O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 0,74 Mb.
bet2/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

Nazorat savollari


1.Fiziologiya fanining ahamiyati. 2.Fiziologik tekshirish usullari.
3.Tajriba bilan kо‗zatish orasidagi farq nima. 4.Eksperimentning qanday turlari mavjud.
5.Fanga «Refleks» iborasini birinchi bо‗lib kiritdi kim tomonidan?

2-MAVZU: FIZIOLOGIYANING ASOSIY QONUNIYATLARI VA FIZIOLOGIK TUSHUNCHALARI


Режа:

  1. Fiziologiya fanining bо‗limlari.

  2. Fiziologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

  3. Fiziologiyaning tekshirish metodlari.

  4. Fiziologiya fanining rivojlanish tarixi.

Fiziologiya - tirik organizm va qismlarning funksiyasini o‗rganadi. Organizm - organik olamning mustaqil yashay oluvchi, o‗z - o‗zini boshqara oluvchi va tashqi muhitning turli o‗zgarishlariga turli bir butun sistema singari javob bera oluvchi birligidir. Organizm o‗z atrofidagi tashqi muhit bilan o‗zaro ta‘sir etib to‗rgandagina yashay oladi va shunday o‗zaro ta‘sir singari buning natijasida yangilanib turadi. Fiziologik funksiyalar - hayot faoliyatining moslanish uchun ahamiyatli belgilaridir. Organizm turli funksiyalarni o‗tay turib tashqi muhitga moslashadi yoki muhitni o‗z ehtiyojlariga moslashtiradi.
Modda va energiya almashinuvi tirik organizmning asosiy funksiyasidir. Bu jarayon organizmda va uning barcha strukturalarida beto‗xtov ro‗y berib turuvchi ximiyaviy va fizikaviy o‗zgarishlardan, moddalar o‗zgarishidan va energiya almashinuvidan iborat. Moddalar almashinuvi yoki metabolizm hayotning zarur shartidir. Tirik mavjudotlar olami anorganik olamdan moddalar almashinuvi bilan farq qiladi. Moddalar almashinuvining to‗xtashi natijasida organizm o‗ladi, protoplazma yemirilib ketadi, protoplazmaga xarakterli bo‗lgan ximiyaviy birikmalar, avvalo oqsil birikmalari parchalanib, hech avvalgi holiga qaytmaydi. Qolgan barcha fiziologik funksiyalar o‗sish, rivojlanish, ko‗payish, ovqatlanish va ovqat hazm qilish, nafas olish, sekretsiya va chiqindilarni chiqarish, harakat, tashqi muhitning o‗zgarishiga javoban ro‗y beruvchi reaksiyalar va shu kabilar moddalar almashinuviga bog‗liq.
Organizm moddiy va energetik sarflarini to‗ldiradigan ovqat olishi uchun tashqi muhit imkoniyat bergandagina va organizm o‗zi uchun zarur suvli yoki havoli muhitda yashab, ma‘lum temperatura barometrik asbob, yorug‗lik intensivligi va spektri va shu kabilar mavjud bo‗lgandagina uning (organizmning) funksiyalari normal ravishda ro‗yobga chiqishi mumkin.
Ichki muhit - qon, limfa va organizm hujayralarini yuvib turadigan to‗qima suyuqligidir.
Yuksak hayvonlar organizmida tashqi muhitning ko‗pchilik ta‘siriga qarshi turuvchi, hujayralarning yashash sharoitiga bir qadar doimiy bo‗lishini ta‘minlovchi moslanishlar vujudga kelgan. Organizm hujayralaridagi elektrolitlar va suv miqdorining‗ doimiyligi tufayli osmotik bosim bir qadar doimiy bo‗lgandagina hujayralar normal ishlay oladi. Osmotik bosimning o‗zgarishi organizm struktura va funksiyasini buzilishiga olib keladi. Organizm bir butun bo‗lgani uchun ortiqcha suv kirganda ham. ovqatdagi tuzlar miqdori ko‗p yoki kam bo‗lganida ham ma‘lum vaqt yashay oladi. Buning boisi shuki, gavdada ,suv va elektroditlarning, doim bir xil miqdorda turishiga yordam beruvchi moslamalar bor. Suv ortiqcha kirganda ortiqchasi chiqaruv organlari (buyraklar, ter bezlari, teri) orqali organizmdai
tez chiqib ketadi suv yetishmaganda esa gavdada ushlab qoladi. Hujayralar, ayniqsa, nerv hujayralari, qondagi qand miqdorining o‗zgarishiga juda sezgir bo‗ladi, qand esa muhim oziq modda bo‗lib xizmat qiladi. Madomiki shunday ekan, qondagi qand miqdorining doimiyligi hayot faoliyati protsesslari uchun katta ahamiyatga ega. Qondagi qand ko‗payib ketganda jigar va muskullarda undan polisaxarid glikogen sintezlanadi, bu modda hujayralarda to‗planadi, qondagi qand kamayganda esa, aksincha glikogen jigar va muskullarda parchalanib, o‗zum shakari hosil bo‗ladi, bu modda qonga o‗tadi. Ichki muhit ximiyaviy tarkibi va fizikaviy xossalarining doimiyligi yuksak hayvonlar organizmining muhim xususiyatlaridir. Bu doimiylikni ifodalash uchun U.Kennon keng tarqalgan gomeostaz iborasini taklif qilgan.
Gomeostazning saqlanib turishida turli organlar va ularning siyetemalari turlicha rol o‗ynaydi. Masalan, ovqat hazm qilish organlari oziq moddalarning organizm hujayralari foydalana oladigan shaklda qonga kirishini ta‘minlaydi. Qon aylanish sistemasi organlari qonni to‗xtovsiz xarakatlantirib va organizmda turli modadlarni tashib turadi, natijada oziq moddalar kislorod va organizmning o‗zida hosil bo‗luvchi turli ximiyaviy moddalar hujayralarga keladi, hujayralardan ajralib chiqadigan chiqindilar (karbonat angidrid gazi organizmdan chiqarib
yuboriladi). Gomeostazning saqlanishida nerv sistemasi juda muhim rol o‗ynaydi. Nerv sistemasi tashqi va ichki muhitning turli o‗zgarishiga xushyorlik bilan javob ko‗rsatib, organlar bilan sistemalar faoliyatini shunday boshqaradiki, organizmda ro‗y berayotgan va ro‗y berishi mumkin bo‗lgan o‗zgarish va bo‗zilishlarni oldi olinadi va to‗g‗rilanadi.
Kl.Bernar ta‘biri bilan aytganda, «Ichki muhit doimiyligi erkin va mustaqil hayot shartidir».
Modda almashinuv protsesslari turli moddalarnitsg tashqi muhitdan organizmga kirishi, o‗zlashtirilishi, o‗zgarish va hosil bo‗lgan ; tashlandilar (parchalanish mahsulotlari)ning chiqarilishidan iborat. Organizmda moddalar o‗zgaradigan shu protsesslarda ko‗pgina turli ximiyaviy, mexanik termik va elektr hodisalari ro‗y beradi, energiya beto‗xtov o‗zgaradi murakkab organik birikmalar parchalanganda ularning potensial energiyasi bo‗shab chiqib, issiqliq mexaniq elektr energiyasiga aylanadi. Issiqlik energiyasi va mexanik energiya asosan organizmda yuzaga chiqadi. Moddalar almashinuvi va energiya o‗zgarishi bir - biridan ajratib bo‗lmaydigan protsesslardir. Energiya almashinmasa modda o‗zgarmaydi, va moddalar almashinmasa, energiya almashinmaydi. Organizmda ro‗y beradigan energetik protsesslar natijasida ko‗proq issiqlik hosil bo‗ladi. Organizmdan bo‗shab chiqqan issiqlik energiyasini aniqlab, tashqi ish bajarishga ketadigan mexanik energiyani issiklik birligiga aylantirib, hisob organizmning kancha energiya sarflanganligini aniqlab va almashinuv protsesslari nechog‗lik intensiv ekanligini bilish mumkin. Organizmda modda va energiya almashinuviga materiya va energiyaning saklanish qonuniga muvofiq sodir bo‗ladi. Moddalar almashinuvi assimlyatsiya va dissimlyatsiya degan protsessning birligi. Organizmga tashqi muhitdan kirgan moddalarning hujayralar tomonidan o‗zlashtirilishi, oddiyroq ximiyaviy moddalardan murakkabroq ximiyaviy birikmalar hosil bo‗lishi,
organizmda tirik protoplazmaning sintez qilinishi majmu‘asini «assimilyatsiya» deb yuritishadi.
Organizm — bu yaxlit, barcha hujayralar, to‘qimalar, apzolar va apzolar tiziminixig tuzilishi va funksiyalari jihatidan o‘zaro bog‘langan. Har qanday hujayra, to‘qima, apzolar va apzolar tizimlari funksiyasi moddalar almashinuvining o‘zgarishi bilan o‘zgaradi va bu o‘zgarish o‘z navbatida boshqa hujayralar, to‘qimalar, apzolar va apzolar tizimida moddalar almashinuvi o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Shu sababli organizmdan ajratilgan hujayralar, to‘qimalar va apzolarning funksiyasi hamda moddalar almashinuvi, organizmda kechayotgan jarayonlardan farq qiladi. Shunday ekan, organizmning izolyasiya qilingan qismlaridan olingan ma‘lumotlarni - qonuniyatlarni bevosita butun organizmga o‘tkazish va so‘z yuritish mumkin emas. Masalan, butun organizmga xos bo‘lgan yangi organizmlarni hosil bo‘lishiga olib keluvchi ko‘payish, xulq-atvor va Fikrlash kabi funksiyalar izolyasiya qilingan qismlar uchun xos bo‘lmagan funksiyalardir.
Funksiyalar birligi va shakllari. Quyi va oliy darajada rivojlangan odam va hayvonlar organizmining hayotiyligi yoki tirikligi faqatgina unga tashqi muhitdan moddalar tushib turishi hisobiga ta‘min ctiladi. Bu moddalar yuqori darajada rivojlangan hayvonlar organizmiga nafas olish va ovqat hazm qilish apzolari orqali tushadi, ulardan qonga o‘tadi, so‘ngra ulardan foydalanuvchi apzolar va to‘qimalarga yetkaziladi.
Dissimilyatsiya hujayralar strukturasi, jumladan oqsil birikmalari tarkibiga kiradigan moddalarning parchalanishi, bo‗linishi, tirik materiyaning yemiriliish demakdir. Bunda parchalanish mahsulotlari organizmdan chiqib ketadi. Oqsillar eng murakkab ximiyaviy birikmalar bo‗lib, 20 turli aminokislotalarning turli kombinatsiyalaridan tarkib topgan polimerlardir. Oqsillar biosintezi nuklein kislotalarning bevosita ishtirokida ro‗y beradi. Nuklein kislotalar ayrim aminokislotalardan oqsil molekulasini yig‗adigan «karkas» vazifasini bajaruvchi qolip, andozaga o‗xshaydi. Organizm hujayralarida oqsillar o‗z-o‗zidan yangilanib turadi, ya‘ni hujayra oqsillari parchalanib va yangidan sintezlanib turadi. Turli hujayralarda faqat shular uchun spetsifik bo‗lgan ko‗pgina ximiyaviy o‗zgarishlar ro‗y beradi. Masalan, ba‘zi ximiyaviy birikmalar fakat muayyan hujayralarda yoki hujayra ichidagi strukturalarda hosil bo‗ladi. Ma‘lumki xlorid kislotani faqat me‘da bezlarining Qoplama hujayralari hosil qiladi va chiqaradi.
Tashqi muhitning organizm ichki xolatining xar qanday o‗zgarishi yetarlicha katta bo‗lsa, yetarlicha tez ro‗y bergan bo‗lsa va yetarlicha o‗zoq davom etsa, tirik hujayraning yoki butun organizmning ta‘sirlovchisi bo‗la oladi. Fizikaviy ta‘sirlovchilarga temperatura, mexanik (urish, igna sanchish, bosim, tezlanish...). Tarkibi va xossalari xar xil bo‗lib, hujayralar strukturasini va ulardagi modda almashinuvini o‗zgartiradigan ko‗pgina moddalar-ximiyaviy ta‘sirlovchilarga kiradi. Ba‘zi. hujayra va to‗qimalar ta‘sirotga tez javob ko‗zsatishga maxsus moslashgan. Bunday hujayra va to‗qimalar qo‗zg‗aluvchan deb ataladi, ularning ta‘sirotga ko‗zg‗alish bilan javob qaytarish xossasi esa qo‗zgaluvchanlik deb yuritiladi.
Qo‗zg‗alish fizikaviy, ximiyaviy, fizik-ximiyaviy protsesslar va funksional o‗zgarishlar yig‗indisida namoyon bo‗ladigan murakkab biologik reaksiyadir.
Qo‗zg‗alish paytida hujayra yuzasidagi membrananing elektr xolati albatta o‗zgaradi. Organizm funksiyalarini va reaksiyalarining o‗zaro boglanganligi organizm birligi va bir butunligi - funksiyalarini boshkaradigan va uyg‗unlashtiradigan ikki mexanizm borligidan kelib chiqadi. Bulardai biri - gumoral yoki ximiyaviy mexanizm filogenetik jixatdan EN1 qadimgi bo‗lib moddalar almashinuvi jarayonida xar xil birikmalar — parchalanish va sintezlanish maxsulotlari vujudga keladi. Ichki sekretsiya bezlari ruyobga chikaradigan gormonal regulyatsiya funksiyalari ximiyaviy jarayonlarning bir ko‗rinishidir. Nerv regulyatsiyasi hujayralar faoliyatining o‗zgarishida, ularning doimiy xolatda tutilishida va tinch xolatdagi modda almashinuviga nerv sistemasining ta‘sir etishi uning maxsus tropik funksiyasi borligini ifodalaydi deb qarashadi



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish