Turli muskul faoliyatida nafas xarakterining о‗zgarishi.
Jismoniy ish paytida nafas, Qon aylanish bilan birga nafas tufayli organizm о‗z exiyojlariga yarasha kislorod bilan ta‘minlanar va о‗zida hosil bо‗ladigan karbonat angidriddan xalos bular ekan, nafas intensivligi oksidlanish protsesslarining intensivligita boglik ekanligi tushunarli nafas xarakatlarining chukurligi va chastotali tinch xolatda kamayadi. ish vaktida esa oshadi, ish qancha jadal bо‗lsa, nafas xarakatlari ushancha kup kuchayadi. Masalan, jadal ish vaktida о‗pka ventilyatsiyasining xajmi minutiga 50 l gacha va xatto mashq kilgan kishilarda 100 l gacha yetadi. Ish vaktida nafas kuchayishi bilan bir vaktda yurak faoliyati ham kuchayib, yurakning minutlik xajmi oshadi. О‗pka ventilyatsiyasi va yurakning minutlik xajmi bajarilayetgan ish miqdoriga, hamda oksidlanish rokselarining kuchayishiga karab oshadi. Odam tinch tо‗rganda kislorod iste‘mol qilish minutiga 250-350 ml ga, ish iaqtida esa 4500-5000 ml ga yetishi mumkin. Ish vaqtida sistolik zxajm uch xissa (70 dan 200 ml gacha), yurakning qisqarishlar chastotasi 2 va xatto 3 baravar ortgani (minugiga 70 dan 150 gacha va xatto 200 martagacha ortgan).
Jismoniy ish vaktida kislorod iste‘mol kilish minutiga 100 ml ortganda qonning minutlik hajmi taxminan 800-1000 ml Kо‗payishi hisoblab topilgan. Ish vaktida eritrotsitlarning qon depolaridan chiqishi va terlash tufayli qondagi suv kamayishi, buning natijasida qonning quyuqlanishi va gemoglobin, konsentratsiyasining kо‗tarilishi, binobarin,kapillyarning kislorod sig‗imi ortishi uning kislorod tashishini oshiradi. Ish vaqtida organizmda kislorodning uti lizatsiya koefitsentp ancha ortadi. Katta doiradan о‗tib qonning xar bir litridan organizm hujayralari tinch holatda 60-80 ml, ish vaktida zsa 120 ml gacha kislorodni utilizatsiya qiladi (1l
qonning kislorod sig‗imi taxminan 200 ml kislorodga teng). Ishlayotgan muskullarda kislorod tarangligining ortishi va vodorod ionlari qon sentratsiyasining tarangligining kamayishi, qondagi karbonat angidrid kо‗payishi va okseigemoglobin kuproq dissotsiatsi-yalapishiga yordamberadi. Jismoniy ish vaqtida tо‗qimalarga kislorodniig kо‗proq о‗tishi ana shunga bog‗lik. Mashq qilib yurgan odamlarda kislorod utilizatsiyasi ayniqsa kо‗proq bо‗ladi. A.Krot buni yana shu bilan izohlaydiki, mashq kilgan odam ishlagan vaktida mashq kilmagan odamdagiga nisbatan kuproq kapillyar ochiladi. Jadal kuchaytiradigan signal bо‗lib koladi. Muskullar ishlaganda nafas. olishning jismoniy ish bajarilayotganda о‗pka ventilyatsiyasini va qoning minutlik xajmini oshiradigan sabablardan bir shuki, tо‗qimalarda sut kislotasi tо‗planib va qonga о‗tib turadi. Ayni vaqtda qondagi sut kislotasi muskullar tinch tо‗rgandagi 5-22 m2 % urniga 50- 100 va xatto 200 m2 % yetishi mumkin.
Sut kislotasi karbonat kislotani natriy va kaliy ionlari bilan bog‗lanishdan maxrum qiladi, shuning natijasida qondagi karbonat angidrid tarangligi oshib, nafas markazi bevosita va refleks yuli bilan qо‗zgaladi. Zur berib ishlayotgan hujayralarga kislorod yetishamay qoladi va sut kislotasining bir qismi parchalanishning oxirgi maxsulotlari bо‗lgan karbonat angidrid, hamda suvgacha oksidlana olmaydi, shuning uchun muskullar bilan ish bajarilayotganda sut kisltasi yig‗ilib qoladi. Bunday xolatni A.Xill kislorod qarzdorlik deb atagan, Muskullar bilan juda jadal ish bajarilayotganda, masalan, sportchilar goyat ogir musobaqalarda qatnashganda kislorod karzdorlik paydo bо‗ladi.
Muskullar ishlayotganda hosil bо‗lgan sut kislotaning oksidlanishi va undan glyukoza sintezlanishi tamom bо‗lgandan sо‗ng tiklanish davrida tugallanadi. Organizmda tuplangan sut kislotaning ortikcha miqdori yuqolishi uchun yetarlicha intensiv nafas olish uchun shu tiklanish davrida saklanib turadi. Muskullar ishlayotganda organizmda sut kislotasining tuplanishi nafas olish va qon aylanishining kuchayishiga birdan-bir sabab emas. M.N.Marshakning tekshirishlariga Karaganda, ergometrik velosipedda ishlayotgan odamning oyoqlarini jgut bilan boglab quyib, ishlayotgan muskuldan sut kislotasi va boshka maxsulotlar qonga utaolmaydigan kilib kuyilganda ham, muskul ishi nafasni kuchaytiradi. Bunda nafas refleks yuli bilan kuchayadi. Ishlayotgan muskullardagi proprioretseptorlarning ta‘sirlanishi nafas va qon aylanishini, har qanday kuchayishida shu reflektor komponent katnashadi. Muskullar bilan bajariladigan bir ish kup marta takrorlanganda muskul proprioretseptorlarining ta‘sirlanishi tufayli nafas olish shartsiz refleks yuli bilan о‗zgarishdan tashkari, shartli refleks yuli bilan ham kuchayadi va tezlashadi. Nafas olishning bunday moslanuvchi о‗zgarishlari odatdagi ishni bajarishdan oldingi signallar ta‘sirida paydo bо‗ladi va ishning bajarilishini osonlashtiradigan о‗zgarishlarni, ya‘ni tо‗qimalarning kislorod bilan ta‘minlanishini kuchaytiruvchi va sut kislotasining tо‗planishiga tо‗sqinlik kiluvchi reaksiyalar kompleksini vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |