Tarmoq ruknlar. Ruknlar bahrlar tarkibida hamma vaqt ham sog‘lom holda ishlatilmaydi, ko‘p hollarda ruknlar bahrlar doirasida miqdor o‘zgarishlarga uchrab turadi. Biroq asliy ruknlar bahrlar tarkibida hamma vaqt ham sog‘lom holda ishlatilmaydi, ko‘p hollarda ruknlar bahrlar doirasida miqdor o‘zgarishlarga uchrab turadi. Ushbu o‘zgarishlardan hosil bo‘lgan ruknlar qoliplarini tarmoq (فرع) ruknlar deyiladi. Ular quyidagilardir:
فَعُولُنْ(fa’ulun)ruknidan oltita tarmoq rukn yasaladi:فَعُولُ، فَعُولْ، فَعْلُنْ، فَعْلُ، فَعُلْ، فَعْ.
Keyingi asliy rukn فاعِلُن(fo’ilun)dan 2ta tarmoq rukn yasaladi:فَعِلُنْ، فَعْلُنْ.
مُسْتَفْعِلُنْ(mustaf’ilun)keyingi asliy rukn. Ushbu rukn qolipida 11 ta tarmoqlari bor:
مَفاعِلُنْ مُفْتَعِلُنْ، فَعَلتُنْ، مُستَفْعِلُ، مفَاعِلُ، مفَعْوُلُنْ، فَعُولُنْ، مُستفْعِلانْ، مفَاعِلانْ، مُفْتَعِلانْ، فَعَلتَانْ.
مَفاعِيلُنْ (mafo’iylun)ushbuasliy ruknning yettita tarmoq ruknlari mavjud:
مفَاعِلُنْ، مفَاعِيلُ، مَفاعِيلْ، فَعُولُنْ، مَفْعُولُنْ، فاعِلُنْ، مَفْعُولُ.
Keyingi asliy rukn فاعِلاتُنْ (fo’ilatun)da o‘n bitta tarmoq rukn bor:
فَعِلاتُنْ، فاعِلاتُ، فَعِلاتُ، فاعِلانْ، فَعِلانْ، فاعِلُنْ، فَعِلُنْ، فَعْلُنْ مَفْعُولُنْ، فاعِلِيَّانْ، فَعِليَّانْ.
مُفاعَلَتُنْ (mufa’alatun) nomli asliy rukndan sakkizta tarmoq ruknlar yasaladi:
مَفاعِيلُنْ، مَفاعِلُنْ، مَفاعِيلُ، فَعُولُنْ، مَفْتَعِلُنْ، مَفْعُولُنْ، فاعِلُنْ، مَفْعُولُ.
Keyingi asliy ruknمُتَفاعِلُنْ(mutafa’ilun)ning o‘n beshta tarmoq rukni mavjud:
: مُسْتَفْعِلُنْ، مَفاعِلُنْ مُفْتَعِلُنْ، فَعِلاتُنْ، مَفْعُولُنْ، فَعِلُنْ، فَعْلُنْ، مُتَفاعِلانْ، مُستفْعِلانْ، مُفاعِلانْ، مُفْتَعِلانْ، مُتَفاعِلاتُنْ، مُستَفْعِلاتُنْ، مُفاعِلاتُنْ، مُفْتَعِلاتُنْ.
Va nihoyat oxirgi asl rukn qolipimiz مَفْعُولاتُ bo‘lib, o‘n bitta far’iy ruknlari mavjud:
: فَعُولاتُ، فاعِلاتُ، فَعِلاتُ، مَفْعُولانْ، فَعُولانْ، فاعِلانْ، مَفْعُولُنْ، فَعُولُنْ، فاعِلُنْ، فَعِلُنْ، فَعْلُنْ.
Asliy ruknlar (الأصول ) va tarmoq ruknlar (فروع) ning aruzda yana bir amaliy ahamiyati shundaki, she’rning vazni tayin etilganda unga kirgan hamma o‘lchov sxemalarining nomlari vaznning nomida qayd etiladi. Yuqorida aytilganidek, agar vazn o‘zgartirilmagan aslning takroridan hosil bo‘lsa, “solimul – arkon” vazn nomini oladi13.
Yuqorida biz Zamaxshariyning “Al-Qustos fi ilmi-l-aruz” asari bo‘yicha sakkizta asliy ruknlarning tarmoq ruknlarga ajralib chiqish usulini ko‘rib chiqdik. Ushbu tarmoqlarga bo‘lish usuli boshqa manbalarda keltirilgan ma’lumotlardan farqli o‘laroq ancha qulayroq va onsonroq bo‘lgani uchun ushbu asarga murojaat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |