Ildizmevalar
.
Ildizmevalarga sabzi, lavlagi, bryukva (sholg„omsimon
sabzavot), sholg„om, turp, rediska, petrushka, pasternak, selderey va xrenlar
kiradi. Ularning yo„g„onlashgan poyali ildiz qismi eyiladi. Unda o„simlik o„ziga
ozuqa moddalari: anchagina qand, oqsil, mineral moddalar, kislota, A, V, S
vitaminlari, efir moyi va boshqalarni to„playdi.
Sabzi
deyarli hamma joyda tarqalgan. U juda to„yimli, unda taxminan 5 -
8% qand, mineral moddalar, kislotalar, B
1
, B
2
, S vitaminlari va ayniqsa, karotin
ko„p. U tabiiyligicha iste‟mol qilinadi va sabzavot konservalari, sabzi suvi
tayyorlashda va har xil issiq ovqatlarga ishlatiladi va quritiladi ham. Sabzining
shakli yumaloq, tsilindrsimon, konussimon va dugsimon, rangiga ko„ra och
sariq, sarg„ish-qo„ng„ir va qo„ng„ir (qo„ng„ir rangli ildizmevalar eng yaxshi
hisoblanadi, chunki unda karotin ko„p); sabzining sirti silliq va g„adir-budur,
o„zagining katta-kichikligiga ko„ra kichik, o„rta va katta o„zakli bo„ladi (kichik
o„zakli nav yaxshi hisoblanadi; katta o„zakli sabzi to„qimalari dag„alroq, suv va
qandi kam bo„ladi), sabzining eng yaxshi navlari: “Karotel”, “Geranda” va
boshqalardir.
Sara sabzi quruq, so„limagan, kasallanmagan, butun, yorilmagan toza,
hasharot tegmagan, shakli va o„lchami bir xil, kamida 2
sm
uzunlikdagi poyali
bo„lishi lozim; sabzining ko„ndalang kesimi diametri 2,5-6,0
sm
keladigan
bo„lishi kerak. Ildizmevalarning standartda belgilangan o„lchamdan tashqari,
yorilgan, qirqilgan, qing„ir-qiyshiq shaklli, noto„g„ri qirqilgan poyali sabzilarni
ishlatishga yo„l qo„yiladi, biroq bunday kamchilikli sabzi bir partiyada 5% dan
98
oshmasligi lozim. Chirigan, dimiqqan, yaxlagan, begona ta‟m va hidli ildiz
mevalarni ishlatishga yo„l qo„yilmaydi.
Lavlagining
uch turi: ovqatbop, qand lavlagi va xashaki lavlagilar
ekiladi. Ovqatbop lavlagi karam sho„rvaga solinadi va o„zidan lavlagi sho„rva
qilinadi, sous, salat tayyorlanadi, konserva sanoatida ishlatiladi va quritiladi.
Lavlagida o„rta hisobda 6% qand bor. Lavlagining shakli yapaloq, yumaloq,
yumaloq yassi, ovalsimon, konussimon va tsilindrsimon, rangiga ko„ra to„q
qizil, qizil, pushti qizil, xalqasimonligi jihatidan oq xalqali va xalqasiz (xalqasiz
navlar eng yaxshi hisoblanadi, ular sersuv mayin etli) bo„ladi; sirtining xarakteri
jihatidan silliq, g„adir-budur, to„r-to„r, notekis (silliq navi yaxshi hisoblanadi).
Pishish muddatiga ko„ra lavlagi ertapishar, o„rtapishar va kechpishar navlarga
bo„linadi. Lavlagi, ayniqsa kechpishar navlari, yaxshi saqlanadi. Ovqatbop
lavlagining yaxshi navlari “Bordo”, “Misr lavlagi” va “Erfurt lavlagi” navlaridir.
Savdoga
tushadigan
ovqatbop
lavlagi
yangi
kavlangan,
toza,
ifloslanmagan, shakli benuqson, yorilmagan, zaxa emagan va kasallanmagan,
bargi ko„pi bilan 2
sm
uzunlikda qirqilgan, turli tusdagi to„q qizil rangli, sersuv,
etli bo„lishi lozim. Ensiz oq xalqali lavlagi ham savdoga chiqariladi.
Ildizmevaning eng uzun ko„ndalang diametri kamida 5
sm
va ko„pi bilan 14
sm
bo„lishi lozim. Ildizmevaning sal edirilgan, katta-kichikligida bir oz farq
bo„lishi, bitib ketgan yorig„i bo„lishi, boshi noto„g„ri kesilgan, sal so„ligan
bo„lishi ham mumkin, ammo bunday g„ubori bor lavlagi og„irligiga nisbatan 5%
dan oshmasligi lozim. Loy yopishgan ildizmeva esa 2% dan oshmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |