1 3 . 6 . F a rfo r -fa ya ns buyumla ri n i be za s h
Farfor-fayans buyumlarga bezaklar sirlashdan oldin yoki sirlangandan
keyin berilishi mumkin. Sirlashdan oldin beriladigan bezaklar uchun bo„yoqlar
olovbardosh pigmentlar, dala shpati va sir xomashyolari aralashmasidan
tayyorlanadi. Pigmentlardan xrom oksidi yashil, kobalt oksidi ko„k, qo„rg„oshin
to„q sariq va nikel nitrati jigarrang hosil qiladi. Farfor buyumlari yuqori
haroratda pishirilishi uchun sirlashdan oldin bezak faqat kobalt oksidi
ishtirokida beriladi va aksincha fayans buyumlarining 60% sirlashdan oldin
bezaladi.
Sirlangandan keyin solinadigan bezaklar uchun ishlatiladigan bo„yoqlar
pigment va dala shpatini dekstrin yoki skipidarga aralashtirib tayyorlanadi.
Bo„yoqlarga tcmir va qo„rg„oshinli xrom oksidlari qizil, qo„rg„oshin antimonati
sariq, koball oksidi ko„k, xrom oksidi yashil va qizil pigment bilan ko„k pigment
aralashmasi binafsharang beradi. «Suyuq» oltin preparati (oltin bilan rodiy
terpen sulfidlari va vismut bilan xrom rezinatlarining organik erituvchi
moddalardagi eritmasi) buyum ustida yupqa parda hosil qiladi. Chizilgan
bezaklar 800°C da qizdirilib qotiriladi. Farfor-fayans buyumlariga to„qqiz xil
bezak beriladi:
1. Dekolkomaniya
(ko„chirma rasm usuli). Bu usul keng tarqalgan bo„lib
(bezaklarning 60% ini tashkil qiladi), bunda dekoldagi tayyor rasm buyum
sirtiga ko„chiriladi. Dekol (ko„chirma rasm) ofsetbosma yoki ipak-trafaret
usulida kraxmal, jelatina, dekstrin, glitserin va fenol aralashmasi surtilgan
qog„ozga tushiriladi. Birinchi usulda tasvir qog„oz ustidan rasm sotingan rezina
g„ildirakchasi (ofset) yurgizilishi natijasida hosil bo„ladi. Ikkinchi usulda
jelatina, kaliy bixromati, glitserin va spirt aralashmasi surtilgan ipak turiga rasm
tushirilgan diapozitiv plyonka orqali yorug„lik nurlari o„tkaziladi. To„rni
yuvganda nur tushgan joylari erimay rasm trafaretini hosil qiladi. To„r qog„oz
ustiga qo„yilib, unga quyuq bo„yoq surtilsa, rasm qog„ozga o„tadi. Rasm
241
tushirishdan oldin va u tushirilgandan keyin qog„oz polibutilmetakrilat loki bilan
qoplanadi. Dekol qog„oziga kanifolning skipidardagi eritmasi surtilib, orqasidan
ho„llanib buyum yuzasiga bosiladi. Sirlashdan oldin bczaladigan buyumlar
yuzasiga karboksimetilselluloza eritmasi surtiladi. Dekolkomaniya bezagini
xiraroqligi va rasmning ba‟zi zarrachalari ko„chmay qolganligidan bilish
mumkin.
2.
Tasma bezaklar.
Bular farfor-fayansga solinadigan bezaklarning
15%ini tashkil etib, buyumlar chekkasiga, bandiga va jo„mragiga mo„yqalam
yordamida bo„yoq yoki «suyuq» oltin preparati bilan hoshiya shaklida
solinadi. Eni bo„yicha 1 mm. li chiziq (usik), 1-3 mm. li shoxobcha (otvodka)
va 4-16 mm. li jiyak (Ienta) turlariga bo„linadi. Eni 10-13 mm. ligi enli va
fayans idishlarga solinadigan 15-16 mm. ligi bufet jiyagi deyiladi.
3.
Trafaret
yordamida bezak berish farfor-fayans buyumlariga
solinadigan bezaklarning 10%ini tashkil qilib, buyum sirtiga pigmentni
dekstrindagi suv eritmasi shaklida teshib, naqsh solingan folga orqali purkash
natijasida hosil bo„ladi. Boshqa bezaklardan qismlarining yaxlit emasligi,
qismlarining bir-biridan ajralib turishi bilan farq qiladi.
4.
Shtamp
usulda sirlashdan oldin solinadigan bezak bo„yog„i
pigmentni glitserin va shinnida, sirlangandan keyin solinadigan bezak
bo„yog„i pigmentni skipidar, alif va glitserinda eritilib tayyorlanadi. Bezak
solish uchun kanifoi, alif va karbomeneumlardan tarkib topgan lokka pigment
qo„shib ham ishlatilishi mumkin. Bu bezak bo„yoq yoki «suyuq» oltin
preparati bilan bir rangli va gullari takrorlanib lurgan hoshiya shaklida
solinadi.
5.
Qo„lda gul solib bezash. Bu usul ham bezaklarni 10%ni tashkil
qiladi. Boshqa bezaklardan chizilgan rasmning murakkabligi va Kontursizligi,
ochligi va mo„yqalamning izlari ko„rinib turishi bilan ajralib turadi.
6.
Bosma
usulida rasm konturi o„yib naqsh tushirilgan jo„vadan papiros
qog„oziga va undan buyum yuzasiga ko„chirilgandan keyin kontur ichiga
242
mo„yqalam yordamida gul solinadi. Sirlashdan oldin beriladigan bezak
bo„yog„iga shinni, glitserin va qand qo„shiladi. Bezakda rasm konturi hamda
mo„yqalam izlari yaqqol ko„rinib turadi.
7.
Fotokeramika.
Bu usulda jelatinadagi bromli kumush eritmasi surtilgan
buyum yuzasiga diapozitiv plyonkasi orqali turli portretlar, o„simlik va hayvonot
olamidan olingan manzaralar tasviri tushiriladi.
Yoppasiga va yarmigacha bo‗yash.
Bunda buyum yuzasi butunlayin yoki
yarmigacha bo„yoq bilan qoplanadi. Odatda, buyum yuzasiga bo„yoq
purkalganda ba‟zi joylari ochiq qoldirilib, keyin shu yerlarga qo„lda gul
chiziladi.
Bo‗rtma naqshga pardoz berish.
Naqshning ayrim qismlarini bo„rttirib
ko„rsatish uchun ular yoppasiga yoki olachipor qilib bo„yaladi. Buyumlar sirtiga
solingan bezaklarning soniga qarab guldasta (3 ta gacha bezak), sochma (5 va
undan ko„p bezak), chekkasiga uzluksiz va yoppasiga (sayoz idishlarning tagi
hisobga olinmaydi) berilgan turlarga bo„linadi. Keltirilgan asosiy bezaklardan
tashqari, farfor-fayans buyumlarinitig chekkasiga ingichka murakkab naqsh
(arabeska) va xira oltin pardasiga chizma naqsh (sirovka) solish qo„shimcha
usullaridan ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |