O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/416
Sana02.01.2022
Hajmi2,17 Mb.
#309226
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   416
Bog'liq
Tovarshunoslik. O‘quv qo‘llanma

Karam-sabzavotlar

Karam  sabzavotlar  guruhiga  oqbosh  karam, 

qizilbosh  karam,  savoy  karam,  bryussel  karami,  gulkaram  va  kolrabilar  kiradi. 

Oqbosh karamning ta‟mi yaxshi va to„yimli bo„ladi. Unda 2,5 - 3% oqsil, 4% ga 

yaqin  qand,  S  vitamini  va  boshqa  moddalar  bor.  Boshining  shakliga  qarab, 

oqbosh  karam  yumaloq,  yassi  (yalpoq)  va  konussimon;  katta-kichikligiga  ko„ra 

mayda  (diametri  10  -18 

sm),

  o„rta  (diametri  20-25 



sm)

  va  yirik  (diametri  25 



sm 

dan  ortiq);  zichligiga  ko„ra  g„ovak,  o„rtacha  zichlikda  va  zich;  ichidagi 

o„zagining  uzunligiga  ko„ra  qisqa,  o„rta  va  uzun  o„zakli  bo„ladi.  Pishish 

muddatiga  qarab,  karam  navlari  tezpishar  (100-120  kun),  o„rtapishar  (170 

kungacha) va kechpishar (240 kungacha)  turlarga  bo„linadi.  

Tezpishar  navlardan  eng  qimmatlisi  Nomer  perviy,  o„rta  pisharlardan 

Slava, 

Belorusskaya 

hamda  kechpishar  navlardan  Amager,  Kashirka, 

Moskovskaya pozdnyaya va boshqalardir. Ertapishar karam yaxshi saqlanmaydi, 

qayta  ishlash  uchun  yaroqsiz,  u  kulinariyada  yangiligicha  ishlatiladi;  o„rtapishar 

navlar  yaxshiroq  (2-3  oy)  saqlanadi,  kechpishar  karamni  esa  kelgusi  yil 

boshigacha saqlash mumkin.   

Bunday  karam  boshi  butun,  sog„,

 

yangi,  shakllangan,  yorilmagan,  zich 



yoki  sal  zich  bo„lishi,  lekin  g„ovak  bo„lmasligi  (erta  pishar  karam  g„ovak 

bo„lishi  mumkin),  iflos  bo„lmasligi,  yaxshi  o„ralgan  ko„k  yoki  oq  barglarigacha 




96 

 

tozalangan  bo„lishi  lozim.  Erta  pishar  karam  boshining  og„irligi  kamida  0,4



kg,

 

o„rta  va  kechpishar  esa  0,8 



kg 

kelishi,  tashqi  o„zagining  uzunligi  3 



sm

  dan 


oshmasligi  lozim.  Oqbosh  karam  tovar  navlariga  ajratilmaydi.  Standart  karam 

boshida  qo„yidagi  nuqsonlar  bo„lishi  mumkin:  qoplab  turgan  barglarining quruq 

iflos  bo„lishi,  qoplagan  uch  qavat  bargining  zaxalangan  bo„lishi,  boshi  va 

o„zagining  kemtik  bo„lishi.  Biroq  bunday  boshlar  bir  partiya  karamda  5%  dan 

oshmasligi  lozim.  

Qizilbosh  karam  zangori-yashil  tusdagi  qizil-binafsha  rangli  va 

barglarida  mum  changi  bo„ladi.  Bu  karam  boshi  qattiq,  bargi  hiyla  dag„al 

bo„ladi.  U  yangiligicha  va  ziravor  qo„shib,  sirkalangan  holda  ishlatiladi. 

Tuzlashga  yaramaydi.  Qizilbosh  karamda  2%  atrofida  oqsil  moddalar,  3-4% 

qand,  mineral  moddalar,  vitaminlar,  ayniqsa,  S  vitamini  va  karotin ko„p bo„ladi. 

U  kasallik  va  sovuqqa  chidamli  bo„lib,  yaxshi  saqlanadi,  zararkunandalar  kam 

tushadi.  

Eng  yaxshi  xo„jalik-botanik  navlari  Kamennaya  golovka,  Zenit  va 

boshqalardi.  Savoy  karami  g„ijim-g„ijim,

 

burmali,  oqbosh  karamdan  ko„ra 



mayinroq  bargli  bo„ladi,  ular  bir-biriga  zich  yopishmay,  g„ovak  karam  boshi 

hosil  qiladi.  Bu  karam  tuzlashga  yaramaydi,  u  qaynatib,  qovurib  va  dimlab 

ishlatiladi.  Savoy  karamida  3%  dan  ortiq  oqsil  moddalar,  o„rtacha  3,7%  qand, 

0,83%  kul,  S  vitamini  oqbosh  karamga  nisbatan  1,5-2  barobar  ko„p;  bundan 

tashqari,  A  va  RR  vitaminlari  ham  bo„ladi.  Vertyu,  Venskiy  va  boshqa  navlar 

eng yaxshi navlar  hisoblanadi.   



Bryussel  karami

  boshqa  turdagi  karamlardan  farqli  o„laroq,  ko„p 

boshlidir.  Mayda  boshchalar  uzunligi  80  -  100 

sm

  li  ildizpoyasida  joylashgan 

bo„lib,  ular  uzun  bandli  barglar  chuqurchasida  bog„lanadi.  Boshchalarning  soni 

30 dan 90 donagacha bo„lib, naviga qarab ular turli o„lchamda (diametri 2 dan 6-



sm

  gacha)  va  turli  shaklda  (oval,  yuraksimon  yoki  yumaloq)  bo„ladi. 

Boshchalarning  bargida  3-4%  oqsil,  3,5-4%  qand,  S  vitamini  va  boshqa 

vitaminlar  oqbosh  karamga  qaraganda  3-4  barobar  ko„p  bo„ladi.  U  qaynatilgan 




97 

 

holda  ishlatiladi,  ziravor  qo„shib  sirkalanadi  va  quritiladi.  Bu  karamning  eng 



yaxshi navi  “Gerkules” nomli  navdir.  

Gulkaram

  oziq  moddalarga  ancha  boy  va  ta‟mi,  mazaliligi  bilan 

qimmatlidir.  Gulkaramning  eyiladigan  qismi  boshcha  deb  nomlanadigan  gul 

bo„lib  hali  ochilmagan  qismidir.  Unda  taxminan  3-3,5%  oqsil,  2-2,5%  qand, 

ko„p  miqdorda  kaltsiy,  fosfor  va  temir  bo„lib,  S,  A,  V  vitaminlariga  boy. 

Gulkaramda  kletchatka  kam, shu tufayli  kishi  organizmiga  oson hazm bo„ladi.     




Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   416




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish