqa ko’rsatkichlari; 

boshqa ishlarga o’tqazish bo’yicha buyurtmalarning takrorlanishi; 

shikoyatlar soni; 

mehnat havfsizligi va baxtsiz xodisalar soni. 
Yuqorida sanab o’tilgan barcha ko’rsatkichlar va ularning kombinastiyasi mos 
ravishdagi chora-tadbirlar samaradorligini belgilab beradi. Erishilgan natijalarning 
yetarliligini baholash uchun ularni oldindan berilgan maqsadlar bilan solishtiriladi. 
Masalan:

Personalga xarajatlarni 3 foiz kamaytirish; 

absenteizmni 2 foiz ga kamaytirish; 

qoniqish indekisni o’tgan yilga nisbatan 5 foiz ga oshirish; (ishlovchilar 


205 
fikrlarini so’rov asosida o’rganish natijalari asosida). 
Kadrlar xizmati faoliyatiga oid eng ko’p qo’llanilayotgan yondashuvlarning 
ayrimlari boshqacha ko’rilishi mumkin.
Auditor bajarilishi lozim bo’lgan kadrlar faoliyatining eng muhim turlari po’yxatidan 
iborat savolnomani tuzib chiqadi. Savolnoma kadrlarga oid mavjud ko’rsatmalar va 
tashkilot siyosati amalga oshirilayotganligini belgilab beradigan punktlarni o’z ichiga 
oladi. Po’yxat punktlari odatda yollashni rejalashtirish, havfsizlik va x.z. sifatidagi kadrlar 
faoliyati yo’nalishlari bo’yicha guruhlanadi. 
Savolnomalardan foydalanish norasmiy yondashuvlarni boshqarish bilan bog’liq 
ba’zi ustunliklarni beradi, biroq baholashga nisbatan bu yondashuv juda oddiy 
hisoblanadi. Bundan tashqari, savolnomalarni tuzish oddiy bo’lsada, ularni ba’zan 
izohlash qilish qiyindir. Bitta guruh savollar ichidagi uchta salbiy natijalar boshqa uchta 
savolaga teng bo’la olmaydi, chunki ayrim faoliyat turlari boshqalariga nisbatan 
muhimroq bo’lishi mumkin. Misol uchun, yuridik talablarni bajarmaslik firma yangi yil 
bayramini o’tqazmaslikdan ko’ra ancha jiddiy holatdir va x.z. 
Bundan tashqari, auditor ko’pincha statistik ma’lumotlarga asoslanadigan 
rasmiy baholash usullaridan foydalanadi va ularni tahlil qiladi. Statistik yondashuv 
savolnomaga nisbatan ancha qulayroq
bo’ladi. Olingan statistik ma’lumotlar shu 
bo’linmaning avvalgi yillar ma’lumotlari bilan yoki boshqa qiyoslash obyekti bilan 
solishtiriladi. 
Albatta, miqdoriy bog’liqliklar o’z-o’zicha hech narsani baholamaydi va 
izohlamaydi. Bu yerda ushbu bog’liqliklarning asoslari muhimdir. Statistika baholash 
uchun muammolarni qaerdan qidirish kerakligini ko’rsatadi. Biroq, bunday 
tadqiqotlarda ikkilamchi ma’lumotlar ham o’z holicha qiziqarli bo’lishi mumkin va 
baholashda o’zining hissasini qo’shishi mumkin. 
Personalni boshqarish xizmati faoliyati natijalarini o’lchashning bir nechta 
modellari mavjud. 
Ulrix modeli (bunday xizmatlar natijalarini o’lchashning asaoiy yo’nalishlarini 
beradi): 

mahsuldorlik/unumdorlik ko’rsatkichlari.


206 

Xom ashyo birligiga, bitta xodimga, ish haqi birligiga va x.z.ga to’g’ri 
keladigan mahsulot ishlab chiqarish. Bunday ko’rsatkichlar treninglar, yangi tashkiliy 
tuzilmalar, ish haqi tizimlari va boshqalarning samaradorligini o’lchash uchun qo’llanilishi 
mumkin. 

Biznes-jarayonning, texnologik jarayonlarning o’tishi tezligi kabi jarayonlarni 
o’lchash ko’rsatkichlari.

Mahsus dasturlar va tashabbuslarni o’tqazishdagi xarajatlar va har qanday 
natijalar. 

Ishlovchilarning ko’nikmalari, tartibliligi, jamoadagi ma’naviy muhit. 

Цikllarning tezligi, o’qitishga qobiliyat, shaffoflik kabi tashkiliy imkoniyatlar. 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish