4 . 2 . Ya ng i s a bza vo tla r, ula rning a s s o rtime nti
va s ifa tig a qo ‗yila dig a n ta la bla r
Sabzavotchilik qishloq xo„jaligining eng muhim tarmoqlaridan biridir.
Savbazavot maydonlari yildan-yilga kengayib, sabzavot ekinlarining hosildorligi
ortmoqda, kartoshka va sabzavotlarning yalpi hosili ko„payib bormoqda.
Iste‟mol mahsuloti sifatida sabzavotning roli juda muhimdir. Sabzavotlar
tarkibida uglevod, mineral moddalar, organik kislotalar, vitamin, glyukozid,
fitontsid
8
, xushbo„y va rang beruvchi moddalar bo„ladi. Barcha sabzavotlar
ovqatga o„simlikning qaysi qismi ishlatilishi va boshqa belgilariga qarab,
quyidagi
guruhlarga
bo„linadi:
tuganaklilar, karamsimon sabzavotlar,
ildizmevalar, qovoq, tomat, piyoz, bargi eyiladigan ziravor, desert, dukkakli va
donli ekinlar.
Tuganaklilar
. Tuganaklilarga kartoshka, batat, topinambur kiradi.
Kartoshka barcha sabzavotlar ichida eng muhim qishloq xo„jaligi ahamiyatiga
egadir. U faqat keng iste‟mol qilinadigan oziq mahsulotigina emas, undan
kraxmal, patoka, dekstrin, glyukoza va spirt olinadi. Bu mahsulotlar, o„z
navbatida, sanoatning turli tarmoqlarida xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Kartoshka tuganaklari kartoshka o„simligi er osti poyasining yo„g„onlashgan
go„shtdor qismi bo„lib, unda to„yimli moddalar: kraxmal (14 dan 24% gacha),
oqsil (2% atrofida), qand (1-1,5%), mineral moddalar, S, B
1
, V
2
vitaminlari
yig„iladi.
Kartoshkaning ko„plab xo„jalik-botanik navlari mavjud. Ular bir-biridan
shakli, yirik-maydaligi, po„stining rangi, etining tuzilishi, pishish vaqti,
xo„jalikda nima maqsadda ishlatilishi, kasalga chidamli-chidamsizligi, asralishi,
hosildorligi, kuzli-kuzsizligi va boshqa ba‟zi belgilar bilan farq qiladi.
Kartoshka shakliga qarab, yumaloq, ovalsimon, cho„ziqroq bochkasimon
8
Fitontsid
bakteritsidlik xususiyatlariga, ya‟ni mikroorganizmlarni halo k qilish yoki rivojlanishini susaytirish
qobiliyatiga ega bo‟lgan maxsus modda.
95
bo„ladi; po„stining rangiga ko„ra sariq, qizil, oq, binafsha rang; tuganagi
sirtining xarakteri jihatidan silliq, to„rsimon, po„sti ko„chadigan xillari bo„ladi.
Zavodbop nav kartoshka kraxmal va spirt ishlab chiqarishga
mo„ljallanganlarda 18-24% kraxmal va ozroq oqsil bo„ladi. Yaxshi asralishi va
kasalga chidamliligi bilan boshqa navlardan farq qiladi. Voltman, Svitez va
boshqa navlari keng tarqalgan. Xashaki nav kartoshka serhosilligi, oqsili
ko„pligi, nisbatan yaxshi saqlanishi bilan boshqa navlardan farq qiladi. Kryuger,
Vsegda xoroshiy navlari etishtiriladi. Universal nav kartoshkada kraxmal ko„p, u
yaxshi ta‟mlilik xususiyatiga ega, shu tufayli bu kartoshka ovqatga ham, qayta
ishlash uchun ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |