O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


YURAK MUSKULINING, QO‘ZG‘ALUVCHANLIGI



Download 0,74 Mb.
bet25/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

YURAK MUSKULINING, QO‘ZG‘ALUVCHANLIGI


Nerv hujayralari, ko‘ndalang targ‘il muskullardagi kabi kardiomiotsitlarda ham xarakat potensiali membrana potensialini tez o‘zgarishidan boshlanadi. U tinchlik potensiali darajasidan (-90 mV) xarakat potensialinikiga (+30 mV) yetadi. Bu tez depolyarizatsiya bosqichi 1—2 ms ni tashkil qiladi (34- rasm).
Kardiomiotsitlar membranasining depolyarizatsiyasi sust natriy-kalsiy+ kanallarni faollaydi. Hujayra ichiga qaratilgan Sa oqimi xarakat potensialida plato (yassilik) rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Plato davomida natriy kanallari inaktivatsiyaga uchraydi va hujayra mutlod refrakterlikda bo‘ladi. Bu davr 270 ms davom etadi. Ayni vaqtda kaliy kanallari faollashadi va tashqariga qaratilgan K oqimi membranani tezda repolyarizatsiyalaydi. Kalsiy kanallarning berqilishi bu jarayonni tezlashtiradi.,
Membrananing repolyarizatsiyasi kaliy kanallarining sekin-asta yopilishi va natriy kanallarining qayta faollanishiga olib keladi. Miokard hujayralarining qo‘zg‘aluvchanligi tiklanadi. Bu nisbiy refrakterlik davri 30 ms davom etadi. Potensiallar oralig‘idagi davrda membrana potensiali deyarli bir doimiy miqdorda (-90 mV cha™ masida) saqlanib turadi. Ritm yetakchisi bo‘lmish sinoatrial tugun hujaralarida sodir bo‘ladigan elektr hodisalar boshqacha. Bu hujayralarning membrana potensiali taxminan 60 mV bo‘lib,o‘z-o‘zidan kamayadi va membrane depolyarizatsiyalanadi. Depolyarizatsiya kritik darajaga (-50mV)yetishi bilan xarakat potensiali vujudga keladi. O‘z -o‘zidan vujudga keladigan membrananing sust(sekin)diastolic depolyarizatsiyasi yurak avtomatiyasining asosidir.
34-rasm. Miokardning ishchi (a) va ati-Ritm yetakchisi dujay- pik (b) tolalarinyng xarakat potensi- ralarining xarakat potensiallari. Ritm yetakchi hujayralarining harakat potensialida ham farq bor. Birinchidan, potensial sekin ko‘tariladi. Ikkinchidan, platoga o‘tmay turib, sekin repolyarizatsiya rivojlanadi va u tez repolyarizatsiyalanish bosqichiga qo‘shilib ketadi. Natijada membrana potensiali yana taxminan —
60 mV ga qaytadi. O‘z -o‘zidan sust diastolik depolyarizatsiya boshlanib, keyingi xarakat potensiali yuzaga chiqadi. Bu hujayralar xarakat potensialida depolyarizatsiya bosqichning sekin rivojlanishi jarayonida tezkor natriy kanallari ishtirok etmasligiga
bog‘liq. Depolyarizatsiyani kalsiy kanallarining faollanishi taminlaydi, kation oqimi ularda nisbatan sust bo‘ladi.
Sust diastolik depolyarizatsiyaning rivojlanishi tezligini avtonom nerv tizimi na‘zorat qilib turadi. Simpatik nervlar mediatori bo‘lmish noradrenalin sust kalsiy kanallarni faollab, o‘z -o‘zidan depolyarizatsiyalanishni tezlashtiradi va qo‘zg‘alish (yurak urish) maromini oshiradi. Adashgan nervlar (asetilxolin) membrananing kaliy o‘tkazuvchanligini oshirib, sust diastolik depolyarizatsiyani sekinlashtiradi yoki butunlay to‘xtatadi. Shunda yurak urishi sekinlashadi, hatto to‘xtab qolishi mumkin.
Demak, kardiomiotsitlarning xarakat potensiali o‘rtacha 300 ms davom etadi. Ularning repolyarizatsiyalanishi uzoq davom etganiqan hujayra 270 ms davomida mutloq refrakterlikda bo‘ladi. Bu hol yurakni tezda qayta qo‘zg‘alishdan va tetanik ravishda qisxarishdan saqlaydi. Bundan tashqari, davomli mutloq refrakterlik qo‘zg‘alishni miokardda xalqa bo‘ylab xarakat qilishiga chek qo‘yadi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish