Yong‘oq mevalar.
Yong„oq mevalar guruhiga yong„oq, o„rmon va kedr
yong„oqlari, funduk, bodom, pista, er yong„oq va kashtan kiradi. Mevalardan
farqli o„laroq, yong„oqning po„chog„i qalin, oqsil (10-25%) va yog„ (30-70%)
ko„p bo„ladi. yong„oq mag„zi shirin va o„ta to„yimlidir. yong„oq
O„rta Osiyo,
Kavkaz, Qrim va Moldaviyada o„sadi. 1
kg
yong„oqning kaloriyaliligi 8500
kkal
Uning mag„zi bevosita ovqatga ishlatiladi, konfetlarning ustiga sepiladi,
shuningdek, xolva, karamel nachinkasi va turli sharq shirinliklari tayyorlashda
ham ishlatiladi. Xom yong„oqdan (po„chog„i hosil bo„lmasdan) murabbo
qaynatiladi.
Yong„oq sentyabr - oqtyabr oylarida pishadi. Bu davrda uning tashqi
qobig„i tusha boshlaydi. yong„oqning shakli, po„chog„ining
kattaligi va qalinligi
faqat o„simlikning turiga emas, balki ob-havo sharoitiga ham bog„liq. Masalan,
qurg„oqchilik yillarida yong„oq, odatda, mayda bo„ladi. yong„oq mevasi yirik,
o„rta yoki mayda, qalin yoki yupqa puchoqli bo„ladi. Yirik va po„chog„i yupqa
yong„oq eng yaxshi hisoblanadi, chunki uning mag„zi barakali bo„ladi. yong„oq
mag„zi oqish-sariq, jigar rang yoki qoramtir po„st bilan qoplangan bo„ladi. Po„sti
oqish yong„oq yaxshi sanaladi.
Yong„oq
sifatiga ko„ra, oliy, 1-va 2-navlarga bo„linadi, navlar quyidagi
ko„rsatkichlarga: tashqi ko„rinishi, po„chog„ining rangi va tuzilishi; mag„zining
rangi, ta‟mi va hidi; yong„oqning katta-kichikligi, quruq po„choqli va dog„li
qobiqli yong„oqlarning bor-yo„qligi, taxir, hasharotlar tekkan-tegmagani va
puch yong„oqlar bor-yo„qligi, begona aralashmalar qanchalik qo„shilganligiga
qarab belgilanadi.
Funduk
o„rmon yong„og„ining madaniy shaklidir. U Ozarbayjon,
Gruziya, Qrim va Krasnodar o„lkasida ko„p o„stiriladi. Bu yong„oq o„rmon
yong„og„iga qaraganda yirikroq, puchog„i xiyla yupqa, deyarli mag„zi bilan
91
to„da bo„ladi. Fundukning mag„zi yuqori kaloriyalidir. Qandolat sanoatida va
tabiiyligicha ishlatiladi. Sifatiga ko„ra funduk oliy, 1-va 2-navlarga bo„linadi.
Krimskiy funduk yoki Trapezund, Badem, Kerasund, Kudryavchik va
Abxazskiy nav funduklar keng tarqalgan.
Bodom
O„rta Osiyo, Zakavkaze, Qrimda o„sadi. U ikki xil: shirin va
achchiq bo„ladi; shirin xili bevosita oziq-ovqatga va bodomli pechene, tort,
pirojniy tayyorlash va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Bodom cho„ziqroq yoki
yalpoq shaklli, yirik va mayda, yupqa po„choqli va qalin po„choqli bo„ ladi.
Uning mag„zi oq, ta‟mi yoqimli, salgina xushbo„ydir. Bodom savdoga po„chog„i
bilan va po„chog„i tozalangan holda chiqariladi. Sifatiga ko„ra bodom 1-va 2-
navlarga bo„linadi. Achchiq bodom ovqatga ishlatilmaydi, chunki unda
zaharlovchi modda - omigdamin bor. Undan attorlik va ximiya sanoatida
foydalaniladi.
Pista
yovvoyi holda O„rta Osiyo respublikalari, Zakavkaze, Qrim va
Moldaviyada o„sadi. Ozarbayjonda ham bir oz o„stirilmoqda. Pistaning qattiq,
ikki pallali po„chog„i bo„lib, ichiga yashil-binafsha rang shirin ta‟mli mag„zi
joylashgan. Yaxshi pishgan pistaning po„chog„i zehidan yorilib, mag„zining bir
uchi ochiladi. Pishgan-u ochilmagan xillari ham bo„ladi, bu xili sifatli
hisoblanmaydi, chunki uning mag„zini ajratish qiyin. Pista mag„zi qandolat
sanoati va kolbasa ishlab chiqarishda ko„p ishlatiladi. Sara pista yirik, toza,
hasharot tegmagan sal achchiq po„choqli bo„ladi.
Araxis
(er yong„oq) O„rta Osiyo respublikalari, Zakavkaze, Ukraina,
Uzoq sharqda o„stiriladi. yong„oq
tuproq ostida pishib etiladi, keyin kavlab
olinadi, yuviladi va quritiladi. Er yong„oq mevasi burchoq (dukkak) dan iborat
bo„lib, bir yoki bir necha bog„lamli, bittadan to„rttagacha urug„i bo„ladi.
Mevaning qobig„i mo„rt, sariq rangli, sirti to„rsimon, doni oson ajraladigan
jigarrang qobiq bilan qoplangan bo„ladi. Er yong„oqda 27-28% azot, 44-45%
yog„ va boshqa qimmatli moddalar bor. Qovrilgan er yong„oq iste‟mol qilinadi,
92
shuningdek, yog„, xolva va ba‟zi bir qandolat mahsulotlari (tort, pirojniy)
tayyorlashda foydalaniladi. Er yong„oq navlarga ajratilmaydi.
Kedr yong‗og‗i -
kedr bujurining urug„i (yong„oqchasi)dir. Sibir, Uzoq
sharq va Uralda ko„plab tayyorlanadi. Mag„zida yog„ ko„p (62-63%), oqsil ham
(16-18%), u xomligicha, ovqat yog„i va texnika moyi hamda o„simlik suti ishlab
chiqarishda ishlatiladi.
Mevalar quruq, toza va hidsiz yashik, g„alvir va savatlarga joylanadi.
Uzoq saqlashga mo„ljallangan mevalar pomologik va tovarlik navlari hamda
yirik-maydaligi va pishib etilish darajasiga qarab, navlarga ajratilgan bo„lishi
lozim. Olma solinadigan yashikning sig„imi18-30
kg,
nokniki 8-15
kg,
g„alvirning sig„imi
10
kg
bo„ladi. Har turli idishga pomologik va tovarlik navi
bir xil va bir o„lchamdagi mevalar diagonal bo„yicha qatorlab, shaxmat tartibida
yoki to„kib solinadi. Olma va nokning yaxshi navlari ko„pincha yupqa qog„ozga
o„raladi, qolgan navlar uchun kogoz
to„shaladi, osti va ustiga yupqa qatlam qilib,
yog„och qirindisi yoki boshqa shu kabi material solinadi. Olcha va gilos 6
kg
lik
g„alvir yoki savatlarga joylanadi. /alvir juft-juft qilib bog„lanadi. shaftoli sig„imi
12
kg
va o„rik sig„imi
8
kg
gacha bo„lgan yog„och yashiklar va 6
kg
lik g„alvirga
solinadi; yirik o„rik yashik yoki g„alvirga qator qilib teriladi.
Saqlanish
davomida mevalarda pishib etilish, o„ziga havo singdirish va
bug„lanish jarayonlari yuz beradi. Bu jarayon qanchalik tez o„tsa, meva
shunchalik tez buziladi. Bu jarayonlar, ularning intensivligini susaytirish,
mikroorganizmlarning rivojlanishini sekinlatish uchun mevalar saqlanadigan
binodagi haroratni 0 dan 3°C gacha va havoning nisbiy namligini 85 dan 95%
gacha saqlash kerak.
Rezavor mevalarni quyosh nuri bevosita tushmaydigan salqin binolarda
1 dan 8
0
C gacha bo„lgan haroratda saqlash maqsadga muvofiqdir. Mevalar
maxsus binolarda, muzlatgich, erto„la va yarim erto„lalarda saqlanadi. Barcha
turdagi meva saqlash binolari yaxshi jihozlangan, vaqtida remont qilingan,
yaxshilab tozalangan, dezinfektsiyalangan bo„lishi lozim. Ularda o„zgarmas,
93
harorat va zarur nisbiy namlik saqlanishi zarur. Urug„li mevalar (olma, nok, behi
kabilar) va xurmo uchun tabiiy kamayish me‟yori yil fasliga shu joyning iqlim
sharoitiga qarab, 0,5-1,2%, danakli mevalar uchun 0,7-1,3%, rezavor mevalar
(zemlyanika, malina) uchun 1,4-2,4%, ho„l va muzlatilgan yovvoyi rezavorlar
(klyukva, brusnika kabilar) uchun 0,7-0,8% belgilangan.
94
Do'stlaringiz bilan baham: |