1 3 . 5 . Kulo lc hilik buyumla r i is hla b c hiqa ris h
Kulolchilik tovarlari sopol va nafis keramika (yunon.
loydan yasalgan)
deb atalmish farfor (arab.
hoqon),
fayans hamda mayolikalardan tayyorlanadi.
Sopoldan buyum ishlab chiqarish birinchi bor Misrda eramizdan oldin 4 ming
yil ilgari boshlangan. Farfordan (chinnidan) buyum ishlab chiqarish sirlarini
xitoyliklar eramiz boshida bilib olishgan. Mayolika so„zi Ispaniyadagi Mayorka
oroli (XIV asr) va fayans so„zi Italiyadagi Faens shahri (XV asr) nomlaridan
olingan.
O„zbekistonda kulolchilik tovarlari Toshkent, Samarqand, Quvasoy,
Bog„ot chinni, Sherobod kulolchilik va Rishton badiiy-kulolchilik zavodlari
hamda Angren kulolchilik kombinatida ishlab chiqariladi. Yurtimizda Angren,
Olmaliq, Oqtosh va Nurobodda kaolin konlari, Sho„rsuvda kuydirganda
oqaradigan gil, Chotqol va Langarda pagmatit, Zirabuloq, Ziyovuddinda dala
shpati, Dehqonobod va G„uzorda dolomit konlari mavjud.
Farfor, fayans va mayolikaning asosiy xomashyosi kaolin (oq gil)
hisoblanadi. Uning tarkibidagi kaolinit Al
2
O
3
2SiO
2
•2H
2
O qizdirilganda mullit
3Al
2
O
3
•2SiO
2
va kristoballit 4SiO
2
kristallariga aylanadi. Undan loy
tayyorlashda qayishqoqligini oshirish uchun qizdirganda oqaradigan gil
qo„shiladi. Qizdirib sovitilganda bo„lg„usi buyumning kichrayib qolish
darajasini kamaytirish uchun loyga oq qum SiO
2
qo„shiladi. Loyni pishirish
(qizdirganda
yaxlitlanish)
haroratini
pasaytirish
uchun
dala
shpati
237
K
2
O•Al
2
O
3
•6SiO
2
yoki tarkibi 75% dala shpati va 25% qumdan iborat pegmatit
qo„shiladi.
Xomashyolar aralashmasidan qorilgan loy gips qoliplariga solinib, ustidan
g„ildirakcha yurgizish natijasida buyum shakllanadi. Mayolika buyumlari, farfor
va fayans idishlarining bandlari va jo„mraklari hamda haykalchalar quyish
usulida ishlab chiqariladi. ldishlar bandi hamda jo„mragi xomashyolarga sir
tarkibidagi moddalar. dekstrin yoki karboksimetilselluloza qo„shilgan aralashma
bilan yopishtiriladi. Keyin ho„l qum solib pishirilgan idishlarning bandi va
jo„mragi ko„tarishga bardosh berishini tekshirish lozim. Shakllangan buyumlar
quritilib, ikki marta qizdiriladi.
Kulolchilik buyumlari xomashyosi bo„yicha yetti turga bo„linadi:
1.
Qattiq farfor.
Loyi 40%
kaolin, 25% kvars qumi, 25% pegmatit va 10%
gildan qorilib, shakllantirilgandan keyin 900°C va 1410°C da pishirliadi.
G„ovakligi 0,5% bo„lib, 2,5 mm. gacha qalinlikdagi devori orqali yorug„lik
shu‟lasi ko„rinib turadi. Undan tayyorlangan 120 ta tovoqchani 5 kun
mobaynida ustma-ust qilib saqlashga bardosh beradi.
2.
Yumshoq (suyakli) farfor.
Loyi 25% kaolin, 30% kvars qumi yoki suyak
kuli, 40% pegmatit va 5% gildan qorilib shakllantirilgandan keyin 900°C va
1300°C da pishirliadi. Buyum yupqa devorli bo„lib, hamma joyidan yorug„lik
shu‟lasi ko„rinib turadi.
3.
Fayans.
Loyi 2%
kaolin, 40% kvars qumi, 30% gil va 10%
pegmatit
aralashmaisdan qorilib, shakllantirilgandan keyin 1280°C va 1050°C da
pishirliadi. G„ovakliligi 9-12% atrofida bo„ladi. Undan tayyorlangan
tovoqchalarning 100 tasini 5 kun mobaynida ustma-ust qilib saqlashga bardosh
beradi.
4.
Yarim farfor.
Qattiq farfordan farqi xomashyosiga gil kaolin
hisobidan 5% ko„proq qo„shilishida bo„lib, undan umumiy ovqatlanish
korxonalarida ishlatiladigan qalin devorli idishlar tayyorlanadi. Pishirilishi
238
fayansniki kabi. Qalinligi uchun idish yuvish mashinalarida yuvishga
chidamli bo„ladi. G„ovakliligi 5-8% atrofida.
5.
Mayolika buyumlari.
Loyi 15% kaolin, 25% oddiy gil va 40% dan
kvars qumi bilan nefelin Na
3
(AlSiO
4
) yoki kvars, dala shpati va slyudadan
iborat perlit aralashmasidan qorilib, shakllantirilgandan keyin ikki marta
900°C da pishirliadi. G„ovakliligi 15% bo„ladi.
6.
Olovbardosh sopol.
Loyi 30% oddiy gil, 45% perlit va 25% nefelin
yoki sillimanit Al
2
SiO
5
aralashmasidan qorilib, shakllangandan keyin bir
marta 900°C da pishirladi. Undan tayyorlangan xumchada ovqat pishirish
mumkin.
7.
Oddiy sopol.
Loyi 85% oddiy gil va 15% kvars qumi aralashmasidan
qorilib, shakllangandan keyin bir marta 900°C da pishirliadi. Undan tovoq,
kosa, ko„za, gul tuvagi, yodgorliklar va boshqa buyumlar tayyorlanadi.
Buyumlar birinchi qizdirishdan keyin sirlanadi. Farforning siri 31% kvars
qumi, 34% pegmatit, 14% dolomit CaCO
3
•MgCO
3
, 6%
farfor sinig„i va 5%
kaolin aralashmasidan tayyorlanadi. Fayans va mayolika siri 26% kvars qumi,
19% dala shpati, 12% dan stronsiy karbonati va buyum siniqlari, 11% bura
Na
2
В
4
О
7
•10H
2
O, 9%
soda Na
2
CO
3
8% kaolin va 3% bo„r CaCO
3
aralashmasidan tayyorlanadi. Mayolika buyumlari odatda rangli sir bilan
qoplanadi. Sir tarkibiga qo„rg„oshin antimonati 3RbO•Sb
2
O
5
qo„shib sariq, xrom
oksidida yashil, kobalt oksidida ko„k, temir oksidida jigarrang va hammasining
ralashmalari qo„shilsa, boshqa ranglar hosil bo„ladi. Oziq-ovqat idishlari siriga
qo„rg„oshin oksidi qo„shilmaydi.
Farfor siri
tarkibida 2-3 valentli metall oksidlari ko„pligi uchun u sakkiz
marta 100- 180°C gacha qizdirilib, 16°C dagi suvga botirilsa ham yorilmaydi.
Fayans siri yetti marta 100- 170°C va 16°C oralig„idagi harorat o„zgarishlariga
chidam beradi. Mayolika siri faqat to„rt marta 100- 160°C oraliqdagi issiqlik
o„zgarishiga chidaydi. yodgorliklarining siri 30% kvars qumi, 36% dala shpati,
17%
chinni siniqlari, 12%
dolomit va 5% kaolin aralashmalaridan tayyorlanadi.
239
Sirga rang berish uchun rangli shishalar yoki lantanoidlar (seziy, prazeodim,
neodim, prometiy, samariy, yevropiy, gadoliniy, terbiy, disproziy, golmiy, erb iy,
tuliy, itterbiy va lyutetsiy) oksidlari qo„shiladi. Boshqa sopol buyumlarining siri
60% gil, 10% kaolin, 20% kvars qumi va 10% metall oksidlaridan iborat rangli
angobdan olinadi. Metall oksidlaridah kobalt ko„k, xrom va mis yashil, temir
jigarrang hamda marganes sariq rang beradi. Farfor buyumlari sirlangandan
keyin ikkinchi qizdirishda pechlarga qolipsiz joylashtiriladi. Shuning uchun
tayyor buyumlar tagining qirralik qismi sirlanmagan bo„ladi.
240
Do'stlaringiz bilan baham: |