74
biznesga doir munosabatlarni tiklash qiyin kechadi.
Nizo manfaatlarning ehtimoliy farqlanishi sifatida ikki tomonning
talabini qoniqtiruvchi muqobil yo‘l yo‘qligi tufayli yuzaga keladi. Ko‘p
holatlarda bu bir yoki har ikki tomon talablari me’yordan ortiqcha bo‘l-
ganda, yuzaga keladi. Agar bir tomon o‘z talabini qonuniy deb hisob-
lasa, unda nizo yanada keskin tus oladi.
Nizoning yuzaga kelishiga yana bir qator sabablar turtki bo‘ladi.
1.
Huquq, majburiyat va mas’uliyat nisbatlarining noaniqliqligi,
lavozim ko‘rsatmalarining yo‘qligi yoki uning
sifati pastligi ishlab chi-
qarish topshiriqlarini taqsimlashda noaniqlikka olib keladi.
2.
Tashkillashtirishda qadriyatlar tizimining moslashmaganligi
(tashkiliy madaniyatning qarama-qarshi turi). Bu esa tashkillashtirishda
ijtimoiy me’yorlarning susayishiga olib keladi va ba’zi bir xodimlarning
boshqa xodimlar tomonidan kutayotgan harakatlarida nomuvofiqlik
kuzatiladi.
3.
Kuchlar nisbatini baholashdagi noaniqlik. Bu har bir tomon o‘z
kuchini ortiqcha baholashiga olib keladi.
4.
“Hamma narsaga ega bo‘lish yoki hamma narsadan voz kechish”
tarzida fikrlash. Bunday holatda har bir tomon o‘z yutug‘ini raqib
tomonning mag‘lubiyati, raqib tomonning yutug‘ini o‘z mag‘lubiyati,
deb hisoblaydi.
Nizoning kelib chiqishiga bir qator nizo
keltirib chiqaruvchilar
(so‘zlar yoki harakatlar yoki harakatsizlik) sabab bo‘ladi. Ularning
aksariyati ataylab yoki bexosdan etik normalarni buzilishiga olib keladi.
Ularni quyidagi turlardan biriga qo‘shsa bo‘ladi:
1.
Ustuvorlikka intilish.
2.
Tajovuzkorlikning yuzaga kelishi.
3.
Egoizmning paydo bo‘lishi.
Ustuvorlikka erishish turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi.
Buyruq, qo‘rqitish, tanbeh yoki boshqa salbiy baholar berish,
tanqid, ayblash, ustidan kulish, masxaralash, haqoratlash ko‘rinishida
ustuvorlikka erishish namoyon bo‘ladi.
“Xafa bo‘lmang”, “Tinchlaning”, “Nahotki
siz buni tushun-
maysiz?”, “Sizga tushunarli til bilan aytilgan-ku”, “Siz aqlli bo‘la turib,
shunday ishni qilyapsizmi?” kabi yaxshi ma’nodagi so‘zlar bilan us-
tuvorlik amalga oshiriladi.
maqtanish, ya’ni o‘zining bo‘lgan va bo‘lmagan yutuqlari haqida
maqtanish maqtanchoq uchun o‘z o‘rnini bildirib qo‘yish istagini yuzaga
keltiradi.
75
“Shunday deb hisoblayman”, ”Men ishonaman”, “Sen nohaq-
san”, kabi gaplar ko‘rinishida o‘zidagi ortiqcha ishonchning namoyon
bo‘lishi. Undan ko‘ra “Men o‘ylaymanki...”, “Mening fikrimcha”, “Men
sening fikringga qo‘shila olmayman” kabi iboralarni ishlatish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
o‘zining maslahatini, fikrini o‘tkazish. Maslahat beruvchi aslida
ustuvor holatni egallaydi. Shunday qoida bor: sendan maslahat so‘rasa,
maslahat ber. Sherikni xafa qilmaydigan muloqot taktikasini tanla.
Sherikning gapini bo‘lish. Bunday holatda bir kishi doimo ikkinchi ki-
shining gapini to‘g‘rilab boradi va bu bilan o‘zining bilimdonligini
ko‘rsatmoqchi bo‘ladi, o‘ziga quloq solish kerakligini bildiradi, shuning-
dek, u baland ovozda gapiradi.
ma’lumotni yashirish. Ma’lumotning yo‘qligi hammani tashvish-
lantiradi,
mish-mishlar, turli xil gaplar ma’lumot bo‘shlig‘ini to‘ldiradi,
ma’lumotlarga nisbatan ishonchsizlik yuzaga keladi.
hazil qilish. Hazilning obyekti zarba berolmaydigan kishi bo‘la-
di. Kulgiga qolgan shaxs xafa qilgan shaxs bilan hisob- kitob qilishga
tushadi, ya’ni nizo boshlanadi.
nopok yo‘l bilan maqsadga erishish uchun ishlatiladigan aldash
yoki aldashga harakat qilish eng kuchli nizo chiqaruvchi hisoblanadi.
Agar nizo uzoq vaqt davomida avj olmasa, u yashirin shaklga
o‘tadi. Yashirin nizolarning quyidagi turlari mavjud:
tashkilotning tashqi muhitga moslashishi
pasayib ketadi;
nazorat qilish imkoniyati yo‘qligi va tashkilot uchun doimiy
xavfli holat yuzaga kelishi;
sust kechayotgan shakldagi yashirin nizoning oshkor bo‘lishi.
Ular ko‘rinishdan bir-biri bilan bog‘lanmagandek tuyuladi;
noaniq sharoitlar portlash ehtimolini yuzaga keltirishi xavfi.
Do'stlaringiz bilan baham: