229
XIII- BOB. SHISHA VA KERAMIKA TOVARLARI
1 3 . 1 . S his ha ta yyo rla s h
Shisha ishlab chiqarish eng qadimiy sanoat tarmoqlaridan biri bo„lib, ilk
bor eramizdan 4 ming yil oldin Misrda boshlangan. Evropaga shisha ishlab
chiqarish sirlari I asrda (Rim) yetib kelgan. Keyinchalik shisha ishlab chiqarish
Bogemiyaga (Chexiya) o„xshash tog„lik va o„rmonzor joylarda (1526-yili)
rivojlangan.
O„zbekistonda shisha buyumlari Toshkentdagi «Mikond» zavodi,
"Quvasoyshisha» ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shisha va G„azalkent
oyna zavodlarida ishlab chiqariladi.
Shishaning asosiy xomashyosi tarkibida temir oksidi 0,02% dan
oshmagan kvars qumi hisoblanadi. Tarkibi kremnezyomdan SiO
2
iborat
bo„lmish toza qumdan elektr pechlarda tajribaxonalar, laboratoriyalar uchun
kolba va probirkalar tayyorlanadi. Ammo elektr pechlarda buyum ishlab
chiqarish qimmatga tushganligi sababli bu usulda uy-ro„zg„or idishlari ishlab
chiqarilmaydi. Qumning erish harorati 1713°C bo„lganligi tufayli uni 1580°C ga
bardosh beradigan shamot va dinasdan yasalgan domna pechlarda eritib
bo„lmaydi. Shuning uchun qumga natriy sulfiti Na
2
SO
3
qo„shib, erish harorati
1088°C gacha pasaytiriladi, lekin natriy shishaning kimyoviy va termik
xususiyatlarini pasaytiradi. Shishaning kimyoviy xususiyati yaxshilanishi uchun
xomashyo tarkibiga bo„r CaCO
3
qo„shiladi. Uning termik xususiyatini oshirish
maqsadida
eritmaning
qotish
jarayonini
sekinlashtiruvchi
dolomit
CaCO
3
•MgCO
3
va issiqlikda kengayish darajasini kamaytiruvchi dala shpati
Al
2
O
3
•2SiO
2
•2H
2
O ishlatiladi. Qum tarkibidagi temirning ko„kimtir ikki valentli
oksidini FeO sarg„aytirish uch valentli oksidga Fe
2
O
3
aylantirib, shishani
rangsizlantirish uchun selitra NaNO
3
aralashtiriladi.
Rangli shisha olishda xomashyo tarkibiga quyidagi moddalar: to„q qizil
uchun selen va kobalt oksidi aralashmasi, olcha rangga mis oksidi, to„q pushtiga
erbiy oksidi, pushti rangga kaliy xromat, to„q sariqqa selen, sariqqa xrom oksidi,
230
kadmiy sulfid yoki samariy, xiralashtirilgan sariq rangga natriy sulfat, rux oksidi
va ko„mir, asal rangga oltingugurt hamda koks aralashmasi, kahraboga kadmiy
sulfid va selen aralashmasi, limon rangga kaliy xromat, seziy va titan oksidlari
ajalashmasi qo„shiladi. Zumrad rangli shisha olishda neodim oksidi va mis
sulfati aralashmasi, oltin tovlanishli yashil rang uchun prazcodim oksidi, yashil
rangga mis oksidi yoki kaliy xromat, feruza rangga mis va xrom oksidi yoki
kobalt oksidi hamda mis sulfati aralashmasi qo„shiladi. Ko„k rangli shisha
olishga kobalt oksidi, to„q zangori rangga kaliy xromat, mis sulfati, kobalt oksidi
aralashmasi, havo rangga mis va kobalt oksidlari aralashmasi, binafsha rangga
marganes, kobalt oksidlari aralashmasi, qizg„ish binafshaga marganes oksidi,
kulrang uchun nikel, kobalt va mis oksidlari aralashmasi, qora rangga ko„p
miqdorda marganes oksidi va sut rangga qalay yoki rux oksidi aralashtiriladi.
Nodir metallar shisha qalinligiga qarab turlicha tovlanishi uchun ko„proq
ishlatiladi.
Shishalar tarkibi bo„yicha ohakli-natriy (tarkibi 75%
kremniy, 13,5%
natriy, 6,5% kalsiy, 2,5% kaliy, 2% magniy va 0,5% alumin oksidlaridan iborat),
kam qo„rg„oshinli billur (tarkibi 66% kremniy, 8% qo„rg„oshin, 14%
kaliy, 1,5%
natriy va 0,5% kalsiy oksidlaridan iborat), og„ir billur (tarkibi 57% kremniy,
24%
qo„rg„oshin, 16% kaliy, 3% bor bilan rux oksidlaridan iborat),
qo„rg„oshinsiz billur (tarkibi 74% kremniy, 14% kaliy, 6%
kalsiy, 4%
natriy va
20%
rux oksidlaridan iborat), bariyli billur (tarkibi 58% kremniy, 18% bariy,
16% kaliy, 5% rux va 3% natriy oksidlaridan iborat) va olovbardosh borli
(tarkibi, asosan, kremniy, bor, rux va titan oksidlaridan iborat) lurlarga
bo„linadi.
Ohakli natriy shishasi tayyorlash uchun shamot yoki dinas toslarida,
rangli va billur shishalar olishda xumlarda ustidan gaz yoqib eritiladi. Boshida
900°C da xomashyo kaliy, kalsiy, natriy va boshqa metallar silikatidan iborat
yaxlit bo„tqaga aylanadi. 1200°C da eriydi, 1500°C da pufakchalardan va
erimay qolgan moddalardan xoli bo„lib tinadi. Eritma 1200°C gacha sovitilib,
231
qolip yoki puflash naychalari yordamida shakllantiriladi. Birinchi usulda
shakllantirilgan buyumlar qalin, naqshdor va konussimon bo„ladi. Puflash
usulida murakkab shakldagi yupqa idishlar tayyorlanadi. Idish qurama usulda
tayyor-lansa, yuzasida qolipning choki qoladi. Shakllangan buyumlar issiq-
sovuqqa chidamli bo„lishi uchun pech bilan birgalikda 530-580°C gacha
sovitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: