Mudari’ bahri. Bahrning mudori’ (المضارع) “o‘xshash” atalishiga sabab, hazaj bahriga o‘xshashligidir. Biroq aruziy she’r tarixida mudori’ning boshqa bahrlarga o‘xshashlik darajasi haqida boshqa fikrlar ham bor: Ibn ar-Rashiq uni muqtadabga, ad-Damanxuriy hafif bilan munsarihga o‘xshatadi.
Mudori’ning Asl ruknlari olti rukndan tashkil topgan.
مفاعيل فاعِ لاتُنْ مفاعيلُن مفاعيل فاعِ لاتُنْ مفاعيلُن
Bu bahrning boshqalardan farqli tomoni shundaki,undagi ruknlar hech qachon zihoflarsiz ishlatilmaydi. Mudari’da bitilgan baytlarning hashvlari albatta makfuf bo‘ladi. Uning majzu shaklidagi a’rudlarini tashkil qiluvchi فاعِ لاتُنْ ruknlari esa, doimo sog‘lom holdagina ishlatiladi. Shunday qilib, u bahrni bir darbi bir a’rudi bor u ham bo‘lsa فاعِ لاتُنْ. Ularda hech qachon, masalan, basit yoki hafifda bo‘lganidek, ikkinchi sukunli harf tushib qolmaydi. Bu yerda ham, doira talabiga monand “فاعِ” qismi ajratilib yoziladi va birinchi maqta’ ajratilgan vataddan iboratdir.
Biroq bu bahrdan qadimda shoirlar juda kam foydalanishgan. Shuni hisobga olib, aruzshunos Abu-l-Xasan al-Axfash bu bahrni bahrlar qatoridan olib tashlagani ma’lum. Boshqa bir qator olimlar esa, mudori’ni boshqa bahrlarning tarmoqlaridan biri deb atashgan.
Ushbu bahrni bittagina varianti bor: aruz va darb – majzu.
Zamaxshariy:
ضرعنا العزّناء اعادى الكري سهادا
Xorazmiyning “Mafotih al–ulum” asarida quyidagicha misol keltirilgan (bayt egasi noma’lum):
دَعاني إلى سُعـادٍ
|
|
دواعي هَوَى سعادِ
|
“Meni Suad oldiga chaqirishdi. Suadning muhabbati mening davoimdir”.
Shuningdek, mudori’ bahri quyidagi qolipda ham ishlatilgan: mafo’iylun fo’ilotun 4 marta,biroq sog‘lom holda uchramaydi.
Muzori’i musammani makfuri mahzuf
Yuzingdin hijil qamar, labingdin dog‘i shakar,
Manga har biridin o‘t, sanga qilmay ul asar.
mafo’iylun foilun mafo’iylun foilun
Muzori’i musammani axrabi mahzuf
Ishqing atab balodur,ey nozanin sanam
Jon anda mubtalodur ko‘rmas ba juzsitam
Maf’uvlu fo’ilotun Maf’uvlu fo’ilotun
Muzori’i musaddasi
Muzori’i musaddasi makfufi maqsur
Seningdek jahonda kimsa ne imkon
Buyon kel qilay qoshingda qido jon
mafo’iylun foilotu fa’uvlon
Muzori’i musaddasi makfufi maxzuf
Ko‘ngul bo‘lg‘ay hayoming‘a moyil
Ko‘zim ham o‘ldi husning‘a zoyil.
Mafo’iylun fa’uvlun fa’uvlun
Muqtadab bahri. Bahrni muqtadab(المقتضب ajratib olingan)atalishiga sabab, munsarihdan ikki ruknni ajratib olinganga o‘xshashligi, ularning bir qolipga ega ekanligidir.
Ushbu bahr olti ruknlidir.
مفعولاتُ مستفعلن مستفعلنمفعولاتُ مستفعلن مستفعلن
Ko‘rinib turibtiki muqtadabning ruknlari munsarihnikiga juda mos,, faqat tartibida farq qiladi.
Lekin, ayrim manbalarda muqtadab bahri to‘rt ruknli ham bo‘lib keladi. Bu holda har bir misra ortidagi mustafi’lun “مستفعلن”rukni olib tashlanadi.
Bu bahrni ham bitta varianti bor: majzu matvi.
Zamaxshariy:
Do'stlaringiz bilan baham: |