O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti s. Nasritdinova, M. Tursunova


 Biznes etikasi va ma’naviyatining tuzilishi va uning



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/56
Sana10.03.2022
Hajmi1,06 Mb.
#487977
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56
Bog'liq
biznes etikasi va manaviyati

 
3.4. Biznes etikasi va ma’naviyatining tuzilishi va uning
perseptiv tomonlari 
Yuqorida qayd etilganidek, muloqot jarayonida uning ishtirok-
chilari o‘rtasida bir-birini tushunish yuzaga kelishi lozim. Bu yerda bir-


30 
birini tushunish har xil talqin qilinishi mumkin: o‘zaro hamkorlik 
qilayotgan sherikning maqsadi, sheriklik sababiyati, rejalari yoki bu 
maqsad, sababiyat va rejalarni qabul qilish. Keyingi holat harakatlarni 
nafaqat muvofiqlashtiradi, balki o‘ziga xos bo‘lgan munosabatlarni ham 
shakllantiradi. Bu yerda yaqinlik, bir-biriga o‘rganish, do‘stlik, yaxshi 
munosabatda bo‘lish yoki buning aksi bo‘lgan konfrontatsiya, raqobat, 
ko‘rolmaslik yuzaga kelishi mumkin. Har qanday holatda ham, eng 
muhimi, bir kishi boshqa kishini qanday qabul qilishi bosh mezon 
hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, muloqotning perseptiv tomoni 
muhim ahamiyatga ega. 
Ijtimoiy persepsiya
ijtimoiy subyektlarni tushunish jarayonidir. 
Ijtimoiy obyektlarga boshqa kishilar, ijtimoiy guruhlar, katta ijtimoiy 
jamoalar kiradi. Ijtimoiy sotsiologiyada shaxslararo persepsiya yoki 
shaxslararo bir-birini tushunish atamasi qo‘llaniladi. Bundan tashqari 
ijtimoiy psixologiyaga oid adabiyotlarda bir kishi tomonidan boshqa kishini 
tushunib, qabul qilishini ifoda etish uchun “boshqa kishini bilish” 
tushunchasi ishlatiladi. Xatti-harakatning tashqi ko‘rinishidan S.L.Ruben-
shteynning fikriga ko‘ra, biz boshqa shaxs fe’l-atvorini “o‘qiymiz”, uning 
tashqi belgilarini anglab, tushunamiz. Bunday holatda olingan taassurot 
muloqot vaqtida boshqaruvchi vazifasini bajaradi. Chunki kishini 
qanday “O‘qiy olish”ga u bilan olib boriladigan o‘zaro harakatlarning 
muvaffaqiyati ham bog‘liq bo‘ladi. O‘zini boshqa kishi orqali anglash 
ikki tomonga, ya’ni identifikatsiya va refleksiyaga bog‘liq.
Boshqa kishini tushunish usullaridan biri o‘zini o‘sha kishiga 
tenglashtirish (identifikatsiyalash)dan iborat. Albatta, bu yagona usul 
emas, ammo hamkorlikning real sharoitida kishilar bu usuldan keng 
foydalanadi. Bunday holatga sherikning ichki holatini tushunishga uning
o‘rniga o‘zini qo‘yish orqali erishiladi. 
Identifikatsiya bilan empatiya o‘rtasida yaqinlik borligi aniqlangan. 
Empatiya ham boshqa kishini tushunish va qabul qilish usuli deb talqin 
qilinadi. Faqat bu yerda bir-birini tushunishdagi holatda yuzaga kelgan 
boshqa kishining muammosini ratsional ravishda anglash emas, balki 
uning muammosiga yordam berishga intilish kuzatiladi. Olimlar tomo-
nidan kishilarni to‘g‘ri tushunish va baholashga halaqit beradigan omil-
lar o‘rganilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1. Boshqa kishiga baho berishdan oldin u haqida baho, tasavvurning 
mavjudligi. 


31 
2. Shakllangan stereotiplar mavjudligi. Ularga muvofiq kuzatilayot-
gan shaxslar ma’lum toifaga kiritiladi va u bilan bog‘liq bo‘lgan 
xususiyatlarni izlashga qaratilgan yo‘nalish shakllangan bo‘ladi. 
3. Baholanayotgan kishi haqida haqiqiy va to‘laqonli ma’lumot 
yig‘ilgunga qadar tegishli vaqtdan oldin xulosalar chiqarish. Ba’zi bir 
kishilar boshqa kishilarni birinchi bor uchratgandayoq unga tayyor xu-
losa asosida baho beradi.
4. Boshqa kishi shaxsini tasavvur qilish uchun shaxsning muayyan 
sifatlari yaxlit siymoga mantiqan birlashtiriladi, keyin esa shu siymoga 
mos bo‘lmagan boshqa har qanday tushunchalardan voz kechiladi.
5. Ulug‘lashda shaxsning biror bir tomoniga bo‘lgan dastlabki mu-
nosabat uning butun bir siymosiga ko‘chiriladi. Shaxs haqida umumiy 
tasavvur uning alohida olingan sifatlari asosida shakllanadi.
6. Proyeksiyada boshqa kishiga o‘zining xususiyatlari, his-tuyg‘u-
lari ko‘chiriladi.
7. Dastlabki ta’sir shundan iboratki, kishi haqida birinchi bor eshi-
tilgan yoki ko‘rilgan ma’lumot juda muhim bo‘lib, shu kishiga keyin-
chalik bo‘lgan munosabatga ta’sir etishi mumkin. Dastlabki ma’lumotni 
inkor qiluvchi ma’lumot olsangiz ham uni esda tutasiz va ko‘proq 
e’tiborga olasiz. 
8. Boshqalarning fikriga quloq solmaslik, shaxsga baho berishda 
faqat o‘zining fikriga ishonish va o‘z qarashlarini himoya qilish. 
9. Kishilarga baho berish va ularni tushunib, qabul qilishdagi 
o‘zgarishlar. Shaxs haqida qabul qilingan ma’lumot uni inkor qiluvchi 
ma’lumot borligiga qaramasdan o‘zgarmasligi. 
10. “Keyingi ma’lumot” ta’siri natijasida shaxs haqida olingan 
oxirgi ma’lumot u haqidagi oldingi ijobiy ma’lumotlarni inkor qilishi. 
Shaxs harakatini tushunishga intilish (kauzal atributsiya) ularni bir-
birini tushunishiga ta’sir etuvchi quyidagi qonuniyat tizimiga kiritilgan.
1.
Kuzatilayotgan voqelik bilan birga sodir etilayotgan voqealar, 
odatda, uning ehtimoliy sababchisi deb qabul qilinadi. 
2.
Tushuntirishga harakat qilayotgan voqelik o‘ziga xos bo‘lib va 
undan oldin qandaydir yana boshqa voqelik sodir bo‘lgan bo‘lsa, unda 
keyingi voqelikni dastlabki voqelik paydo bo‘lishining sababchisi deb 
tushuntiriladi. 
3.
Turli xil teng imkoniyatlar bo‘lgan paytda kishilarning xatti-
harakatini tushuntirish imkoni mavjud bo‘ladi va baho beruvchi kishi 
ulardan birini tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


32 
4.
Atributsiyaning asosiy xatosi shundan iboratki, kuzatuvchilar 
kishilar xatti-harakatiga ta’sir etuvchi sharoitga kam e’tibor berib,
dispozitsion ta’sirini ortiqcha baholaydi. Ular kishilarning xatti-harakati 
dispozitsiyalarga mos keladi deb hisoblashadi.
5.
Madaniyat ham atributsiyaning xatosiga ta’sir etadi. G’arb dunyo-
qarashiga muvofiq sharoitlar emas, balki kishilar voqealar sababchisi deb 
tan olinadi.
Kishilar tushunchasiga stereotiplar ta’sir etadi. Stereotiplar boshqa 
kishilar guruhi haqidagi sodda tushunchalar bo‘lib, ular haqida biz kam 
ma’lumotga ega bo‘lamiz. 

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish