Qizilolmasoy oltin koni — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi kon. Angren shahridan shim.sharqda, Chatqol togʻlarining jan. yon bagʻrida joylashgan. Qizilolmasoy oltin konik. 1959-yilda ochilgan. 1975-yildan foydalanilmoqda. Konning umumiy maydoni 4 km2, uz. 10 km chamasi boʻlgan kuchli minerallashgan (qalinligi 350 m gacha) zonadan iborat. Qamrovchi jinslar andezitdatsit formatsiyadagi vulkanitlarning yupqa (150 m cha) gʻilofidan va zamini slanetslarning ksenolitlari boʻlgan granitoidlardan tashkil topgan. Sanoat bop rudalanish, asosan, 3 ta yirik ruda tanalarida rivojlangan boʻlib, oʻlchamlari yoʻnalish boʻyicha uz. 200 dan 600 m gacha, yotish qiyaligining uz. 1500 m ga yetadi; oʻrtacha qalinligi 15–20 m. Oltinkumushli rudalanish konning vulkanogengidrotermalli turiga mansub boʻlib, koʻp bosqichlarda shakllangan. Qizilolmasoy oltin konik.da 100 dan ortiq mineral va ularning turlari aniqlangan, ulardan 70 tachasi rudali hisoblanadi. Rudali tanalar kvars (rudali tana hajmiga nisbatan 50—85%) va ularning turlari — ametist (safsar), xalsedon hamda kaltsit (15—45%)dan tuzilgan. Seritsit, muskovit, kaolinit, ortoklazlar kamroq. Rudali minerallar, asosan, piritdan, kamroq xalkopirit, galenit, sfalerit hamda rudali tana hajmining 3 — 5 dan 35%gacha tashkil qilgan xira rudalardan iborat. Mineral tarkibiga koʻra, rudalanish oltinkvarsli kam sulfidli formatsiyaga tegishli, kam boʻlsada, bir qancha tugʻma elementlar (Ai, A§, Si, V1, R) va slanetslar mavjud. Rudalanish kvarsli tomirlarda va kvarslangan qamrovchi jinslarda chegaralangan boʻlib, oltinning oʻrtacha miqdori 8,2 g/t, kumushniki 59 g/t ni tashkil qiladi. Rudali tanalar 2 ta shaxta yordamida 615 m gacha chuqurlikda ochilgan. Qizilolmasoy oltin konik.dan hozirgi vaqtda foydalanilmoqda.
Qalmoqqir mis koni — Toshkent viloyatidagi Olmaliq shahrining shim.gʻarbiy qismiga tutashgan. 1931-yilda topilgan. Kondan 1951-yildan foydalanilmoqda. Qalmoqqir mis konik. misporfir tipidagi dunyo boʻyicha eng yirik hisoblangan 10 ta obʼyektlar qatoriga kiradi. Kon choʻkindi, vulkanogen va intruziv jinslar majmuasidan tarkib topgan, ularda magmatik hosilalar koʻproq uchraydi. Konning geologik tuzilishida riolitporfirlar, dolomitlar va ohaktoshlar, andezitdatsitli porfirlar, kvarsli monsonitporfirlar, granodioritporfirli daykalar, dioritli va diabazli porfiritlar mavjud. Vulkanogenchoʻkindi qatlam jinslarini siyenitdiorit qatoridagi asosliroq intruzivlar yorib chiqqan va qisman ular bilan assimilyatsiyalashgan. Asosiy ruda qamrovchi jinslar yirik shtok shaklida mujassamlashgan siyenitdioritlar, dioritlar va riolitporfirlardir. Porfirli shtokning yuqori qismi apofizalari karyerda, chuqurlik qismi esa chuqur burgʻi quduqlari bilan 3700 m gacha ochilgan. Kon rudalari 3 texnologik tipga: oksidlangan, aralash (tarkibida ikkilamchi sulfidlar boʻlgan) va birlamchi sulfidlarga boʻlinadi. Oksidlangan rudalar murakkab tuzilishi bilan farqlanib, koʻpincha turli qalinlikdagi tik yotuvchi tomir, qatlam, linza va ustun koʻrinishlarda uchraydi. Gipergenez zonasining eng koʻp qalinligi 180 m (oʻrtacha 60–65 m), oksidlangan rudalarning oʻrtacha qalinligi 20 m, aralash va xalkozinlilarniki 19 m dan iborat. Oksidlangan rudalardagi misning tarkibi — 0,3 dan 3% gacha, ikkilamchi sulfidli boyish zonasida — 0,3 dan 4% gacha. Qalmoqqir mis konik.ning birlamchi rudalari tarkibida mis — 0,58%, molibden — 0,005 %, oltin — 0,5 g/t, kumush — 3 g/t, oltingugurt 1,5— 2%, kamyob elementlar (selen, tellur, reniy, vismut, indiy va boshqalar) mavjud. Konning markaziy qismi mis va temir sulfidlariga boy. Oltinning taqsimlanishi xalkopiritli minerallashish bilan bogʻliq. Rudali shtokverkning kuzatilgan qalinligi 1240 m gacha. U yaxlit uzluksiz tanani tashkil qilib, konning oʻrta qismiga kelganda tarmoqlanadi. Konning boy oʻzak qismining oʻlchamlari: uz. 1740 m, eni 500 m, eng katta qalinligi 450 m boʻlib, unda mis oʻrtacha — 0,62%, molibden — 0,004%, oltin — 0,9 g/t, kumush — 3,55 g/t. Konda metasomatik oʻzgargan jinslar keng tarqalgan. Ularda greyzenlashish eruptivli brekchiyalar va qora granitporfirlarning daykalarida mujassamlashgan. Qalmoqqir mis konik.ning kvarsseritsitli metasomatitlari odatdagi ikkilamchi kvarsitlardan oʻzida boy glinozyomli minerallarning (korund, diaspor, andaluzit va boshqalar) deyarli uchramasligi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |