Uqalash turlari:
gigiyenik (umumiy va mahalliy),
jismoniy,
davolovchi (umumiy va mahalliy),
segmentar-reflektor,
nuqtali, kosmetik,
o'zini-o‘zi uqalash .
Segmentar-reflektor uqalash sohalari A’zolar Orqa miya segmentlari
Yurak S III-IV ThI-III
0 ‘pka S III-IV Th III-IX
Oshqozon S III-IV ThV-IX
Ichaklar S III-IV Th I 1
To‘g ‘ri ichak Th XI-XII Th I—II
Jigar, o't pufagi S III-IV Th VI-X
Oshqozon osti bezi S III-IV Th VII-IX
Qora taloq S III-IV ThVII-X
Buyraklar, siydik y o ‘li S I Th X-XII
Siydik qopi Th XI Th III-ThII-IV
Prostata bezi Th x-xp Thill va ThI-III
Bachadon Th x Th III
Tuxumdon Th xi Th III
Gigiyenik - organizmni me’yoriy faoliyatini saqlash, sogliqni asrash, kasalliklarning oldini olish uchun qo'llaniladi. Umumiy uqalash ko‘rinishida bo‘ladi.
Jismoniy - sport bilan shug'ullanadiganlarda formani saqlash, mashg‘ulotlardan keyin charchashni olish va kuchni tiklash uchun qo‘llaniladi.
Segmentar-reflektor - davolovchi, gigiyenik, jismoniy bo’lishi mumkin.
Uqalashni o‘tkazishda mexanik ta’sir tana qismiga emas, orqa miya m a’lum segmenti bilan bog‘liq. Teri sohasiga, ular orqali esa shu segmentdan innervatsiya oladigan ichki a’zolarga ta’sir etiladi.
Nuqtali - terini shikastlamasdan barmoq uchlari bilan biologik faol nuqtalarga ta’sir etish. Asosiy usullari: silash, ishqalash, ezg‘ilash, bosish, chimchilash, vibratsiya, taqillatish, barmoqni botirish.
Kosmetik - me’yoriy va shikastlangan terini parvarishlash, erta qarishning oldini olish, chandiqlarni yo'qotish maqsadida qo'llaniladi.
Muolaja dozasi. Uqalash 10-20 daqiqa davom etadi. Har kuni yoki kunora, davo kursi 10-15 muolaja, 1 oydan keyin qaytarish mumkin.
Qo‘l bilan uqalashda odam tanasi bir necha qismlarga bo'linib, uqalash muolajasi bajariladi, ya’ni qo'l, oyoq, qorin va h.k. (1-birlik 10 daqiqa).
Segmentar-reflektor uqalashda ta’sir ma’lum segmentlarga ko‘rsatiladi, masalan, yoqa sohasi, bo’yin-ensa sohasi, yuqori ko‘krak sohasi va h.k., ya’ni ichki a’zolarning asab tizimi tomonidan inervatsiyasiga bog'liq holda amalga oshiriladi.
Nuqtali uqalashda odam tanasining ma’lum nuqtalari, ya’ni biologik faol nuqtalari uqalanadi. Bunda uqalash ko'rsatkich yoki uchinchi barmoq bilan o‘tkaziladi.
Apparat bilan uqalashga taalluqli: - gidrouqalash; - vibriouqalash; - pnevmouqalash; - barouqalash; - vakuum uqalash.
Vakuum uqalash, asosan, o‘pka, nafas yo’lari kasalliklarida, osteoxondrozda qo‘llaniladi. Tananing tuzilishiga va teri osti yog‘ qatlamining rivojlanishiga qarab yoki o‘ngga bog‘liq holda vakuum uqalash 200 ml, 500 ml li tibbiy bankalar yordamida o‘tkaziladi. Bunda bemor kushetkaga shunday yotishi kerakki, uning orqasi tekis bo‘lishi shart. Shundan so‘ng tananing orqa qismi maz bilan surtiladi va banka orqaga vakuum hosil qilgan holda qo‘yiladi.
Vakuum uqalash o‘tkazilganda quyidagilarga amal qilinishi kerak, ya’ni banka aylanma holida sekin harakat qildiriladi yoki ilon izi holida harakat qildiriladi. Masalan, zotiljamda, bronxial astmada, bronxitda va h.k. Osteoxondrozda bankalar paravertebral soha bo‘yicha to‘g‘ri chiziqli harakat qildiriladi.
Uqalash organizmga
trofik,
mexanik,
neyroendokrin,
reflektor va
neyrogumoral ta’sir ko‘rsatadi.
Bu ta’sir mexanizmlari natijasida fiziologik ta’sirlar yuzaga keladi, ya’ni terining funksiyasini yaxshilaydi, qon va limfa aylanishini, modda almashinuvini, asab tizimining qo‘zg‘atuvchanligining pasayishini oshiradi, tashqi nafas funksiyasini yaxshilaydi, mushak va bo‘g‘imlami mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |