O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 4 . 2 .   M e ta ll  buyumla ri  is hla b  c hiqa ris h



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/416
Sana02.01.2022
Hajmi2,17 Mb.
#309226
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   416
Bog'liq
Tovarshunoslik. O‘quv qo‘llanma

 

1 4 . 2 .   M e ta ll  buyumla ri  is hla b  c hiqa ris h  

Metall  buyumlari  ishlab  chiqarish  besh  jarayondan  iborat.  Metall 

buyumlari  quyish  bosim  va  kukun  metallurgiyasi  usullarida  bajariladi.  Quyish 

usulida  buyumlar  qoliplar  yordamida  tayyorlanadi.  Masalan,  isitish  radiatorlari 

qum  qoliplari  yordamida,  buyumlarning  qismlari  bosim  orqali  quyish  va 

quvurlarga  quyib  aylantinsh  usulida  ishlab  chiqariladi.  Bosim  usuliga  jo„valar 

yordamida  chigirtash  (prokatka)  yo„li  bilan  tunuka,  sim, tunukalarni shtamplarda 

qirqib  yoki  egib  oshxona  asboblari  va  idishlar,  bosqon  bilan  bolg„alab  turli 

buyumlar  ishlab  chiqarish  kiradi.  Kukun  metallurgiyasi  usulida  qiyin  eriydigan 

volframdan  maydalab  yuqori  tebranishdagi  tok  yordamida  qizdirish  natijasida 

elektr  lampalarining  cho„g„lanish simlari  olinadi. 

Metall  buyumlari  sirtiga  mexanik  ishlov  berish 

to„rt  usulda bajariladi: 1. 

Tirnash  (krasovka)  -  quyma  buyumlarning  sirtini  aylanayotgan  metall  cho„tkalar 

yordamida  tekislash.  2.  Jilvirlash  -  mayda  buyumlarning  sirtini  ayianayotgan 

barabanlardagi  jilvirlash  kukuni  yordamida  tekislash.  3.  Silliqlash  (shlifovka)  - 

hunarmandchilik  asboblarining  kesuvchi  qismlarini  jilvirlash  toshlari  yordamida 

charxlash.  4.  Sayqallash  (polirovka)  -  alumin,  latun  va  zanglamaydigan 

po„latdan qilingan  buyumlar  sirtini  oynaday silliqlash. 



Metall buyumlari qismlarini ulash 

besh usulda amalga oshiriladi: 

1.

 

 Parchinlash - idishlarning  dastasini mixparchin  yordamida ulash. 




249 

 

2.



 

 Biriktirish  -  alumin  va  ruxlangan  idishlar  ishlab  chiqarishda  tunukaning 

chetini  buklash.  

3.

 



 Kavsharlash  -  buyum  qismlarini  oson  eriydigan  qotishmalar  bilan  ulash. 

Oziq-ovqat  idishlarining  qismlari  tarkibida  10%  qo„rg„oshini  bor  qalayi  bilan 

qolgan  po„lat  buyumlarining  qismlari  tarkibida  -  39%  qo„rg„oshini  bor  qalayi 

bilan,  alumin  idishlari  tarkibida  10%  ruxi  bor  qalay  bilan  latun 

choynaklarining  jo„mragi  tarkibida  46  yoki  64%  ruxi  bor  mis  qotishmasi  va 

elektr  sovitkichlarning  doimiy  tebranishdagi  qismlari  tarkibida  25  yoki  45% 

kumushi  bor latun bilan  kavsharlanadi. 

4.

 



Taxtakachlash  -  o„rnashuvi  zich  bo„lgan  quvurlarni  bir-biriga  kiritib,  bosim 

natijasida  biriktirish. 

5.

 

Payvandlash  -  qismlar  uchini  critib  ulash.  Eritish  uchun  atsetilcn  yoki 



o„zgarmas tok ishlatiladi. 

Po‗lat buyumlariga issiqlik yordamida ishlov berish 

uch xil bo„ladi: 

1.  Yumshatish  -  muayyan  haroratgacha  qizdirib,  pech  bilan  birga  juda 

sekin  sovitish  natijasida  buyumni  ichki  kuchlanishlardan  xoli  qilish.  Bunda 

po„latning  tarkibi  mayda  donali  ferrit  (sof  temir)  va  sementitdan  tashkil  topadi. 

Hunarmandchilik  asboblari  va  uy-ro„zg„or  mashina-larining  qismlariga  shunday 

ishlov beriladi. 

2.  Chiniqtirish  -  muayyan  haroratgacha  qizdirib,  sovuq  suvda  sovitish 

natijasida  buyumning  qattiqligini  oshirish.  Bunda  po„latning  tarkibidagi  karbon 

temir  chambaragiga  o„rnashganicha  qolaveradi.  Hunarmandchilik  asboblarining 

kesuvchi qismi shu usulda toblanadi. 

3.  Bo„shatish-  723°C  gacha  qizdirib,  pech  bilan  birga  sekin  sovitish 

natijasida  toblash. Bunda hosil bo„lgan ichki  kuchlanish  olib tashlanadi. 

Qora  metall  buyumlarini  yemirilishdan saqlash. 

Metall buyumlar ikki xil 

usulda  yemiriladi:  1.  Kimyoviy  yemirilish.  Rangli  metallar  havodagi  kislorod 

ta‟sirida  oksid  pardasi  bilan  qoplanganligi  tufayli  elektr-kimyoviy  yemirilishga 

chidamli  bo„ladi.  Misning  nam havoda ko„karishi, kumush va misning vodorodli 



250 

 

oltingugurt  muhitida  qorayishi  ham  kimyoviy  yemirilishga  kiradi.  2.  Elektr-



kimyoviy  yemirilish. 

Qora  metall  buyumlarni  yemirilishdan  saqlash  uchun  quyidagi  uch  usul 

qo„llaniladi: 

1. 


Metallni  passivlashtirish. 

Buning  uchun  metall  legirlanadi  yoki  buyum 

sirti  sayqallanadi. 

2.

 

Tashqi  muhitni  passivlashtirish. 

Bu  maqsadda  ingibitor  (aminlar, 

ammoniy  va  benzoy  kislotasi  tuzlari)  va  qurituvchilar  (silikagel)  ishlatiladi. 

Qimmatbaho  elektron  asboblar  tashish  paytida  ingibitor  shlimdirilgan  qog„ozga 

o„raladi  yoki  qutilarga  joylashdan  oldin  asbob  qurituvchi  solingan  polietilen 

xaltachaga  berkitiladi.  Ingibitor  asbob  ustida  suyuq  bo„lmagan  parda  hosil 

qiladi.  Qurituvchi  namni  shimib oladi.

 

3.

 

Metallni  tashqi  muhitdan  ayirish. 

Bunga  erishish  uchun buyumlarning 

usti  zanglamaydigan  metall  yoki  boshqa  moddalar  bilan  qoplanadi.  Metall  bilan 

qoplash  usuli  buyumni  yemirishdan  saqlashiga  qarab,  anod  va  katod  turlariga 

bo„linadi.  Anod  qoplash  usulida,  masalan,  po„latni  ruxlashda  va  lalunni 

nikellashda,  birinchi  navbatda  qoplangan  qatlam  yemiriladi.  Katod  qoplashda 

esa,  masalan,  po„lat  ustini  nikellashda,  aksincha,  birinchi  navbatda  buyum 

yemiriladi.  Ammo  qalayi  oziqaviy  kislotalar  eritmasida  kompleks  tuzlar  hosil 

qilishi  sababli  manfiy  potensialga  ega  bo„lib,  konserva  bankasini  yemirishdan 

saqlaydi.



 

Qoplash  buyumlarni  metall  eritmasi  botirish  va  galvan  usullarida 

balariladi.  Birinchi  usul  bo„yicha  qoplashda  yengil  eruvchi  metallar,  chunonchi 

qalay  va  rux  ishlatiladi.  Rux  bilan  qoplashda  qirov  shaklida  naqsh  solish  uchun 

eritmaga  0,15%  alumin  qo„shiladi.  Galvan  usulida  qoplashda  o„zgarmas  tok 

qo„llaniladi.  Buyumga  manfiy  tok  zaryadini,  tosga  esa  musbat  zaryadni  ulab, 

qoplanadigan  metall  tuzga  botiriladi.  Nikel  g„ovak  qatlam  hosil  qilgani  uchun 

nikellanadigan  buyum awal  mis bilan  qoplanadi. 




251 

 

Metall bo„lmagan moddalar bilan qoplashga oksidlash, sirlash, bo„yash va 



polimer  bilan  qoplash  usullari  kiradi.  Oksid  qatlamlar  kimyoviy  va  elektr-

kimyoviy  usullarda  hosil  qilinadi.  Masalan,  hunarmandchilik  asboblari  yoki 

deraza-eshik  anjomlari  natriy  ishqori  va  nalriy  nitratining  qaynoq  eritmasiga 

botirib  olinsa,  usrida  temir oksidining qora rangli qatlami hosil bo„ladi. U namga 

chidamsizligi  uchun  tashishda  buyumlar  yog„lanadi.  Alumin  idishlari  va  attorlik 

buyumlari  sirtida  elektroliz  usulida  15  mkm  qalinlikdagi  oksid  qatlami  hosil 

qilinadi.  Elektrolizda  buyum  anod  vazifasini  balargani  uchun  jarayonga 

atiodlash deyiladi.  Qatlam ilma-teshikli  bo„lganligi  sababli buyumlar  bo„yafadi. 

Qora  metalldan  yasalgan  idishlarni  sirlashda  silikat  emali  ishlatiladi. 

Uning  tarkibi  50%



 

kremnezyom,  20%  soda,  30%



 

alumin  oksidi  va  ozgina  titan 

oksididan  iborat.  Idishlarning  chekkasiga  surtiladigan  sir  tarkibida  kobalt  oksidi 

ham  bor.  Ba‟zi  tovarlarning  ichi,  shuningdek,  dazmollarning  tagi  o„tga  chidamli 

teflon (tetraftoretan)  bilan  qoplanadi. 


Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   416




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish