O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

Birinchisiga
 binoan  go‗shtni  bo‗laklarga  bo‗lib  chiqqach,  pichoqni  chetlatish. 
 
Ikkinchisiga
 binoan  esa  bir  daqiqa  ham  pichoq  o‗ng  qo‗ldan,  sanchiqni  chap 
qo‗ldan bo‗shatmaslik lozim.   
Birinchi  qoidaga  amerikaliklar  amal  qiladilar.    Ovrupo  tushunchasida  bunday 
uslub  bashanglikdan  yiroqdir.    Ikkinchisini  tasdiqlagan  holda,  go‗shtni  sanchiqni 
go‗shtga qadagan holda pichoq bilan kesib, ushlash to‗g‗ridir. 
  Kesilgan  va  sanchiqqa  qadalgan  bo‗lak  go‗sht  ustiga  kartoshka  pyuresini 
qo‗shib,  tayyor  garnirni  og‗zimizga  olamiz.    Agar,  kartoshkadan  tashqari  yana 
no‗xot, yoki shunga o‗xshash boshqa «bezovtalovchi» narsalar bo‗lsa-chi? No‗xot 
go‗shtga  sanchilgan  sanchiqda  turmaydi,  shuning  uchun,  pichoqni  chetga  olib, 
avval sanchiqni o‗ng qo‗lga olgan holda no‗xotdan ozgina totib ko‗rib, so‗ng, yana 
sanchiqni chap qo‗lga olish istagi paydo bo‗ladi.  Nima qilish kerak? 
Birinchi  yo„li:
sanchiq  bilan  go‗shtni  ushlab  turib  uni  bo‗lagini  kesib  olamiz, 
keyin  sanchiqni  go‗shtga  qadalgan  tarafini  o‗girib,  no‗xotni  ilintirishga  harakat 
qilamiz  va  bu  vaqt  davomida  sanchiqni  chap  qo‗lda  tutgan  holda  og‗izga 
yo‗naltiramiz.  
Ikkinchi  usul:
 sanchiqni  uchlarini  yuqoriga  qaratgan  holda  kesilgan  go‗shtga 
no‗xotlarni  joylaymiz.    Go‗shtni  hammasini  eb  bo‗lgach,  sanchiqni  o‗ng  qo‗lga 
olib  no‗xotlarni  tugallashga  harakat  qilamiz  (e‘tibor  qiling:  no‗xotlarni  sanchib 


 
198 
emas,  balki  qoshiqqa  o‗xshab  olinadi).    Agar  kartoshka  butunligicha  tortilgan 
bo‗lsa uni ezib o‗tirish nojoiz.   
Go‗shtga  qo‗shimcha  tarzda  alohida  idishda  tortilgan  salat,  o‗z  idishidan 
galma-gal  asosiy  likopchadan  olingan  taom  bilan  birga  eyiladi.    YAshil  salat, 
imkon qadar kesilmaydi.  Agar barglari haddan tashqari katta bo‗lsa, sanchiq bilan 
kesib, unga o‗rab eyiladi.  
Spagetti,  yoki  o‗zun  makaronlar,  qovurma  lag‗monni  chiroyli  tarzda  eyish 
qiyin.  Bu italyan taomi bilan «chiqishish»ning uch yo‗li bor.  
Birinchisi: 
sanchiq  bilan  pichoqni  qo‗llashdan  tarkib  topgan.    Qoshiqni  chap 
qo‗lda  ushlaymiz.    Qoshiqning  uchini  kosaga  tushiramiz,  so‗ng  qoshiqni  tubiga 
qarab  sanchiqni  makaronga  o‗raymiz,  qoshiq  bilan  makaronni  qolgan  ulushini 
kesib olamiz.  
Ikkinchi  usul:
 kesish  uchun  mo‗ljallangan  sanchiqni  pichoqqa  o‗xshab 
ushlanadi.  Sanchiqni makaronlar girdobiga olib, undan katta bo‗lmagan miqdorda 
makaronni  olib  ko‗taramiz.    Keyin  yana  sanchiqni  pastga  tushirib  o‗sha 
makaronlarni aylantirib sanchiqqa o‗rab tezda og‗zimizga olamiz.  
Uchinchi  usulni
 qo‗llar  ekanmiz,  vertikal  tarzda  ushlab  turilgan  sanchiqni 
makaronga  qadab,  shu  vaziyatda  kerakli  darajadagi  ulushni  o‗rab  olamiz.   
Asosiy 
qoida:
 sanchiqqa ikki-uchtadan ortiq makaron olinmasligi darkor.  
SHirin  nonni  aynan  shu  uchun  mo‗ljallangan  sanchiqlar  bilan  eyish  yaxshi.  
Aks  holda,  qoshiqchadan  foydalangan  ma‘qul.    Quruq  shirin  pishiriqlarni  qo‗lda 
ham esa bo‗ladi.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish