Lolabuloq nodir metalli pegmatitlar koni — Qoratepa togʻining jan.-gʻarbi (Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani)dagi kon. Lolabuloq granitoidli massivi doirasida joylashgan. Nodir metalli minerallashuvga ega boʻlgan pegmatoidli kvarsdala shpati jinslari konning sharqiy qismlari uchun xos. Dala shpatiga boy pegmatit maydoni intruziv bilan choʻkindimetamorfik qatlamlar tutashgan yerlarda joylashgan boʻlib, eni 1,5 km, uz. 25 km li hududni tashkil qiladi. Konning geologik tuzilishida biotitli va porfirli granodiorit, siyenit, biotit, muskovitli va leykokrat granitlar ishtirok etgan. Kon batolitga oʻxshash yuqori paleozoy davriga mansub magmatik togʻ jinslari, Dautosh va Burliktepa svitalariga mansub metamorfik ohaktoshli, effuziv kvars va felzit porfirli qatlamlar bilan oʻralgan. Kondagi nodir metalli pegmatitlar tarkibida mikroklin, muskovit, kvars, albit va aksessor elementlardan mineral va elementlar koʻrinishida berilliy: niobiy, kolumbit, tantal, qalay, kassiterit, litiyli muskovit, oʻzgargan spodumen, apatit, granit, kamroq turmalin, flyuorit va boshqa bor. Baʼzan nodir elementlarning minerallarini uchratish mumkin.
"OʻZBEKISTON QIYIN ERIYDIGAN VA OʻTGA CHIDAMLI METALLAR KOMBINATI"
AKSIYADORLIK JAMIYATI — rangli metallurgiya sanoati korxonasi. Chirchiq shahrida joylashgan. Elektrotexnika, poʻlat eritish, kon burgʻulash va texnikaning turli sohalarida qoʻllaniladigan molibden va volfram kukunlari va simlari, molibdendan kompakt mahsulotlar, kukun metallurgiyasi va eritish usullarida sof nodir yer metallari va volfram, molibden, reniy monokristallari, prokat qilib choʻzilgan mahsulotlar va ulardan quymalar, kesuvchi va togʻ parmalovchi asboblar uchun metallokeramik qattiq quymalar, elektr lampochkalar, xalq isteʼmoli mahsulotlari ishlab chiqaradi. Ingichka volfram va Qoʻytosh volframmolibden konlari rudalari hamda mis rudalaridan ajratib olinadigan molibden negizida ishlaydi. Korxona 1951-yilda Oʻzbekiston qattiq qotishmalar zavodi nomi bilan qurila boshlagan, 1navbati 1956-yil 5-noyabrda ishga tushirilgan. 1959-yildan Oʻzbekiston kiyin eriydigan va oʻtga chidamli metallar kombinati. 1963-yilda jahonda 1marta molibden konsentratsiyasini nitrat kislota bilan ishlab olish texnologiyasi amalga oshirildi, bu esa molibden chiqindilarini qayta ishlash va zanglamaydigan poʻlat jihozlardan foydalanish imkonini yaratdi. 1973-yildan sunʼiy sheyelitni uzluksiz choʻktirish va ajratib olish hamda pulsatsion uskunalardan foydalanib, volframat kislotasini yuvish texnologiyasi joriy qilindi. 1975-yilda sanoat oqavalaridan ammiak va boshqalar zararli moddalarni ajratib olish qurilmasi, 1977-yilda eng yirik sexlaridan biri — eritishprokat sexi ishga tushirilgan. 1996-yildan korxonada elektr lampochkalarini ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Korxona 2002-yil iyunidan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 13 asosiy va 12 yordamchi sexlari bor. Korxona tarkibida korxona ixtisoslashuvining turli yoʻnaliiglarida ishlaydigan "Metall keramika" Oʻzbekiston— Belorussiya, "EKO Texnolodji" Oʻzbekiston — Panama, "Aziya Renium Resurs" Oʻzbekiston — Britaniya, "Oʻzmetall Texnolodji" Oʻzbekiston — Isroil qoʻshma korxonalari tashkil etilgan. 1995-yilda korxona mahsulotlari "Oltin globus" (Daniya) sovriniga sazovor boʻldi. Moskva shahrida vakolatxonasi bor.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida neft va gazliligi aniqdangan 5 regionda (Buxoro—Xiva, Ustyurt, Surxon-daryo, Hisor jan.-gʻarbi va Fargʻona) neft va gazni qidirish boʻyicha regional ishlar olib borilmoqda. Natijada 450 dan ortiq suyuq va gazsimon uglevodorod yigʻilmalari aniqlangan boʻlib, ular 155 konda mujassamlashgan.
Hozirgigacha maʼlum boʻlgan konlarda uglevodorod zaxirasi miqdori boʻyicha Konlardan neft chiqarish. birinchi oʻrinda (74,3%) kichik, ikkinchi oʻrinda oʻrta (14,4%), uchinchi oʻrinda yirik (10%) va toʻrtinchi oʻrinda (1,3%) unikal konlar turadi. Uglevodorod konlarining 66% Buxoro—Xiva, 17,5% Fargʻona, 7% Surxondaryo, 5,7% Hisor jan-gʻarbi va 3,2% Ustyurt regionlarida joylashgan. Mahsuldorlikning stratigrafik diapazoni paleozoydan (Ustyurt regioni) neogen (Fargona regioni) yotqiziqlari oraligʻini qamrab olgan. Fargʻona regionida qidiruv ishlari jadal olib borildi. Dastlabki kon (Chi-myon) 1900-yilda ochilgan. 1980-yillarning boshigacha Fargʻona regioni neft qazib olish, zaxiralarni oshirish surʼati boʻyicha Oʻzbekistonda yetakchi oʻrinda edi.
Fargʻonadagi neft konlarini oʻrganish va oʻzlashtirishda oʻzbekistonlik olimlardan O.M. Akramxoʻjayev, P. K.Azimov, O. S. Vyalov, M. S. Saydaliyeva, A. H. Hoji-matov va boshqa salmoqli hissa qoʻshdilar. 1985-yildan boshlab suyuq uglevodorodlarni chiqarib olish boʻyicha Buxoro—Xiva regioni Fargona regionidan oʻzib, Oʻzbekistonda yetakchi oʻrinni egalladi. Bu regionda neft, gaz va kondensat zaxiralarini oshirishda N. X. Alimuhamedov, T. L. Bo-bojonov, A. V. Vaxrbov, A. G. Ibroximov. V. A. Kulagin va boshqa bir qancha olim va ishlab chiqarish mutaxassislarining hissasi bor.
Oʻzbekistonda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan 86 ta neft koni ochilgan, ulardan 36 tasi neft konlari, 24 tasi neft-gaz va gaz-neft konlari va 26 tasi neftgazkondensat konlari toi-fasiga kiritilgan va hozirgi neft 63 kondan chiqarib olinmoqda. Hozirgi neft qazib olish surʼatida razvedka qilingan neft zaxirasi respublika ehtiyojini 30 yildan ortiqroq muddatga taʼminlaydi. 14 ta neft konida razvedka ishlari olib borilmoqda va ularning jami zaxirasi 185 mln. t ni tashkil etadi.
Oʻzbekiston regionlari boʻyicha neftning bashoratli resurslari notekis tak,simlanib, ularning asosiy kismi Fargona (74,8%) va Surxondaryo (10,5%) regionlarida mujassamlangan. Fargʻona regionida neftning bashorat qilingan resurslari, asosan, paleogen va neogen yotqiziklarida baholangan.
Buxoro—Xiva regionida neftning bashorat qilingan resurslari yuqori yuraning karbonat yotqiziqlari va quyi boʻrning terrigen yotqiziklari bilan boglik. Oʻrtacha va nisbatan yirik neft konlarining ochilishi Surxondaryo megasinklinalining tuz osti yotqiziqlarida kutilmoqda. Ustyurt regioni Kaspiy oldi sineklizasi bilan taqqoslanganda geologik tuzilishdagi oʻxshashliklar aniklanib, bu regionda paleozoy yotqiziqlarining neftliligini baholash imkonini berdi.
Oʻzbekistonda neft qazib olish uzok, yillik soha boʻlishiga qaramasdan shoʻrolar rejimi davrida oʻz ehtiyojini qoplay olmaganligi sababli har yili 6,0 mln. t neft chetdan olib ke-linar edi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda neft qazib olish surʼati dinamik tarzda oʻsib bormoqda (1999-yilda 8,2 mln. t) va suyuq yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyoj toʻla qoplanmoqda.
Oʻzbekistonda 100 dan ortiq neft va gaz konlari mezozoy va kaynozoy eralari jinslaridan topilgan. Ulardan 45 tasi gazkondensat va gaz-neftli konlar boʻlib, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan. Buxoro-Xiva neft-gaz mintaqasida 17 yirik gaz koni bor (Uchqir, Dengizkoʻl, Oʻrtabuloq, Koʻkdumaloq, Zevardi va b.). Fargʻona vodiysi va Surxondaryo viloyatida gaz konlari yura, boʻr, paleogen yotqiziqlarida, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida yura va boʻr, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa faqat yura yotqiziqlarida aniklangan. Gaz va neft uyumlari toʻplangan yotqiziqlarning umumiy qalinligi bir necha 100 m dan 10–12 km gacha. Oʻzbekistonda aniklangan gazning umumiy zaxirasi 5429 mlrd. m3, razvedka qilingani esa 489 mlrd.m3. Gazli va Shoʻrtan gaz konlari noyob konlardir. Hisor togʻlarining jan.-gʻarbida (Odamtosh, Gumbuloq), Surxondaryoda (Gajak), Ustyurtda (Shaxpaxti) katta gaz konlari bor. OPEK (neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti) mamlakatlarida jahondagi gaz zaxirasining 40% mavjud. Shuning 28% Fors koʻrfazida. Dunyoda olinadigan gazning 10—11% OPEK mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Jahondagi gazning 1996 y.dagi hisoblangan zaxirasi 140-103 mlrd. m3, olingan gazning miqdori 2310 mlrd. m3 ga teng . 1990-y.larda dunyo miqyosida 22 ta supergigant gaz koni boʻlgan, shundan 11 tasi RF (Gʻarbiy Sibir)da joylashgan. Fransiyada (Lak), Ja-zoirda (Xessi-R’Mel), Alyaskada (Prudxobey), Qozogʻistonda (Qorachigʻanoq, Jeriboy, Uzen), Turkmaniston-da (Shotlik, Gugurtli, "Yubiley") yi-rik gaz konlari bor. Oʻzbekistonda 1997 y.da 51,2 mlrd.m3 gaz chiqarilgan, bi-nobarin Respublika gaz chiqarish boʻyi-cha 6—7 oʻrinni egallagan.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, O‘sish iqtisodiy maqsadni belgilab beradi. Umumiy mahsulotni aholiga nisbatan kengayishi ish-haqilarni o‘sishiga olib keladi va shuning bilan birgalida aholining turmush darajasini ko‘tarilishiga sababchi bo‘ladi. Yuqori o‘sish bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot kishilar ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishga va ijtimoiy hamda iqtisodiy muammolarni hal etishga imkoniyat yaratadi. O‘z navbatida, ish haqilarni oshishi kishilarga ko‘proq dam olish, shaxsiy kompyuterlarni sotib olish va oily ta’limda tahsil olish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi. Tobora yuksalib borayotgan iqtisodiyot aholini kam ta’minlangan qatlamini ahvolini yaxshilash, san’atni rivojlantirish va atrof-muhitni himoya qilish kabi muammolarni hal etishda yordam beradi.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‘p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo‘yicha ro‘y bermaydi.
O‘zbekiston respublikasi Milliy Boyligi bir necha yillar davomida shaklanib kelayotgan iqtisodiy salohiyatini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda xar xil turdagi qazilma boyliklari ko‘pligi va yangi konlar topilayotgani bu davlatimiz iqtisodiy salohuyatini yada kuchaytirib beradi. Davlatimizda qazilma boyliklardan tashqari ma’naviy boyliklarni himoya qilish, asrab avaylash. Bu ma’naviy boyliklarni yosh avlodga yetqazish ham kiradi. Hozirgi notich zamonda qadimgi qo‘l yozmalar, turli hil asarlar yo‘q bo‘lib ketmoqda. Shuning uchun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Rassiya Fediratsiyasi Sant-Peterburg shaxrida o‘tqazilgan ko‘rgazmada nutq so‘zladilar O‘zbekiston Milliy Boylikarini o‘z vataniga qaytarish kerakligini aytib o‘tganlar. O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti Shavkat Mirziyoyev davlatimizni riojlantirish uchun ko‘p sa’yi harakatlar qilmoqdalar bulardan biri. Bu chet el investitsiyasini ko‘paytirish yangi ish o‘rinlarini ochish Bank kridit tizimini rivojlantirish, maktab va oliy o‘quv yurtlarini jaxon standatrlariga moslashtirish kerak deb aytganlar.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti 2016-yilda bo‘lgandan so‘ng O‘zbekistoning iqtisodiy salohiyati yanada ko‘tarildi bulardan biri Qashqadaryo viloyatida 2017-yilda O‘zbekiston “GTL” qurilishiga tamal toshi qo‘ydilar.
Bu qurilgan gigant gazni qayta ishlash zavodi dunyodagi eng kattasi bo‘ldi. Bu zavodga qurilishida dunyoning eng mashuxur kampaniyalar o‘z hisalarini qo‘shishgan va investitsaya kirishgan. Ushbu gigant gazni qayta ishash zavodiga 3,42 MLRD Dollar investitsiya kiritilgan. Prizidentimiz boshchiligida O‘zbekiston iqtisodiyoti yilidan yilga o‘sib kelmoqda shulardan biri bu O‘zbekiston “GTL” zavodi hisoblanadi. Yaqin kelajakda O‘zbekistonda yana katta loyha amalga oshishi kutilmoqda. Bu loyha O‘zbekiston “Atom Elektr Stansiyasi” qisqachasi “AES” deb nomlanadi. Ushbu loyha amakga oshsa O‘zbekistoni elektr energetika sohasida katta qadam bo‘ladi va elektr energetika muxtojlik kamayadi va O‘zbekiston iqtisodiyotiga juda katta foyda olib keladi. Men bu yerda keltirgan so‘zlarimdan shuni angladimki O‘zbekistoning kelajagi va iqtisodiyoti yanada katta o‘zgarishlar kutmoqda. Biz yosh avlod shu o‘zgarishlar bilan birga qadam qoqdamiz va shu o‘zgarishlar biz oz bo‘lsada o‘z hisamizni qo‘shmoqdamiz . Davlatimiz rahbari ushbu yangi loyhalarni biz o‘sib kelayotgan yosh avlodga ishonmoqdalar kelajakda biz bundan ham katta loyhalar amalga oshirishimiz kerakligini kutmoqdalar. Milliy boylik keng ma’noda o‘z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar, yaratilgan san’at asarlari, intellektual salohiyatni, balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Tor ma’noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo‘ladi.Tabiiy omillar milliy boylik hajmiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladigan omillar bo‘lib, hohlagan birining salbiy tomonga o‘zgarishi milliy boylik hajmi pasayib ketishiga sabab bo‘ladi.Mamlakatimiz milliy boyligini oshirishda eng asosiy omillardan biri ishchi kuchi resurslari hajmi, tarkibi va sifati juda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun mamlakatda ishchi kuchi resuslaridan samarali foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Foydalangan adabiyotlar
Shоdmоnоv Sh.Sh., G‘afurоv U.V. Iqtisоdiyot nazariyasi. – T.: «Fan va tехnоlоgiya». 2005. – 186 b.
Razzоqоv A., Tоshmatоv Sh., O‘rmоnоv N. Iqtisоdiy ta’limоtlar tariхi. – T.: «Mоliya». 2002. – 174 b.
INTERNET SAYLAR
https://hozir.org/reja-foydali-qazilmalar-togrisida-umumiy-malumotlar.html
http://el.tfi.uz/images/iqtisodiyotnazariyasi_uzl_1d55d.pdf
https://staff.tiiame.uz/storage/users/55/presentations/5vli6JuBzlssF9cf4xnzGdBV3AgW1EnAztKXRzyQ.pdf
https://fayllar.org/reja-milliy-boylik-mohiyati-tarkibi-hajmi-va-dinamikasi.html
https://uz.denemetr.com/docs/769/index-109700-1.html?page=21
https://uz.wikipedia.org/wiki/
https://www.gazeta.uz/ru/2021/12/25/uzgtl/
Do'stlaringiz bilan baham: |