Birinchisi , maqta’ tarkibida harakatlanganligi yoki sukunlanganligidan qat’iy nazar, ikkita harf ishtirok etgan bo‘lak sabab –سَبَبٌ(lug‘.m: arqon)dir.Sabab ikki turli bo‘ladi:
1. Yengil sabab (سَبَبٌ خفيفٌ) – bir qisqa harakatli va bir sukunli harflar birikmasidan iborat. Masalan, فَعُولُنْdagi- لُنْ “may – ى”, “nay – نى”, “gul – گل” kabilar.
2. Og‘ir sabab (سببٌ ثقيل ) – ikki qisqa harakatli harflar birikmasidan iborat. Masalan, مُفاعَلَتُنْdagiعَلَ .
Ikkinchisi, uch harfdan iborat vatad –وَتدٌ(lug‘.m: qoziq). Vatadni ham ikki turi mavjud:
1. Ajratilgan vatad (وَتدٌ مفروق ) – ikki harakatli harfni o‘rtasida keluvchi bir sukunli harflar majmuasi. Masalan, مَفْعُولاتُdagiلاتُ .
2. Yig‘ilgan vatad (وَتِدٌ مجموع)–ikki harakatli va bir sukunli harflar yig‘indisidan iborat. Masalan, فاعِلُنْdagiعِلُنْ.
Shuningdek, uch yoki to‘rt harakatli, oxiri harakatsiz harfdan tashkil topgan bo‘lak fosila(الفاصلةَ– lug‘.m: oraliq) lar ham ikki ko‘rinishda bo‘ladi:
1. Kichik fosila (الفاصلةَ الصُّغرَى) –bir og‘ir va bir yengil sababning yig‘indisidan iborat. Masalan, مُتفاعِلُنْdagiمُتَفا .
2. Katta fosila (الفاصلةَ الكبرى) – bir og‘ir sabab va bir yig‘ilgan vatadga teng. Masalan, فَعَلَتُنْ.
A. Navoiy quyidagi jumlani yuqorida aytilgan hamma juzvlarning ifodasi tariqasida keltiradi:
Ul ko‘zi qaro dardu g‘amidin chidamadim
sabab vatad fosila
ال كز قرا درد غمدن چدمدم
Ul – sabab hafif, ko‘zi – sabab saqiyl, qaro – vatad majmu’, dardu – vatad mafruq, g‘amidin – fosilai sug‘ro, chidamadim – fosilai kubro.
Navoiy fikricha, bu juzvlarning har biri yakka holda ishlatilganda vazn maydonga kelmaydi. She’rda vazn hosil qilish uchun, bu juzvlarni aralashtirib ishlatish kerak.
Mana shu uch xil bir-biriga o‘xshamas juzvlar (sabab, vatad, fosila)ning qo‘shilishidan aruzshunoslar she’rning vaznini o‘lchash uchun shunday o‘lchovlar hosil qilganki, ular va ularning turlanishidan chiqqan o‘lchovlar hamma vaznlarni hosil qilishga va she’rda qo‘llaniladigan vaznlarni tayinlashga imkon tug‘diradi.
Juzv harf va harakatdan tuziladi. Unli harf uchta ى و ا ular ochiq bo‘g‘inda (sokin) sukunli yoki uzun unli vazifasini o‘tagan. Biroq arab alifbosida eski o‘zbek yozuvida unli harfli ochiq bo‘g‘inlar doimo cho‘ziq bo‘g‘in o‘rniga o‘tavermagan. Ba’zan cho‘ziq va qisqa bo‘g‘inga ham o‘tavergan. Masalan: توزى – ikki harakatli hisoblanadi.
Shunday qilib, harflar soni doimo bo‘g‘inlar sonidan ko‘p bo‘ladi.
Demak, she’rlarni tahlil qilishimiz jarayonida bo‘g‘inlarga emas, harflarga e’tibor qaratishni unutmasligimiz kerak ekan, aks holda vaznni to‘g‘ri aniqlay olmaymiz.
Savollar:
Juzvlar deganda nimani tushunasiz?
Juzvlarning turlari.
Fosila qanday bo‘lak va uning turlari?
A.Navoiy juzvlarga qanday ta’rif bergan?
Do'stlaringiz bilan baham: |