220
4.
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlarga qarshi
kurash profilaktikasi.
Giyoxvandlik profilaktikasi. Narkomaniyaga qarshi kurashning eng ishonchli
yo‘li bu profilaktikadir. Maʻlumki, har qanday kasallikni davolashdan ko‘ra, uning
oldini olish osonroq. Giyoxvandlik o‘ta makkor kasallik, u nafaqat inson salomatligiga
putur
etkazadi, balki u bemor oilasini buzadi, uning jamiyatdagi
mavkeiga raxna soladi,
moddiy boyligini kemiradi, oxir oqibatda bunday bemor olamdan ko‘z yumadi.
Ushbu kasallikning o‘ziga xos “aloxida xususiyati” va “uni davolashning o‘ta
og‘irligi” giyoxvandlikning oldini olishning keng miqyosdagi kompleks chora-
tadbirlarini qoʻllashni talab etadi.
Giyoxvandlik profilaktikasiga oid kompleks tadbirlar mexanizmi quyidagicha
bo‘lishi ko‘zda tutilgan:
giyoxvandlik profilaktikasi asoslari bo‘yicha o‘quv muassasalari
o‘qituvchilari, mahallalar raxbarlari, uchastka vrachlari hamda militsionerlarni o‘qitish;
tayyorgarlikdan o‘tgan o‘qituvchilar yordamida o‘quv muassasalaridagi
turli Yoshdagi o‘quvchilar orasida giyoxvandlik profilaktikasi bo‘yicha dasturiy darslar
o‘tkazish;
har bir sinfdan 1-2 nafar g‘olib o‘kuvchilarni aniqlash va ulardan
ko‘ngillilar
trenerlar tayyorlash;
ko‘ngillilar o‘zining sinfida 10 nafar o‘quvchidan tuzilgan guruxlarda
darslar, treninglar olib boradi;
o‘quvchilar va o‘qituvchilar kuchi bilan davra suxbatlari, seminarlar, OITS
va giyoxvandlikka qarshi kurash bo‘yicha referatlar, rasmlar, badiiy xavaskorlik
tanlovlari o‘tkaziladi;
vrach-narkologlar, militsiya va prokuratura xodimlari ishtirokida xar oyda
o‘quv muassasalari va maxallalarda giyoxvandlikka qarshi kurash yo‘nalishida
seminarlar, uchrashuvlar o‘tkazish;
bolalar va o‘smirlar o‘rtasida giyoxvandlik profilaktikasi ishlari ko‘p
qirrali
bo‘lishi lozim. Bu ishda, giyoxvandlikning tarqalishiga qarshi taʻsir mexanizmini
yaratishda, jamiyatning barcha qatlamlari ishtirok etishi kerak, aniqrog‘i, giyoxvandlik
profilaktikasi multisektoral xarakterga ega bo‘lishi darkor.
Respublikamizda SPID kasalligini oldini olish va kurashish chora-tadbirlari
quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi lozim.
aholining barcha qatlamlari orasida SPID kasalligidan saqlanishning asosiy
yo‘llarini keng ko‘lamda targ‘ibot qilish va tushuntirish;
har bir kishi, ayniqsa, Yoshlar o‘zlari uchun sog‘lom turmush tarzini tashkil
qilishlari, hulqli, odobli va yuksak maʻnaviyat sohibi kabi oliy fazilatlarni o‘zlarida
mujassamlashtirishlari, salbiy illatlarga
yondoshmas-liklari;
davolash-profilaktika muassasalarida xizmat qiluvchi barcha vrachlar
VICH/SPID kasalligi bo‘yicha o‘z malakalarini muntazam ravishda oshirib borishlari va
amaliyotiga tadbiq qilishlari;
tibbiyot davolash-profilaktika muassasalarida xizmat qilayotgan barcha
tibbiy xodimlar SPID kasalligini oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni
saqlash vazirligi tomonidan chiqarilgan barcha buyruq va ko‘rsatmalarga to‘liq amal
qilishlari;
221
xalqimiz tomonidan aytilgan naql-sog‘lom tanda sog‘lom aqlning barq
urishi har bir Yoshning kelajak hayotining maroqli va baxtli bo‘lishi garovi ekanligini
unutmaslik;
orttirilgan immunitet tanqislik virusini paraenteral yo‘l bilan tarqalishini
oldini olish, qon va qon mahsulotlarini sog‘lom odamlarga quyishdan oldin albatta SPID
virusini
tekshirish;
donorlar qonini quyishni iloji boricha cheklash, ularni imkoniyati boricha
qon o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan almashtirish;
bemorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qon quyishni, xattoki hayotiy ko‘rsatma
bo‘lganda
ham qatiyan man qilish;
ayrim davlatlarda orttirilgan immunitet tanqislik virusini paraenteral yuqish
yo‘li ayniqsa giyohvandlar orasida ko‘pdir, chunki ular giyoxvand moddalarni badanga
yuborishda bitta umumiy shprits va ignadan foydalanadilar.
Giyoxvandlikni oldini olish va giyoxvandlik dardiga uchraganlar o‘rtasida
SPID kasalligi virusining tarqalishini oldini olish uchun maxsus tushuntirish ishlari, yaʻni
sterilllangan shaxsiy shprits, igna va boshqa asboblardan foydalanish, xavfsiz jinsiy
aloqa qilish yo‘llarini bilishlari ustida ish olib borish;
orttirilgan immunitet tanqisligi virusini yuqtirmaslik uchun odam ahloqan
va maʻnaviy pok bo‘lishi lozim. Oila sog‘lom bo‘lsa, er-xotin bir-biriga sodiq bo‘lsa, ana
shunda har bir odam o‘zini bu daxshatli kasallikdan himoya qila oladi.
Organizmni yuqumli kasalliklardan
himoya qilish
Organizmga kasallik tug'diruvchi mikroorganizmlarning kirish u yoki bu
kasallikni keltirib chiqaradi. Ba'zi odamlar ko'plab kasalliklarga beriluvchan, ba'zilari
beriluvchan bo'lmaydi. Masalan , qizilcha (skorlatika) 40-50% bolalardagi-na kuzatiladi.
Demak, odam organizmida kasalliklarga qarshi himoya omillari, mexanizmi mavjud, deb
xulosa chiqarish mumkin.
Nospesifik omillarga teri va shilliq qavat kirib, ular yot zarrachalarning organizm
ichak muhitiga o'tish yo'lidagi to'siq bo'lib xizmat qiladi. Bundan tashqari qon tarkibidagi
fagosit hujayralar ham kiritiladi, ular qondan tashqari limfa tugunlari, so'lak bezlar, suyak
iligida bo'ladi.
Ular umumiy himoya omillari bo'lib, u yoki bu kasallikni tug'diruvchi
mikroorganizmlarni aynan yo'qotish xususiyatiga ega bo'lmay, barchasigabir xil ta’sir
ko'rsatadi va mikroorganizmlar kam sonda bo'lganda samarali xizmat qiladi.
222
Infeksiyalarda asosiy vazifani spesifik ( maxsus) omillar bajarib, organizmda u
yoki bu kasallikka qarshi ishlab chiqarilgan tanachalar yordamida biror-bir kasallikni
to'ldiruvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashadi. Bunday xususiyat immunitet deb
ataladi. Immunitetda organizm yot zarrachalardan himoyalanish uchun kompleks
reaksiya hosil qiladi. Immunitetda biro-bir kasallikka qarshi himoya hosil qilinib,
ikkinchisiga ta’sir qilmaydi. Masalan, chechakka nisbatan hosil bo'lgan immunitet
qizilchaga ta’sir qilmaydi.
Organizmning immun jarayoni organizmga kirgan yot zarracha (bakteriya
moddalar)- antigen deyiladi, ular organizmga xos bo'lmay, turli himoya to'siqlarini
chetlab, yorib o'tib organizm ichki muhitiga kirib oladi.
Organizm ularga qarshi ko'rsatuvchi tanachalar- antitelalar ishlab chiqaradi.
Ba'zan o'z organizmdagi oqsillar ham antigen xususiyatga ega bo'lib qoldi. Bu
zararlangan molekulalarning organizmga xos bo'lmagan tizimida qayta transformasiyasi
natijasida bo'lishi mumkin. Bunday zarrchalar autoantigen,
Do'stlaringiz bilan baham: