chiqarishda ishlatiladi. Boshqa tovarlar uchun ikki xil qotishmasi ishlatiladi. Biri
Ams markali, tarkibiga 1% marganes qo„shilgan bo„lib. ufidan idish-tovoqlar
tayyorlanadi. Ikkinchisi tarkibiga 8% kremniy qo„shilgan yoki duralumin
247
chiqindilaridan olingan degrezlik qotishmasi bo„lib, undan qozon, tova, go„sht
qiymalagich va dazmolning tag qismi ishtab chiqariladi. Duralumin tarkibida
5% mis, 1% magniy, 0,5% marganes va kremniy bo„lib, chiniqtirilganda
pishiqligi besh barobar oshish xususiyatiga ega.
2. Mis.
U sof holda sim ishlab chiqarishda ishlatilib, boshqa tovarlar
uchun uning besh xil qotishmasidan foydalaniladi: a) tompak. Tarkibida 4 yoki
10% rux bor. Bimetall taxtachasi uchun ishlatiladi; b) yarim tompak. Tarkibida
15 yoki 20% rux bor. Puflab chalinadigan musiqa asboblarni ishlab chiqariladi;
d) latun (jez). tarkibiga 30, 32 yoki 37% rux qo„shib olinadi. Samovar va
idishtovoqlar tayyorlanadi; e) bronza. Tarkibida 10% qalayi va 3% kremniy
bo„lib, undan haykalchalar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Tarkibida 5%
alumin boridan medal va chaqa tangalar tayyorlanadi; f) melxior. Tarkibiga 19%
nikel qo„shib olinadi. Idishlar va ovqatlanish anjomlari uchun ishlatiladi.
Tarkibida 25% nikel bo„lgan turidan tanga tayyorlanadi. Tarkibiga 24% rux
qo„shilgan qotishma neyzilber deyiladi.
3.
Qalay.
Qog„ozsimon
parda
(folga)
ishlab
chiqarishda,
kavsharlar
tayyorlashda
va
latun
idishlarining
ichini
qoplashda
ishlatiladi.
4.
Nikel.
Latun idishlari va po„lat buyumlarining ustini qoplash uchun,
tarkibiga 20% xrom qo„shilgan elektr isitkichlari uchun nixrom simi va elektr
lampa elektrodi tayyorlanadigan, tarkibida 5% marganesli qotishmalar sifatida
qo„llaniladi.
5.
Rux.
Tom tunukalari, tos va paqirlarni qoplashda, galvan elementlari
stakani va tarkibiga 46, 52 yoki 64% mis qo„shilgan mis buyumlarini
kavsharlashda ishlatiladigan qotishma ishlab chiqarishda ishlatiladi.
6.
Oltin.
Toza oltin zarvaraq qog„ozi shaklida, chinni idishlarni
bezashda ishlatiladi. Zargarlik buyumlari uchun tarkibida 4,2, 25,0, 41,7 va
62,5% kumush va misi bor qotishmasidan foydalaniladi.
248
7.
Platina.
Brilliant uzuk va ziraklar gardishi uchun va bir tomonlama
ko„rinadigan ko„zoynaklar shishasini qoplashda ishlatiladi.
8.
Palladiy.
Platina bilan birgalikda qotishma sifatida qo„llaniladi.
9.
Osmiy va iridiy.
Birgalikda qotishma sifatida oltin perolar uchi uchun
ishlatiladi.
10. Kumush.
Tarkibida 12,5% mis bor qotishma shaklida zargarlik
buyumlari ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: