Quytosh volfram-molibden koni — Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumaniyaagi kon. Jizzax shahridan 45 km shim.-sharqda, Nurota togʻlarida joylashgan. Asosan, ter-rigen, kamroq karbonat jinslardan tarkib topgan. Konning markaziy qismini granitoid tarkibli Qoʻytosh intruzivi yorib chiqqan. Asosiy ruda qamrovchi jinslar kontaktli metamor-fizmda rivojlangan skarn va rogoviklardir. Skarn-rudali jismlar kontaktli, qatlamlararo va kesishgan morfologik tipdan tashkil topgan. Skarn-rudali jismlarning qalinligi 0,5–20 m (oʻrtacha 1 — 1,5 m), yoʻnalish boʻyicha uz. 50–300 m gacha, volframning uch oksidi 0,4—0,65%. Yoʻl-yoʻlakay uchraydigan komponentlardan mis (0,077%) va molibden (0,011%) mavjud. Skarnrudali jis-mlarning mineral tarkibi gedenber-gitli, vollastonit bilan birga gros-sulyar-gedenbergitli. Boshqa minerallardan koʻproq uchraydiganlari kvars, andezin, amfibol, kaltsit va ulardan tashqari sheyelit, molibdenit, pirrotin, pirit va boshqa Rudaning asosiy komponentlari volfram, molibden, mis va vismut. Turli bloklarda volfram 0,25 dan 0,4% gacha, molibden 0,023%, mis 0,077%. Sul-fidlarda vismut (0,5—1%), talliy (1,25 g/t), selen va tellur konsentratsiyada boʻladi. Hozirgi vaqtda konning asosiy zaxiralari oʻzlashtirilib boʻlingan. va 1998-yildan foydalanilmaydi.
Qarnob qalay koni — Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi kon. 1943-yilda ochilgan. 1952—58 yillarmobaynida oʻzlashtirilgan. Kon Qarnob— Lapas regional yorigʻining shim. blokida joylashgan. 20 dan ortiq tik yotuvchi rudali tanalar mavjud boʻlib, ulardan 20–50 m chuqurlikkacha boʻlganlari qadimiy ruda izlovchilar tomonidan va konni keyingi oʻzlashtirish (1940—50 yillar) jarayonida qazib olingan. Rudali tanalar morfologiyasi murakkab — tikka yotuvchi tarmoqlangan tomirlardan iborat boʻlib, oʻlchami 0,3—0,5 dan 1,5–2 m gacha qalinlikda, uz. 100 dan 550 m gacha. Baʼzi zonalari 400 m chuqurlikkacha aniqlangan. Rudalanish bir tekis tarqalmagan, qalayning miqdori 0,1 dan 0,9% gacha. Qarnob qalay konik. gidrotermal konlar tipiga mansub. Ruda atrofi oʻzgarishlarining asosiy tipi— berezitlanish. Rudali jismlar toʻq kulrang kvars va intensiv ravishda berezitlashgan hamda turmalin va sulfidli tomirchali maydalangan granitlardan tarkib topgan. Qarnob qalay konik. rudalariga asosiy mineral — kassiterit 1 mm ga yaqin jigarrang izometrik donachalar va 2–4 mm qalinlikdagi tomirchalar shaklida boʻlib, tarkibida volfram, qoʻrgʻoshin, rux, galliy elementlari bor. Kassiterit xolxol koʻrinishda, ingichka tomirchalar va alohida donalar shaklida uchraydi. Rudali jismlar tarkibida kassiterit 0,3—0,5%, galenit 0,3 — 0,5%, sfalerit 0,1—0,3%, xalkopirit 0,1—0,3%, pirit 1—2% da boʻladi. Ulardan tashqari, varlamovit, mushistonit, akantit, pirargirit, prustit, stannin, tillit, frankeit va boshqalarlardan tarkib topgan. Rudali tanalar tarkibida: qalay— 0,3—0,4%, qoʻrgʻoshin — 0,3%, mis 0,1—0,2%, rux 0,1%, kumush 72 g/t, margimush 0,1%, surma 0,1%ni tashkil qiladi. Rudalanishning tik oʻlchami 500 m dan oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |