- mehnat unumdorligining o‘sishi;
- ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;
-milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi.
Moddiy buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart - sharoiti hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon harakatda boylikning iste’mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko‘payishi ro‘y beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart - sharoiti, uning moddiy texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o‘sish sur‘ati va miq, milliy boylikdan foydalanish xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Moddiy buyumlashgan boylikni oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish farqlansa - da, har ikkalasi ham yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning shart sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning. vujudga kelishi insoniyat jamiyat rivojiga bog‘liq emas, u tabiat qonunlari asosida ro‘y beradi. Foydali qazilma boyliklar, o‘rmonlar, suv va yer resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab chiqarishdan tashqarida turadi. Tabiat in'omlari o'zlarining dastlabki ko'rinishida tabiiy boylik bo‘lib, shu holatida inson ing natijasi blangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Buning ma'nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potentsial boylik hisoblanadi. Ular real boylikka inson mehnatining ta’siri oqibatida aylanadi. Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy - buyum shakl bilan.
Bog‘liq bo'lmagan alohida turdagi iste’mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta'minlash va oshirib borish uchun zarur bo‘ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, san’at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uning tarkibida tarixiy¸yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob adabiy va san'at asarlari alohida o‘rin tutadi. Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish darajasi, jamiyat a’zolarining to‘plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportning rivojlanish darajasi o‘z ifodasini topadi. Moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi jamiyat moddiy qimmatliklari ko‘payishining asosi hisoblanadi. Agar fan - texnika taraqqiyoti yuqori sur’atlar bilan rivojlansada madaniyat, san’at, fan kabi nomoddiy sohalar ham o‘sib va takomillashib boradi . Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tushuncha bo‘lib, o‘z tarkibiga jamiyatning nomoddiy xarakterdagi qimmatliklarini ham oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |