207
boshqarish xizmati samaradorligini o’lchash uchun; personalni boshqarish xizmati
hodimlari malakasini oshirish rejasi – personalni boshqarish sohasida va kompaniya
biznesi
sohasida; muntazam menejerlar byudjetiga ta’luqli bo’lgan funkstiyalarini
o’lchash, masalan rekruting, personalni boshqarish xizmati hodimlariga xarajatlar/ish
vaqti soatlari.
HR-Saratoga Institute — HR-menedjment sohasidagi yetakchi institutda
qo’llanilayotgan personalga investistiyalar samaradorligini
baholashga misol sifatida
qo’llaniladigan quyidagi ko’rsatkichlar tizimini keltiramiz:
•
bitta ishlovchiga to’g’ri keladigan daromad
•
bitta ishlovchiga to’g’ri keladigan xarajat
•
daromaddan foiz sifatida kompensastiyalar
•
xarajatlardan foiz sifatida kompensastiyalar
•
daromaddan foiz sifatida benefitlar qiymati
•
xarajatlardan foiz sifatida benefitlar qiymati
•
bitta pensionerga to’g’ri keladigan benefitlar qiymati
•
ishlovchilarning umumiy soniga nisbatan ishga qabul qilinganlar foizi
•
jalb qilish qiymati
•
vakansiyalarni to’ldirish vaqti
•
boshlang’ich davr davomiyligi
•
jami xarajatlarga nisbatan inson resurslari bo’limi xarajatlari foizi
•
umumiy personalga nibatan inson resurslari bo’limi xodimlari sonining nisbati
•
kompaniyaning bitta ishlovchisiga nisbatan inson resurslari bo’limi xarajatlari
•
supervayzerlar kompensastiyalarining foizi
•
bitta ishlovchiga nisbatan kompensastiyalar qiymati va umumiy xarajatlardagi
foizi
•
bitta shikoyatga to’g’ri keladigan kompensastiyalar qiymati
•
progullar soni
•
ishlovchining xoxishiga ko’ra ishdan bo’shashlar
•
berilgan/qabul qilingan takliflar soni
208
Personal xizmati ishi samaradorligni baholashning metodikalari ham qo’llaniladi.
Masalan, alohida dasturlar, loyihalar va tadbirlarning biznes-natijalari hissasiini ekspert
baholash. Bularning hammasi personal xizmati faoliyatini
funkstiyalardan emas, balki
natijalardan kelib chiqib baholaydi.
Kompaniyalarning personalga investistiyalarni baholash bo’yicha loyihalarni
amalga oshirish tajribasidan ko’rinadiki personalni boshqarish
sohasidagi ishlar
samaradorligining muhim ko’rsatkichlari quyidagilar bo’lishi mumkin:
1.
Personalni boshqarish bo’yicha istiqbolli rejalarni kompaniyaning biznes-
vazifalariga mos kelishi.
2.
Bitta ishlovchiga qo’shilgan qiymat (boshqarish samaradorligi ko’rsatkichi).
3.
Toifalar bo’yicha ishlovchilar qiymati.
4.
Kompaniyaning biznes-natijalariga perosnal xizmatining qo’shgan hissasi.
5.
Personalga qilingan investistiyalar, shu jumladan
dasturlar va tadbirlardan
kelgan unum.
6.
Mehnat unumdorligi va ish haqi o’rtasidagi nisbat.
7.
Bitta ishlovchiga mahsulot ishlab chiqarish.
8.
Kadrlar qo’nimsizligi (xodimni ishdan bo’shashi bilan bog’liq xarajatlar
summasi)
9.
Operastion xarajatlar tarkibida personalga sarflar foizi.
10.
Rezervning tayyorlik darajasi.
11.
Personal soni (oqilonalik nuqtai-nazaridan) va x.z.
Personal auditi tashkilotning ishlovchilarni xizmat faoliyatiga ta’sir qiluvchi
ijtimoiy-mehnat munosabatlari bilan bog’liq muammolarni
hal qilish qobiliyatlarini
aniqlash imkonini beradi. (12.1-jadval)