O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

Qanday va nima eyish lozim?
 
Etiket  qoidalariga  binoan  stol  atrofida  o‗tirgan  odam  bilagi  bilangina  stolga 
tayanishi  mumkin.    Ayol  kishi  esa  bir  oz  vaqtgagina  tirsagini  qo‗yishi  mumkin.  
Non  ushoqlarini  dumaloq  qilib  olib  o‗ynash,  emak  jihozlarini  o‗ynash,  dasturxon 
uchini o‗rab o‗ynash, oyog‗ini o‗zatib o‗tirib olish mumkin emas.  
Lablarini  bo‗yaydigan  ayollar  og‗izlarini  sochiqqa  emas,  kog‗oz  salfetkaga 
artishlari  zarur.    Tanovul  paytida  tirsakni  dasturxonga  qo‗yib  olish  yoki  boshni 
kosaga  egish  yaxshi  emas.    Boshni  sal  egib,  shu  masofada  qoshiq  yoki  sanchiqni 
og‗izga olib kelinadi.   
Ovqatlanib  bo‗lgandan  so‗ng  pichoq  va  sanchiqni  parallel  ravishda, 
ushlagichlarni  o‗ngga  qaratib  kosaga  qo‗yiladi.    Agar  bu  jihozlarni  keyingi  taom 
uchun  ishlatish  niyatingiz  bo‗lsa,  ularni  stol  ustiga  qo‗ygan  ma‘qul.    Agar  siz 
pichoq va sanchiqdan foydalanayotgan bo‗lsangiz, unda ularni u quldan bu qo‗lga 
olavermasdan,  sanchiqni  chap  qo‗lda,  pichoqni  o‗ng  qo‗lda  tutish  lozim.  
Qandaydir ichimlik taklif qilingan vaqtda og‗izdagini yutib yuborib, so‗nggina uni 
ichish lozim.  Bundan oldin stakanda yog‗li izlar qoldirmaslik uchun avval sochiq 
bilan  og‗zingizni  artib  olsangiz  yaxshiroq  bo‗ladi.    SHishadan  faqat  o‗ziga  quyib 
olish xunuk ko‗rinadi.  SHisha yoki grafinni olganda, avval yon tarafda o‗tirganga 
taklif qilinadi.  
Laganda turgan taomning eng  yaxshi  bo‗laklarini olib eyish  nojoizdir.  Hadisi 
sharifda  ham: 
“Baraka  taomning  o„rtasidadir.    Bas,   taomning  o„rtasidan  emas, 
bir chetidan englar”
 deb keltirilgan.  
Mehmonda  suvli  ovqatga  non  botirib  eyishdan  cheklanamiz.    Etiket  bo‗yicha 
hech qachon idishni «yaltillatib» non bilan tozalab qo‗yish to‗g‗ri kelmaydi.  Lekin 
o‗zbek  odati  bo‗yicha  idishni  tozalab  qo‗yish  savob  sanaladi.  (Ba‘zi  viloyatlarda 


 
195 
idishni  ichiga  ozgina  choy  quyib,  aylantirib  ichib  yuborishadi  savob  uchun).  
Ammo buni dabdabali tarzda amalga oshirish o‗ta ketgan madaniyatsizliq   
Dasturxonga  sigaret  bilan  o‗tirib  bo‗lmaydi,  uy  sharoitidagi  qabullarda  esa 
taomlar  tortishning  o‗rtasida  chekib  bo‗lmaydi.    CHekishni  faqat  taomdan  so‗ng, 
qulay  paytda  o‗ziga  ravo  ko‗rishingiz  mumkin.    Hech  bo‗lmagan  taqdirda,  oxirgi 
taom  va  desert  o‗rtasida  –  bunday  paytda  odatda,  idishlarni  yangilab  olish  uchun 
qisqacha tanaffus bo‗ladi.  Ammo baribir to mezbonlar taklif qilmagunlariga qadar 
o‗zni tiygan ma‘qul.   
Stol  atrofida  to‗g‗ri  o‗tirgan  yaxshi,  ammo  oshirib  yubormang, 
«xodaga 
o„xshab»
 o‗tirish xunuk ko‗rinish kasb etadi.  Tirsakni, ayniqsa, agar qo‗lda emak 
jihozlari  bo‗lsa  stolga  qo‗ymagan  ma‘qul.    Tanovul  qilayotganda  bir  oz  egilib 
eyiladi, biron narsa ichilayotganda ham xuddi shu alfozda qaddini tutish lozim.   
SHo‗rva  ichilayotgan  qoshiqni  o‗ng  qo‗lda  ushlanadi  va  bir  oz  qiyshaytirilib 
ichiladi.    Ba‘zi  kosalarda  tarqatilgan  sho‗rvalar  disert  qoshiqda  tanovul  qilinadi.  
Ikkinchi taomlar pichoq va sanchiq yordamida eyiladi.  Emak jihozlari ushlagichni 
o‗rtasidan  emas,  uchidan  ushlagan  ma‘qul.    Pichoqni  faqat  taomni  kesish  uchun 
ishlatish lozim, ammo zinhor uni og‗izga olib borishni maslahat bermaymiz.  Ba‘zi 
kesish  shart  bo‗lmagan  taomlar,  masalan,  omlet,  qovurilgan  tuxum,  faqat 
sanchiqda  eyiladi.    Uni  o‗ng  qo‗lda  ushlab,  tanovul  qilish  vaqtida  chap  qo‗ldagi 
non bo‗lagi yordamchi tarzda qo‗llanadi.   
Ovqatlanib  bo‗lgandan  so‗ng  boshqa  emasligingizni  bildirish  maqsadida 
sanchiq hamda pichoqni kosaga bir-biriga parallel ravishda qo‗yiladi.  Agar siz hali 
tanovul  tugallamagan  bo‗lsangiz,  unda  sanchiq  va  pichoqni  chalishtirgan  holda, 
pichoqni o‗ngga, sanchiqni chapga qarab yo‗naltirgan holda qo‗ysangiz bo‗ladi.   
Dasturxon  atrofida  o‗tirganda  non  idishidan  olingan  nonni  kesmaymiz,  balki 
bo‗lakka  bo‗lib  eymiz.    YOg‗ni  pichoq  bilan  sanchiq  yordamida  bo‗lib,  bir  oz 
yog‗ga  surtilgan  non  bilan  eyiladi.    YOg‗ni  ozginagina  yog‗  idishdan  kosamizni 
chekkasiga olamiz.   
Non  bilan  nonushtada  nisbatan  erkinroq  bo‗lamiz.    Non  bo‗lagiga  sariyog‗ 
surtib, tishlab eyish mumkin.  YOg‗ surtilgan nonni pichoq bilan kesib eyilmaydi.  


 
196 
Nonushta  paytida  bir  burda  non  bo‗lagiga  kolbasa  yoki  pishloq  qo‗yib  ikkiga 
bo‗lib eyish uchun qulay qilish mumkin.  Bunday buterbrodni likopchada sanchiq 
va pichoqni qo‗llagan holda tanovul qilish mumkin. 
  Oilada buterbrodlarini emak jihozlarini qo‗llamasdan eyiladi.  Albatta u agar, 
kichik bo‗lsa.  Ba‘zida buterbrodning kattaligidan eyish ko‗p noqulaylik tug‗diradi.  
Uni  kosaga  qo‗yib  pichoq  va  sanchiqni  qo‗llashdan  boshqa  iloj  yo‗q.    Jihozlar 
bo‗lmagan taqdirda, salfetkalardan foydalanish mumkin.   
Quritilgan  yoki  qotgan  nonlarni  choyga  botirib  faqat  oila  davrasida  eyish 
mumkin.    Tortilgan  kolbasa  agar  tozalanmagan  bo‗lsa,  kosada,  sanchiq  hamda 
pichoq  bilan  tozalanadi.    Quruq  kolbasani  shundoq  eyilaveradi.    YUpqa  to‗nli 
sosiskani artmasdan eyish mumkin, ammo qalin bo‗lsa, albatta tozalagan ma‘qul.   
Qovurilgan tuxumni nima bilan berilganiga qarab sanchiq yoki qoshiqcha bilan 
eyish  mumkin.    SHo‗rvalar  bir  oz  bizni  qiynaydi:  kosani  o‗zi  tomonga  og‗dirish 
lozimmi,  yoki o‗zimiz kosaga engashimiz  kerakmi…  Kosani  hech  ham  o‗zimizga 
og‗dirmaymiz, kosada bir sho‗rvaning qoldig‗i shunday qolaveradi.  
 Oilaviy  sharoitda  kosani  sal  o‗zimizdan  og‗dirib  qolgan  sho‗rvani  ichib 
qo‗ysak  bo‗ladi.    Na  tanovul  mobaynida,  na  undan  keyin  sho‗rvaning  qoshig‗ini 
stolga qo‗yilmaydi, kosada qoladi.   
SHo‗rvadagi go‗sht – bir vaqtning o‗zida ham birinchi, ham ikkinchi taomdir.  
SHu  bois,  avval  sho‗rvani  qoshida  tanovul  qilib,  keyin  uning  go‗shtini  eyishda 
sanchiq hamda pichoqdan foydalanmiz.   
Sovuq  taom  sifatidami,  yoki  issiqmi  –  berilgan  baliq  go‗shtiga  pichoqni 
yo‗latmaymiz.    Undan  faqat  dudlangan  seledka  uchun  ishlatamiz.    Agar  baliqdan 
tayyorlangan taomga qo‗shib maxsus emak jihozlari – kurakcha va sanchiq berilsa, 
unda  kurakchani  o‗ng  qo‗lga,  sanchiqni  chap  qo‗lga  olamiz.    Sanchiq  yordamida 
go‗shtni  ushlab  tursaq  kurakcha  yordamida  qiltanoqlarni  tozalab  olamiz.    Agar 
sanchiq  ikkita  bo‗lsa,  unda  o‗ng  qo‗ldagisi  qiltanoqni  ajratish  uchun,  chapdagisi 
go‗shtni  eyish  uchun  foydalaniladi.    Bittagina  sanchiq  bo‗lgan  taqdirda,  uni  o‗ng 
qo‗lga olib, chapga  burda  non olib, uning  yordamida  baliq  go‗shtini  ushlab turib, 
sanchiq yordamida qiltanoqni ajratiladi va eyiladi.   


 
197 
Agar bizning likopga butun baliq tortilgan bo‗lsa, avvalida ustixondan filening 
yuqori  qismini  ajratib  olamiz,  so‗ng  umurtqadan  qiltanoqni  ajratib,  chekkaga  olib 
qo‗yamiz, keyin esa ikkinchi qismini tanovul qilishga o‗tamiz.  Og‗zimizga tushib 
qolgan qiltanoqni bildirmasdan til uchida sanchiqqa qo‗yamiz.   
Parrandani  sanchiq  hamda  pichoq  yordamida  eyiladi.    Bunda  suyakni  tozalab 
eyishni  ko‗rsatish  uchun,  sanchiq  bilan  pichoqni  o‗ynataverish  shart  emas.  
Suyakda bir oz go‗sht qolishidan siqilmaslikka harakat qilish lozim.  Uy sharoitida 
esa go‗shtni qo‗lga olish mumkin.  
Sabzavotlar  aralash  go‗sht  –  muammoli  taom.    Hozirgi  kunda  jahonda  bu 
taomni  tanovul  qilishda  bir-birini  rad  qiluvchi  ikki  tavsiyalar  mavjud. 
 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish