7
ridan o‘zbek tiliga badiiy tarjimani amalga oshirish bilan bog‘liq dol-
zarb muammolar hamda bu borada erishilgan yutuqlar doirasida tala-
balarnning fikr almashuvini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
Anjumanda tinglangan yigirmadan ziyod ma’ruzaning bir qismi
og‘zaki tarjimaning murakkab turi bo‘lgan sinxron tarjima masalalariga
bag‘ishlandi. Shuningdek, ma’ruzalarda o‘zbek adabiyoti namunalarini
sharq tillariga va sharq xalqlari adabiyotidan tanlangan asarlarning o‘z-
bek tiliga tarjimalari ham tahlil qilindi. Bunda talabalarning tarjima na-
zariyasi va amaliyoti, tarjima tanqidiga qanchalik chuqur kirib borayot-
ganliklari yaqqol namoyon bo‘ldi. Tarjima asarlari tahlili va tanqidiga
asosiy e’tibor berilgan talaba tadqiqotlarida tarjimalarning chog‘ishtirib
o‘rganilganligi hamda ularning boshqa tillarga qilingan tarjimalari bi-
lan muqoyasa qilib tekshirish natijasida nazariy-lingvistik va badiiy-es-
tetik xulosalar chiqarilganligi talabalarda ilmiy tadqiqot ko‘nikmalari
shakllanganligidan dalolat berib turibdi.
Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, to‘plamdan
joy olgan maqola va il-
miy axborotlarning mavzulari bir-biridan farq qilishi, yosh tadqiqotchi-
larning tarjimashunoslikning turli masalalariga yondashishlari farqli-
ligi, ilmiy saviyaning turlichaligi, ayrim magistrant va talabalarning
fikrlari ilmiy jihatdan hali uncha pishib yetilmaganligi seziladi. Shunga
qaramay, barcha qilingan ishlar yagona maqsad – tarjima nazariyasi,
amaliyoti va tanqidini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi kishini
quvontiradi. Xususan, yosh, bo‘lajak tarjimon va tarjimashunoslarimiz-
dan 1-kurs magistrantlari P.Ko‘chimova (“Hindiy tilida “bachcha”
so‘zi yoxud “vachcha” qo‘shimchasining etimologiyasi xususida”),
D.Rahmonova (“Tarjimada adaptatsiya masalasi”), A.Qudratov (“Sin-
xron tarjima strategiyalari xususiida”), B.Allamurodov (“Turkiyada
sinxron tarjima maktabining tashkil etilishi va ilk sinxron tarjimonlar
haqida”), bakalavriat yo‘nalishi 4-kurs talabasi L.Oripova (“Lingvokul-
turema, realiya va lakunalarning o‘zaro farqli jihatlari”), 3-kurs talabasi
F.Rajabov (Said Ahmad hikoyalari turk tilida (“Mehribon” va “Qora-
ko‘z Majnun” hikoyalari misolida), shuningdek, yosh mutaxassis-
muallimlarimiz, ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan mustaqil izlanuvchi
va tayanch doktorantlarimizning yuqori saviyada yozilgan maqolalarini
alohida ta’kidlash kerak bo‘ladi.
Tarjimon nafaqat til bilimdoni, balki yetarli bilimga ega tilshunos,
adabiyotshunos va elshunos ham bo‘lishi kerak. Milliy adabiyotni o‘sha
xalqning madaniyati, assotsiativ tafakkurini chuqur bilmasdan, til
8
boyligini yaxshi egallamasdan turib ishga kirishgan tarjimon badiiy til
vositalarini ham to‘g‘ri tanlay olmasligi, tilning poetik jihatlarini
ham
his qila olmasligi, natijada tarjimaning yetarli darajada to‘g‘ri va ta’-
sirchan chiqmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Buning uchun yosh tar-
jimonlarga tarjima va talqin borasida sohaning yetuk mutaxassislari yor-
damida master-klasslar tashkil etish, tarjimaning nozik jihatlari, jum-
ladan, tarjimada milliy koloritning berilishi, so‘z tanlash mahorati, davr
ruhining til birliklari vositasida to‘g‘ri aks ettirilishi, nihoyat asar mual-
lifining g‘oya maqsadini aniq yetkaza berishga o‘rgatish uchun tajribali
sharqshunos tarjimonlar ishtirokida davra suhbatlarini ko‘proq o‘tkazish,
shuningdek, kafedrada tashkil etilgan “Yosh sharqshunos-tarjimonlar” va
“Bu qadimiy san’at” deb nomlangan ijodkor yoshlar to‘garaklari
ishtirokchilarining ilmiy ishlari jamlangan to‘plamni nashr etish kutilgan
natijalarni berishi, o‘zining an’analariga ega sharq tarjimashunosligining
taraqqiy etishida muhim ahamiyat kasb etadi.
“Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasida mehnat qi-
layotgan yosh mutaxassis-muallimlarimiz, “Qiyosiy adabiyotshunos-
lik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari ustida ish olib borayotgan mus-
taqil izlanuvchi va tayanch doktorantlarimizning ham ilmiy maqola-
lariga alohida rukn ostida o‘rin berilgan ushbu to‘plamdan joy olgan
materiallar “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” va “Sin-
xron tarjima” mutaxassisliklari magistrantlari hamda “Tarjima nazari-
yasi va amaliyoti”, ochilishi rejalashtirilgan “Gid hamrohlik va tarji-
monlik faoliyati” ta’lim yo‘nalishlarida amaliy yozma, badiiy tarjima
hamda og‘zaki tarjimaning sinxron va ketma-ket tarjima sirlari, tarjima
tarixi, nazariyasi, tarjima amaliyoti bilan bog‘liq fanlarni o‘rganayot-
gan barcha talabalar uchun foydali bo‘ladi, deya umid qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: