Differensial yondashuv asosida matematik tahlilni o‘qitishni takomillashtirish yo‘llari va vositalarini qidirish kerak.
Matematik tahlilga differentsiallashtirilgan yondashuv usuliy tizimi talabalarning maqsadlari, mazmuni, ta’lim usullari, shakllari va vositalari, tipologik xususiyatlari, o‘zlashtirish darajasi bilan belgilanadi. Ta’lim differentsiatsiyasi ta’lim tayyorligi, o‘quv tayyorgarligi, fiziologik tayyorgarlik, ijtimoiy tayyorgarlik belgilari bo‘yicha ajratilgan tipologik guruhlar mavjudligini ta’minlaydi.
Matematika tahlili bo‘yicha differensial yondashuv asosida o‘qitish tizimini amalga oshirish uchun saralangan vazifalar va usuliy tavsiyalar majmuasi kerak bo’ladi.
Ta’limga differensial yondashuv asosan tashqi va ichki bo’ladi.
Tashqi differensiallash bu ma’lum bir sohalar bo’yicha umumiy guruxlash
tushuniladi. Ichki differensiallash deyilganda mavjud gurux ichida ma’lum bir fanning ayrim mavzularini o’qitishda guruxlash, tabaqalashtirish tushuniladi.
Dars jarayonida auditoriya tayyorgarlik darajasi har xil bo’lgan, o’zlashtirish turlicha va o’qishga turlisha munosabatda bo’lgan, qolaversa, sog’lig’i jihatdan ham bir xil bo’lmagan talaba– o’quvchilardan tashkil topgan bo’ladi.
O’qituvchi odatda barcha talabalarga bir paytda teng yondasha olmaydi. Shuning uchun o’qitishni o’rta darajadagi, tayyorgarligi o’rta bo’lgan, o’rtacha o’zlashtiruvchi talabaga moslab olib borishga majbur bo’ladi. Bu esa “kuchli” talabalarning rivojlanishdan sekinlashib, o’qishga qiziqishi susayishiga, “zaif” talabalar esa, har doimgidek qoloqlikka, o’qishga qiziqishini yo’qolishiga olib keladi.
“O’rta” talabalarning o’zi ham qiziqishlari, qabul qilishi, tasvvuri va fikrlashi jihatdan turlicha bo’ladi: Ba’zi birlari tez eslab qoladi, lekin mustahkam emas, boshqalari- sekin, lekin mustahkam. Ba’zi birlari ko’pchilik bilan qiziqib ishlaydi, boshqasi kayfiyatiga qarab. Ba’zilari asabiy va pala-partirish, ba’zilari ishtiyoq bilan shug’ullanadi, boshqalari – majburan, zo’raki shug’ullanadi.
O’qituvchi dars jarayonida har bir talabaning aqliy rivojlanishi ushun optimal sharoit yaratishi kerak. Bu esa matematika fanini o’qitishda “differensial” yondashuv zarur ekanligiga olib keladi.
Differensial o’qitish sharoitida barcha talabalar o’zini qulay his qila oladi. Shunday qilib, o’qituvshi oldida, talabalarni guruhlarga qanday ajratish, asosiy kritetiy sifatida nimalarni olish va ularga qanday yondashish masalasi turadi.
Ushbu bitiruv ishida o’quv jarayonidagi differensiasiya va uning turlari, differensial yondashuvning formalari, hamda matematik analiz fanini , xususan “Haqiqiy sonlar to’plami” mavzusini o’qitishda differensial yondashuvning qo’llanilishi to’g’risida fikr bildiriladi.
o’z pedagogik tajribalarimga suyangan holda ma’lum uch yoki to’rtta kishik guruhlarga ajratadiman va har bir guruhlardagi talabalarning o’zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda darsni tashkil etish usullarim haqida va har bir guruhning qanday muommolarni hal etishlari zarurligi to’g’risida o’z tajriba xulosalarimni keltiraman.
Differinsial yondashuvning bir necha turlari mavjud bo’lib, ushbu differensial yondashuvlarni bir-biriga bog’liqlik taraflari, hamda o’qitishdagi va xususan matematik analizni o’qitishdagi alohida xususiyatlari, bunda ichki differensiyatsiya va tashqi differensiatsiyalar ahanyati va ularning bir-biridan farqi ko’rsatilib o’tiladi.
Bunday metodika yordamida guruhlarda quydagi natijalarga erishishimiz mumkin:
auditoriyada darsni tashkil qilish yaxshilanadi;
har bir talaba o’zining topshiriqlarini va maqsadini aniq anglaydi;
har bir talabaning bilimini nazorat qilish yaxshlianadi.
Xulosa qilib aytganda matematikani o’qitishdagi differensial yondashuv hozirgi davrda o’ta aktual masaladir. Bizga ma’lumki differensial yondashuv – bu o’ziga xos o’qitish sistemasi bo’lib, bunda o’quvchilarning matematik analizni o’rganishlari uchun eng qulay sharoit hosil qilishga harakat qilinadi. Hozirgi davrda bizning respublikamizdagi oliy o’quv yurtlarida differensial yondashuvga katta imkoniyatlar yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |