Buxoroning qadimiy inshootlari - Bajardi: Sirocheva F.
- Tekshirdi: Zaripova M.
- Buxoro-2018
Ark qo’rg’oni - Milodning boshlarida qurila boshlanib, XVI asrda ansambl holiga keltirilgan. Uning barpo etilishi Eron podshosi Siyovush nomi bilan bog’liq.
- VII asrda Buxoro hokimi Bidun vayrona holiga kelgan Arkni qayta tiklatgan. O’sha davrda Ark oldida katta maydon- registon, uning atrofida savdogar va zodagonlarning yuzlab qo’rg’onlari bo’lgan.
- Ark qal’asi balandligi 20 metr bo’lgan tepalik ustida qurilgan. Ark g’arbdan sharqqa cho’zilgan noto’g’ri to’rtburchak shakliga ega. Janubi-sharq burchagi biroz kesilgan. U Buxoro shahrining g’arbida qurilgan. Qal’a devorining uzunligi 789,6 m, balandligi 16-20 m, yer maydoni 3,96ga ni tashkil etadi.
- Ark ichkarisiga olib kiradigan uzun yo’lakning chap devorida 12 ta va o’ng devorida 13 ta taxmon-tokcha joylashgan.
- 1993-yilda “Butunjahon madaniy meroslari ro’yxati”ga kiritilgan.
Minorai Kalon - Bunyod etilishi o’rta asrlarning rivojlangan davriga, aniqrog’i, 1127-yilga to’g’ri keladi. Qoraxoniylar hukmdori Arslon Bug’roxon tomonidan qurilgan.
- Me’moriy obidaning qurilishida tosh, maxsus qir qotishmasidan, chorsu pishiq g’ishtidan, loy, taxta va boshqa ashyolardan foydalanilgan.
- Balandligi 47,5 m, aylanma eni 9 m. O’qsimon tirgak o’rtasida Arslonxonning nomi hamda binokor ustaning ismi usta Baqo nomi bitilgan. Tepaga minora ichidagi 104 aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi Kalon tomonidan Minoraga o’tiladigan yo’lakcha bo’lgan.
- Minorai Kalonning o’zagi ham, bezagi ham chorsu pishiq g’ishti ganchxok loyida terilgan.
- Minora o’z davrida muazzin uchun azon aytadigan joy, harbiy maqsadlarda kuzatuv obyekti vazifasini o’tagan.
Somoniylar maqbarasi - Maqbara 864-868-yillar oralig’ida Buxoro hukmdori Ismoil Somoniy tomonidan binyod etilgan. Uning qurilishida pishgan g’isht, tosh va yog’ochdan foydalanilgan. Devorining qalinligi 10,8 m, tashqari tarxi- 10,8x10,7 m, ichki tarxi-7,2x7,2 m.
- 4 ta burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 ta qubba o’rnatilgan. Devor tepasida 40 ta kungurasimon darcha o’rnatilgan. Har bir darcha hoshiyalangan.
- 1927-yilgi arxeologik qazishmalar chog’ida maqbarada 2 ta qabr borligi aniqlangan. Ismoil Somoniy maqbarasi 4 tomoni bir xil chordara shaklida qurilgan, uning tuzilishida qadimgi sug’d me’morchiligi an’analari saqlanib qolgan.
- “Chor” uslubida bunyod etilgan
- Mazkur me’moriy inshoot 1993-yilda “Butunjahon madaniy meroslari ro’yxati” ga kiritilgan.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |