28
Tasnifning asosini ikki mustaqil bo‘lgan parametr tashkil qiladi:
1. Shaxsiy manfaatlarni amalga oshirish darajasi, o‘z maqsadlariga
erishish.
2. Boshqa tomon manfaatlari hisobga olinadigan va amalga oshadi-
gan o‘lcham. Agar uni grafik shaklda tasavvur qilsak, unda Tomas- Kil-
menn to‘rini hosil qilamiz. U muayyan mojaroni aniqlashga va oqilona
harakat shaklini topishga yordam beradi. Bunday fe’l-atvor uslublarini
batafsil ko‘rib chiqamiz.
Bosh tortish
(qochib yurish, ketish). Individ o‘z
huquqini himoya
qilishni xohlamasa, qaror qabul qilish uchun hamkorlik qilmasa, o‘z
pozitsiyasini aniq namoyon qilmasa, bahsdan bosh tortsa, xatti-harakat-
ning mazkur shakli tanlanadi. Bu usul masalani yechish mas’uliyatidan
voz kechish an’anasiga ega. Agar mojaroning yechimi individ uchun
ahamiyatsiz bo‘lsa, shart-sharoit murakkab bo‘lib, mojaro yechimi ko‘p
kuchni talab qilsa, individning irodasi yetmasa,
bunday harakat yuzaga
kelishi mumkin.
Raqobat
(qarama-qarshilik). Bunda individ o‘z manfaatlariga eri-
shish uchun faol kurash olib boradi, ko‘zlangan maqsadlariga yerishish
yo‘lida barcha vositalarni ishlatadi, masalan, kuch ishlatish,
hokimlik
tomonidan bosim o‘tkazish, muxolifga boshqa vositalar yordamida ta’sir
qilish. Shart-sharoit individ tomonidan juda muhim deb qabul qilinadi.
Bu yerda g‘alaba qozonish yoki mag‘lub bo‘lish masalasi hal qilinadi.
Shuning uchun muxoliflarga nisbatan jiddiy pozitsiya tanlanadi va
boshqa ishtirokchilar qarshilik ko‘rsatsa, ularga qarshi ayovsiz kurash
olib boriladi.
Moslashish, yon berish
. Individning harakatida muxolifga nisbatan
bo‘lgan munosabatni saqlash yoki uni tiklash nazarda tutiladi. Bu ish o‘z
manfaati evaziga tushunmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Bun-
day yondashuvda individning ulushi kam yoki kelishmovchilik pred-
meti unga nisbatan muxolif uchun muhimroq bo‘ladi. Agar muxolif
bilan bo‘lgan nizoda individ uchun o‘zaro
munosabat uncha muhim
bo‘lmasa, muxolif bilan bo‘lgan aloqa individ uchun kerak bo‘lsa, agar
individning g‘alabaga qurbi etmasa, kuchi oz bo‘lsa bunday harakat
mojaroda qo‘llaniladi.
Hamkorlikda individ barcha ishtirokchilarni koniqtiruvchi yechim-
ni izlashda faol ishtirok etadi. Shu bilan birga, u o‘zining manfaatlarini
ham esdan chiqarmaydi. Ochiqchasiga fikr almashish,
umumiy qaror
qabul qilishda nizo ishtirokchilarining manfaatlari nazarda tutiladi. Maz-
kur shakl ijobiy va barcha tomonlarning ishtirokini talab qiladi. Agar
29
muxoliflarning vaqti bo‘lsa, muammoning yechimi barcha ishtirokchilar
uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lsa unda, masalalarni har tomonlama
muhokama qilib, barcha ishtirokchilarning manfaatlarini e’tiborga olib,
umumiy yechimga kelsa bo‘ladi.
Murosada ishtirokchilar harakatlari o‘zaro kelishuvlar hisobiga
yechimning topilishiga, har ikki tomonlarni qoniqtiruvchi oraliq yechim-
ni ishlab chiqishga qaratilgan. Bunda hech kim ko‘p narsa yutmaydi va
hech narsa yo‘qotmaydi. Muxoliflar bir xil kuchga ega bo‘lib, bir-birini
inkor qiluvchi manfaatlari bor bo‘lsa, yaxshiroq qaror qabul qilishga
vaqti bo‘lmasa, ularni ma’lum vaqt ichida oraliq yechim qoniqtirsa,
bunday harakat usuli ishlatiladi. Konfrontatsiya raqobat va hamkorlik
jarayonida qaror qabul qilish uchun muhim shart bo‘lib qoladi. Nizoning
yechimi uni yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf
qilishga qaratilganligi
hisobga olinsa, unda mazkur masalani yechishda hamkorlik usuli to‘liq
qoniqtiradi. Bosh tortish va moslashishda mojaroning yechimi kechikti-
riladi, o‘zi esa yashirin shaklga o‘tkaziladi. Murosa nizoning faqat qis-
man yechishga yordam beradi, chunki o‘zaro yo‘l berishlar mavjud
bo‘lib, sabablari to‘laligicha bartaraf etilmagan.
Ba’zi holatlarda oqilona va nazoratdagi konfrontatsiya nizoning
yechimi nuqtayi nazaridan yon berish va bosh tortish usulidan sama-
raliroq deb qabul qilingan. Biroq bunday
qarashlarni ayrim kishilar
qo‘llab-quvvatlamaydi. Shu bilan birga, bunda boshqa tomon mag‘lu-
biyatga uchrashligini ham e’tiborga olish kerak bo‘ladi. Bu esa nizolarni
hal qilishda eng murakkab masalalardan biri hisoblanadi. Shuni
e’tiborga olish kerakki, mag‘lubiyat yangi nizolar uchun asos bo‘lib
qolmasligi va u boshqa nizolarning kengayib borishiga turtki bermasligi
kerak. Nizoning butunlay hal qilish strategiyasining mohiyati tomonlar-
ning ixtiyoriy ravishda hamkorlik qilishga roziligi doirasida nizo
sabablarini topib, uni bartaraf etishdan iborat. Bunday strategiya barcha
uchun foydalidir.
Birinchidan, u muxoliflarni sheriklarga aylantiradi.
Ikkinchidan, nizoli muammo chetga surib qo‘yilmay, butunlay bartaraf
etiladi. Uchinchidan, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar boshqa strategiya-
lardan olingan yutuqlardan ancha ustun turadi. Mojaro bu strategiya
doirasida oddiy bir me’yoriy voqelik sifatida qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: