O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/105
Sana13.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#355336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
Yosh-tarjimashunos-V

Gyote
1
 
Taniqli  tarjimon,  olim  Sanjar  Siddiq  ta’kidlaganidek,  “Tarjima  – 
asarning  boshqa  tildagi  to‘liq  nusxasidir”.  Tarjima  adabiyoti  millliy 
adabiyot xazinasidan o‘z o‘rnini topib, yildan-yil boyib borayotgan bu-
gungi kunda olimning yuqoridagi so‘zlari qanchalik to‘g‘riligi takror-
takror o‘z tasdig‘ini topmoqda.  
Bugun tarjima vositasida butun jahon xalqlari bilan madaniy mulo-
qot o‘rnatilmoqda. Endi tinimsiz izlanishlar, chuqur nazariy, tanqidiy 
tadqiqotlar olib borilishi kerak. Muhimi, badiiy ijodning bu injiq sohasi 
vakillari,  ya’ni  tarjimashunos-tadqiqotchilar  qancha  ko‘paysa,  soha 
ham shunchalik taraqqiy etadi, original bilan bellasha oladigan tarjima 
asarlari bunyodga keladi.  
Darhaqiqat, tarjima  – azaldan til bilan  bir qatorda mavjud bo‘lib, 
adabiyot bilan uzviy bog‘liqlikda taraqqiy etgani bois bu sohalarni bir-
biridan alohida ajratish mumkin emas.  
Badiiy  tarjima  vositasida  dunyo  adabiyoti  namunalarining  xalqlar-
ning  madaniy  hayotiga  kirib  kelishi  bir xalqning  boshqa  xalq  ma’naviy 
hayoti, urf-odat, an’analari bilan yaqindan tanishishiga ko‘mak beradi.  
So‘nggi chorak asr mobaynida bu sohada erishilgan yutuqlarimiz-
ning asosiy sababi bu yil 29 yilligi nishonlanacak mamlakatimiz Mus-
taqilligidir.  Jahon  adabiyotidagi  eng  sara  asarlarning  o‘zbek  tiliga  va 
o‘zbek adabiyoti namunalarining dunyoning o‘ndan ortiq tiliga tarjima 
qilish jarayonining yangi pallasi aynan ana shu – 1991-2020 yillarni 
o‘z ichiga olgan davrga to‘g‘ri keladi.  
Tarjima asarlari milliy adabiyotimizning bebaho boyligiga aylan-
gan hozirgi davrda milliy adabiyotimizni asrash, ma’naviy qadriyatlarni 
e’zozlab, kelajak avlodlarga yetkazish, shuningdek, adabiyot orqali xal-
 
1
  Влахов С., Флорин С., Непереводимое в переводе. – Москва “Международное отно-
шение”, 1980, 344 с.  
 


 

qaro  aloqalarni  kuchaytirishga  alohida  e’tibor  berish  talab  etilmoqda. 
Millatning  badiiy  tafakkuri  oynasi  bo‘lmish  o‘zbek  adabiyoti  namu-
nalarini xorijiy tillarga tarjima qilish ishini keng miqyosda amalga oshi-
rishning  qanchalik  dolzarb  masalaga  aylanganligini  so‘nggi  yillarda 
davlatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar yana bir bor tasdiqlaydi. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentya-
brdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlan-
tirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda tar-
g‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qa-
rori hamda 2018 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 
faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
3652-son Qarori ijrosini ta’minlash, jahon adabiyotining sara namuna-
larini o‘zbek tiliga hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga 
tarjima qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi berish tizimining aniq mexa-
nizmi ishlab chiqilayotgani tarjimonlarimiz zimmasiga yuksak mas’u-
liyat  yuklaydi.  Jumladan,  ushbu  qarorda  “...katta  iste’dod  va  yuksak 
grajdanlik  pozitsiyasiga  ega  bo‘lgan  keksa  avlod  vakillarining  ijodiy 
salohiyati va mahoratidan yoshlarni keng bahramand etish; yosh iste’-
dod  sohiblarini  izlab  topish,  ularning  iqtidorini  ro‘yobga  chiqarish 
uchun chuqur o‘ylangan, zamonaviy ilm-fan 
yutuqlariga asoslangan in-
novatsion usullarni ishlab chiqish va joriy etish; dunyo adabiyotining eng 
yaxshi namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va chop etish, mumtoz va 
zamonaviy  adabiyotimizning  eng  sara  namunalarini  xorijiy  tillarga 
o‘girish va chet ellarda  targ‘ib etish tizimini yaratish... Badiiy asarlarni 
xorijiy  tillarga  tarjima  qilish  maqsadida  milliy  adabiyotimizning  eng 
yaxshi  namunalarini  aniqlash...  Badiiy  adabiyot  bo‘yicha  yosh 
tarjimonlarni  tayyorlash,  faoliyat  ko‘rsatayotgan  tarjimonlarning  pro-
fessional malakasi va mahoratini oshirishga doir chora-tadbirlarni ishlab 
chiqish  va  amalga  oshirish”  bilan  bog‘liq  dolzarb  vazifalar  alohida 
ta’kidlangan
2
. Bunday yuksak e’tibor mamlakatimizda badiiy tarjimaning 
umumdavlat ishiga aylanayotganidan dalolat beradi.  
Hukumatimiz  tomonidan  chiqarilgan  qaror  va  farmoyishlarda 
yoshlarning intellektual saviyasini o‘stirishga xizmat qiladigan, yuksak 
insoniy  fazilatlarni  ulug‘laydigan,  odob-axloqqa  chaqiradigan  jahon 
adabiyotining badiiy jihatdan yetuk namunalariga bo‘lgan talabni o‘r-
 
2
  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018  yil  5  apreldagi  “O‘zbekiston  Yozuvchilar 
uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridan. 


 

ganish; xalqimizning, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviyati yuksalishi, 
milliy tafakkuri rivojlanishi uchun ma’naviy muhit yaratish; yoshlarni 
xorij adabiyotining yorqin namunalari bilan yaqindan tanishtirib borish; 
jahon adabiyotidagi jarayonlarni xolis va haqqoniy tahlil qilish orqali 
o‘zbek adabiyotini yangi asarlar bilan boyitib borish; xalqlar o‘rtasida 
do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish vazifalari aniq bel-
gilab qo‘yilgan.  
TDShUning “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasi-
da talabalarni ilmiy tadqiqotlarga keng jalb qilish Davlatimiz tomoni-
dan bu sohada olib 
borilayotgan oqilona siyosatga javob sifatida baho-
lanmog‘i kerak. Shu maqsadda, xususan, jonajon 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish