O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti «matematika va umum iqtisodiy fanlar»



Download 54,38 Kb.
bet1/10
Sana25.02.2022
Hajmi54,38 Kb.
#463020
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5217431957993952181


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
«mATEMATIKA VA UMUM IQTISODIY FANLAR» kafedrasi

FAKULTET “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi” yo‘nalishi 3-kurs talabasi




KURS ISHI

«Iqtisodiy nazariya» fanidan


Mavzu: Milliy boylik: Tarkibiy tuzulishi va aniqlash usullari

Bajardi:Sabirov Ashrafxo‘ja
Ilmiy rahbar: katta o‘qituvchi Sattikulova G.A.

Toshkent – 2021
REJA
1: Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibi
2. Milliy boylikni oshirish omillari va imkoniyatlari
3. O‘zbekiston milliy boyligining tarkibi va dinamikasi
Xulosa
Foydalanilgan adabirotlar

KRISH
Milliy boylik — mamlakatning tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish va kishilar hayotini taʼminlash sharoitlarini belgilovchi resurslari majmui. Umuman, mamlakatning mulkiy holatini tavsiflashda qoʻllaniladigan Milliy boylik koʻrsatikichi turli shaklda jamgʻarilgan kishilar mehnat mahsullari natijalari bilan birga iqtisodiy muomalaga kiritilgan tabiat resurelarini, shuningdek, xorijdagi moliyaviy aktivlar va hisobkitoblar saldosini ham oʻz ichiga oladi. Milliy boylikni hisoblash milliy hisoblar tizimi konsepsiyasiga asoslanadi, Milliy boylik har bir mamlakat xalqi hayoti va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boʻlib, umumiy hayot darajasini, mamlakatning salohiyatini ifodalaydigan juda muhim makroiqtisodiy va umumiqtisodiy koʻrsatkichdir. Milliy boylik birinchi marta ingliz iqtisodchisi U. Petti (1623—1687) tomonidan 1664 yilda hisoblangan edi, Fransiyada Milliy boylikni birinchi marta ba-holash 1789 yilda, AQShda 1805 yilda, Rossiyada 1864 yilda amalga oshirilgan edi. U. Petti "mehnat — boylikning otasi, yer — uning onasi", — degan va umumiy boylikni ishlab chikarilgan mahsulotlardan iborat, deb tushungan. Milliy boylikni hisoblashda qishilik jami-yati hayoti va taraqqiyotining moddiy asosi, birinchi, navbatda, moddiy tabiat ekanligini unutmagan holda, eng avvalo tabiiy boyliklar — yer, yer osti boyliklari, suvlar, oʻrmonlar va boshqa aniq va toʻgʻri hisobga olinishi lozim. Soʻngra ular vositasida inson mehnati bilan ishlab chiqarilgan va jamgʻarilgan moddiy boyliklar toʻla-toʻkis hisobga kiritilishi kerak: 1) moddiy ishlab chiqarish sohasidagi moddiy fondlar; asosiy fondlar; moddiy aylanma vositalar; ularning rezervlari; 2) no ishlab chiqarish sohasidagi moddiy fondlar; asosiy fondlar, shu jumladan, turar joy fondi; boshka moddiy boyliklar; 3) aholi uy-roʻzgʻor xoʻjaligidagi uzoq muddatli foydalaniladigan moddiy neʼmatlar; 4) turli xil rezerv fondlar. Bu fondlarni yana ikki fondga boʻlish mumkin: 1) unumli (ishlab chiqarish) fondlari; 2) bevosita isteʼmolbop fondlar. Milliy boylikni mulkchilik shakllari boʻyicha tasniflashning ahamiyati katta. Shu bilan birga tabiiy boyliklarning va ishlab chiqariladigan, jamgʻarilgan boyliklarning har bir muayyan davrda kimlar egaligida va foydalanishida ekanligini hisobga olish ham muhim. Mamlakat, jamiyat Milliy boylikgi uning faqat moddiy boyligidangina iborat emas. Uning maʼnaviymadaniy va boshqa unsurlari ham bor. Mamlakat aholisi, uning mehnatga qobilliligi, akliy va jismoniy qobiliyatlari, xilma-xil koʻnikmalari aslida, insoniy nuqtai nazardan har qanday jamiyatning asosiy boyligidir. Shu sababli hozirgi davrda barcha mamlakatlar oʻz aholisini, uning maʼnaviyatini va madaniyatini saklash va rivojlantirishga harakat qiladi; barcha moddiy (tabiiy va ishlab chiqarilgan) neʼmatlar, maʼnaviy neʼmatlar (ilm, fan, madaniyat, sanʼat boyliklari va boshqalar) insonga, kishilarga xizmat qilishi lozim.. Jahon banki ekspertlarining baholashiga kura, 20-asr oxirida insoniyat 550 trln. AQSH dollaridan ortiq (yoki aholi jon boshiga 90 ming dollarlik) boylikka ega boʻlgan; shu jumladan, AQSH eng koʻp darajadagi jaʼmi 120 trln. dollar (aholi jon boshiga 460 ming dollar) boylikka ega.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan mamlakat hududidagi barcha boyliklar Milliy boylikka, milliy mulkka aylantirildi. Bu Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Res-publikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonunining (1991 yil 31 avg.) 7moddasida: "Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va oʻrmonlar, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning maʼnaviy boyliklari Oʻzbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi", deb koʻrsatilgan. Shuning uchun ham, birinchi navbatda, mamlakatning insoniy salohiyatini, tabiiy va yaratilgan (ishlab chikarilgan) boyliklarni aniq baholash, ularni bir-biriga tarkibiy jihatdan muvofiqlashtirish, koʻpaytirish va takomillashtirish eng dolzarb vazifalarga kiradi.


Download 54,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish