O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti


Hadyalar va ularni taqdim etish  etiketi



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

Hadyalar va ularni taqdim etish  etiketi
 
Biz  o‗z  xursandchiligimizni  boshqalar  bilan  baham  ko‗rishga  o‗rganib 
qolganmiz  va  go‗zal  urf-odatlarga  ergashgan  holda  bir-birimizga  sovg‗alar  hadya 
etamiz.    Ularning  sababi  hayit  bayramlari,  tug‗ilgan  kunlar,  8  Mart,  YAngi  yil, 
hovli  to‗yi,  to‗y  (nafaqat  yaqin  qarindoshlaringiz,  balki  tanishlaringizniki  ham 
bo‗lishi  mumkin) munosabati bilan hadyalar orqali bizga aziz odamlarga nisbatan 
bo‗lgan muhabbatimizni va e‘tiborimizni ta‘kidlaymiz.   
Gul, manzur shirinlik kabi arzimagan narsalar bilan ham insonni hursand qilish 
mumkin.    Hadya  qilish  istagini  yoshlikdan  tug‗dirish,  sovg‗a  bera  bilishga  va 
ziyofat  qilishga  bolalikdan  o‗rgatish  lozim.    Sovg‗alarni  tanlashda  e‘tiborlik 
bo‗lishimiz lozim.  Bu erda sizga kashf qilish qobiliyati va xayolot, izlanuvchanlik 
hamda  zehni  o‗tkirlik  kerak  bo‗ladi  –  bir  so‗z  bilan  aytganda  nimaga  qodir 
ekanligingizni ko‗rsatish imkoniyati paydo bo‗ladi.  Bu erda did, farosat, ijodkorlik 
va odoblilik talab qilinadi.  Sovg‗a izlashni oxirgi daqiqaqalarga tashlab qo‗yishni 
maslahat  bermaymiz.    SHoshilinchda  sifatsiz  yoki  keraksiz  narsani  olib  qo‗yish 
mumkin.  
Sovg‗ani  arzon-qimmatini  olish  har  kimning  imkoniyatiga  bog‗liq.    Haddan 
tashqari  sahiylik  qilishga  hammaning  ham  qurbi  etavermaganideq  imkoniyat 
bo‗lgan hollarda xasislik qilish ham bema‘ninik hisoblanadi.  Bu erda ham kishiga 
bo‗lgan himmat rol o‗ynaydi.  
Bayram  kunlari  uchun  oldindan  tayyorgarlik  ko‗rilishi  lozim:  sovg‗a 
beriladigan odamning didi, qiziqishlarini o‗rgangan ma‘qul.   


 
201 
Maxsus  holatlar  uchun:  gullar  (savatchada  yoki  qirqilgan),  sovg‗aga  monand 
maxsus  nashrli  kitoblar,  billur  idish,  osma  soat,  radiopriemniq  qimmati  baland 
konfetlar sovg‗a qilinadi.   
Gastronomik turdagi (oziq-ovqat bilan bog‗liq) sovg‗alar: tort, oliy navli choy, 
kofe, shokolad, uy murabbolari.   
Pardoz  anjomlari:  yaxshi  odekolon,  loson,  atir,  pudra,  pardo  idish,  ko‗z 
tepasiga surtiladigan bo‗yyoqlar to‗plami, nodir shampun.   
YOshi  katta  yaqinlarga  kiyim-kechak  sovg‗a  qilsa  ham  juda  o‗rinli  bo‗ladi.  
Masalan,  otangizga  do‗ppi,  onangizga  ro‗mol  yoki  chiroyli  kiyimlik  v.  b.    Bu 
sovg‗alarda  nihoyat  darajada  ehtiyot  bo‗lmoq  kerak    Bunda  agar  siz  bunday 
narsalarni  sovg‗a  qilmoqchi  bo‗lsangiz,  avvalo  uning  pardoz  anjomlariga 
allergiyasi bor-yo‗qligi hamda qay darajada uning bu sovg‗alardan foydalana olish-
olmasligini bilish lozim.   
Kiyimlar  va  aksessuarlar:  sharf,  qo‗lqoplar,  erkaklar  ko‗ylagi,  sumka, 
shippaklar, paypoqlar, ro‗mol, kiyimga taqiladigan bezakli tugmachalar, bijuteriya, 
manikyur to‗plami, kichik hamyon.   
Jonli  sovg‗alar:  mushuk  bolasi,  kuchuk  bolasi,  qushlar,  baliqlar  bo‗lajak 
egalarning roziligi bilan!  
Ro‗zg‗orbop  sovg‗alar:  dazmol,  termos,  choynaq  serviz,  sochiqlar  to‗plamiga 
ega  dasturxon.    Komandirovka  yoki  sayohatdan  qaytishda  qarindoshlar  va  yaqin 
do‗stlarga  suvenir  yoki  tabriknomalar  sovg‗a  qilinadi.    Sovg‗ani  siz  tashakkur 
bildirmoqchi  yoki  unga  bo‗lgan  e‘tiboringizni  ko‗rsatish  niyatida  qarindosh  yoki 
tanishmi, do‗st yo begonagami – kim uchun mo‗ljallanganligiga qarab tanlaysiz.  
 Sovg‗ani  g‗arazli  maqsaddi  qilishdan  tiyilish  darkor.    Hadya  qilishda 
o‗zingizni  sir  saqlamang  –  ular  sovg‗a  oluvchilarni  o‗zoq  gumonlarda  qolib 
ketishiga sabab bo‗ladi.   
Sovg‗aning qiymati, qoida bo‗yicha ahamiyat kasb etmaydi va u faqat sizning 
imkoniyatlaringiz  bilan  bog‗liq.    Bunda  faqat  qimmatbaho  sovg‗alarga  tegishli 
bo‗lgandagi  imkoniyatlar cheklanishi  mumkin:  ularni sizga shu qiymat darajasida 
qaytara  olishga  qurbi  etmaydiganlarga  va  bundan  o‗zini  noqulay  his  qiladigan 


 
202 
odamlarga bilib  turib sovg‗a qilmaslik  lozim.   Boshqa  tomondan esa o‗ta arzimas 
sovg‗a  orqali  siz  o‗zini  haddan  tashqari  tejamkor  qilib  ko‗rsatib  qo‗yish  ham 
mumkin.   
YUbiley,  hovli  to‗yi  va  to‗y  tantanalarida  jamoaviy  tarzda  qimmatbaho 
sovg‗alar  qilish  an‘anaviy  tusga  kirgan.    Bolalarni  hursand  qilish  oson  –  ular  har 
qanday kitob, konfet  va o‗yinchoqlarga  rozi  bo‗laveradilar.   O‗z  hadyangiz orqali 
siz  bolaning  qiziqishlarini  rivojlanishiga  yordam  berishingiz  mumkin:  tennis 
raketkasi yoki rolik bolani sportga nisbatan bo‗lgan qiziqishini paydo qiladi.   
Qanday  hajmdagi  sovg‗a  bo‗lsa  ham  uni  qog‗oz  qutiga  gulli  sovg‗a  o‗ramiga 
o‗rab berish bolalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.  CHunki bunday shakldagi 
sovg‗anigina  bolalar  sovg‗a  deb  tan  oladilar.    Bolalarga  pul  berishni  tavsiya 
etmaymiz.    Agar  bu  pullar  kerakli  narsa  uchun  sarf  qilinsa,  unda  istisno  bo‗lishi 
mumkin.  
YOr-do‗stlarga  sovg‗a  tanlash  qiyin  emas,  chunki  ularning  didi  va  istagi 
oldindan  ma‘lum.    Ularga  har  xil  narsalar  –  ro‗zg‗or  anjomlaridan  tortib,  pardoz-
andoz buyumlarigacha taqdim etish mumkin.  
Uylanishdan  oldin  hadya  qilinadigan  sovg‗alar  oddiy  iltifotlilik  belgisinigina 
bildiradigan bo‗lishi lozim.  
Er-xotinlar  turli  xil  sabablar  bilan  bir-biriga  tez-tez  sovg‗alar  qilishni  yoddan 
chiqarmaliklari  lozim.    Asosan  ular  bir-biri  bilan  foydali  sovg‗alar  bilan 
almashadilar,  ayniqsa  ularga  sovg‗a  tanlash  oson,  chunki  bir-birlariga  nima  zarur 
ekanini  hamda  nimadan  mamnun  bo‗lishlarini  yaxshi  biladilar.    Va  albatta 
guldastasiz buni tasavvur qilish qiyin.   
Universal  sovg‗alardan  biri  –  kitob.    Uni  istagan  odamga  va    har  qanday 
xursandchiliklarda  hadya  qilish  mumkin.    Imkoni  boricha  sovg‗abop,  chiroyli 
bezatilgan,  har  qanday  yangi,  yaqin  orada  nashrdan  chiqqan  kitoblarni  sovg‗a 
qilish mumkin.   
Ayol  kishini  erkak  kishiga  bo‗yinbog‗  sovg‗a  qilishiga  maslahat  bermaymiz.  
(Bunday  sovg‗a  yaqin  munosabatdagi  kishiga  beriladi  turmush  o‗rtoq,  aka–uka, 


 
203 
o‗g‗il).    Pardoz  ashyolarini  sovg‗a  qilish  niyatingiz  bo‗lsa  ayol  kishi  bilan 
maslahatlashish lozim.   
Erkaklarga shirinliklar – konfet, tort va boshqa  narsalarni kamdan-kam sovg‗a 
qilinadi.    Bu  odat,  shirinlikka  nisbatan  garchi,  hamma  erkaklar  ham  bee‘tibor 
bo‗lmasalar-da,  erkak  borasidagi  tasavvurlar  bilan  uyg‗un  bo‗lmagani  uchun 
bo‗lishi mumkin.   
Siz  izlayotgan sovg‗ani tanlashda egasining  yoshiga  ham e‘tibor berish  lozim.  
Bu  degani  yoshlar  va  yoshi  o‗tganlar  uchun  maxsus  narsalar  bor  degani  emas, 
ammo  yoshi  katta  odamga  yorqin  rangdagi  bo‗yinbog‗ni  sovg‗a  qilish  bilan  uni 
noqulay ahvolga solib qo‗ymaydigan va ayol kishiga qariyalar kiyadigan matodan 
hadya  qilib  uni  xafa  qilib  qo‗ymaslik  uchun  o‗zini  madaniyatini  ko‗rsata  bilishi 
kerak   
Pul  berishingiz  bu  sizni  ochiqchasiga  ishbilarmonligizdan  dalolat  beradi.  
Albatta  bunda  sovg‗a  foydali  bo‗lgani  bilan,  u  qiziqarlilik  xususiyatini  yo‗qotadi.  
Bunday  usullarni  kamdan-kam  va  faqat  yoshlarga  nisbatan  qo‗llagan  ma‘qul 
(masalan,  yosh  oilalarga  to‗yona  sifatida).    O‗rin-joy  (ko‗rpa  yostiq  uchun) 
mo‗ljallangan ashyolarni (choyshab va b. ) faqatgina eng yaqin oila a‘zolariga yoki 
to‗yda sovg‗a qilish mumkin.   
YUmoristik  tabiatdagi  sovg‗alarga  kelganda  ehtiyotkor  va  farosatli  bo‗lish 
muhim.    Sovg‗alarning  ba‘zi  turlari  milliy  belgilarga  egaligini  yoddan 
chiqarmaslik  joiz:  Ovro‗poda  dastro‗mollar  janjal  va  ko‗z  yosh  timsoli, 
o‗zbeklarda yangi kelin sovg‗a qilgan dastro‗mollar tabarruklik kasb etadi. 
To‗ylarda g‗arbda o‗tkir tig‗li va kesuvchi narsalar sovg‗a qilinmaydi, bizda bu 
boylik  ramzi  hisoblanadi.    Sovg‗ani  berishda  ham  go‗zallik  qoidalariga  e‘tibor 
bilan qarab, uni  yaltiroq qog‗ozga chiroyli gulli tasmalar bilan o‗rab hadya qilgan 
ma‘qul.   
Sovg‗adagi chek yoki qiymat narxini olib tashlashni unutmaslik muhim.  CHek 
faqatgina  kafolatlangan  muddat  bilan  o‗tkazilgan  narsani  sovg‗a  sifatida  hadya 
qilganida saqlanishi mumkin.  


 
204 
Sovg‗ani  qanday  tarzda  berish  ham  oson  masalalardan  emas.    Sovg‗ani  qay 
tarzda  taqdim  etishingiz  uni  qabul  qilish  doirasiga  ta‘sir  ko‗rsatadi.    SHaxsan 
o‗zingiz  yoki  boshqalar  tomonidanmi  taqdim  etilishi    –  uni  qanday  etkazishingiz 
ham  ahamiyatga  moliq    Sovg‗ani  o‗z  vaqtida  etikazilishini  ta‘minlashga  harakat 
qilish  muhim.    Sovg‗ani  biron  bir  joyga  olib  qo‗ymasdan,  kiyimingizni  echgan 
zahoti egasiga topshirish kerak  Bir og‗iz iliq so‗z bunda katta ahamiyat kasb etadi.  
Nafaqat  sovg‗a  qilishni,  balki  uni  olishni  ham  bilish  kerak    Odobli  inson 
sovg‗aga  darhol  tashakkur  bildirib,  uni  hadya  qiluvchini  oldida  ochib, 
minnatdorchilik  bildiradi.    Olingan  sovg‗ani  e‘tiborsizlik  bilan  olib  qo‗yish  o‗ta 
madaniyatsizlikdir.    Sovg‗a  sizga  yoqmagan  taqdirda  uning  aybini  hatto  ishora 
yoki kinoya bilan ham bildirmaslik shartdir.   
Har  qanday  sovg‗ani  jilmayib  olish  lozim.    Agar  ayol  kishiga  gul  sovg‗a 
qilinsa, uni darhol guldonga qo‗ygani  ma‘qul, gulni olib shunchaki qo‗yib qo‗yish 
e‘tiborsizlikni bildiradi.   
Minnatdorchilikni  shunday  tarzda  ifodalash  kerakki,  siz  xursand  bo‗lgan 
sovg‗adan,  unchalik  qiymatga  ega  bo‗lmagan  sovg‗alarni  hadya  qilganlar  yoki 
umuman  taqdim  qilmaganlar  o‗zlarini  noqulay  his  qilmasinlar.    Agar  tort  yoki 
konfet olib kelishsa, o‗tirganlarni mehmon qilish yoddan chiqmasin. 
Agar  ma‘lum  bir  sabab  bilan  sovg‗ani  olishni  nomaqbul  ish  deb  bilsangiz, 
undan  ishonchli  tarzda  voz  keching,  lekin  buni  odob  doirasida  bajarish  kerak  
Ikqilanib turib, so‗ng sovg‗ani olish noto‗g‗ri bo‗lar edi. 
Agar  kimdandir  qarz  bo‗lib  qolishni  istamaganingiz  uchun  hadyalar  olishni 
qat‘iyan  rad qilsangiz,  uni asosli  tarzda sertakalluflik  va odoblilik bilan  bildiring.  
Ammo  bunda  sovg‗ani  qo‗ldan  qaytarish  baribir  noo‗rinligini  nazarda  tutish  joiz.  
(Agar bu kasbiy odob bilan bog‗liq bo‗lmasa).  
 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish