XIV- BOB. METALL XO‗JALIK TOVARLARI
1 4 . 1 . M e ta lls huno s lik a s o s la ri
Elementlarning davriy tizimidagi 105 elementning 83 tasi metalldir. Ular,
asosan, qora va rangli metallar guruhiga bo„linadi.
Qora metallar.
Temir hamda karbon qotishmasidan hosil bo„lgan
mahsulotga qora metall deyiladi. Qotishmalar tarkibidagi karbonning miqdoriga
qarab po„lat (C 2% gacha) va cho„yan (C 2,0-6,67%) turlariga bo„linadi.
Cho„yan domna pechlarida temir rudasidagi temir clementini tiklash yo„li bilan
olinadi. Tiklagich vazifasini koks yonishida hosil bo„ladigan karbon bajaradi.
Reaksiya quyidagicha o„tadi:
FeO
7
Fe
2
O•SiO
2
•Al
2
O
3
(magnetit)+CaCO
3
(ohak)+3C(koks)(1600°C haroratda)
→
Fe
3
C(oq cho„yan) +CaO•SiO
2
•Al
2
O
3
(shlak)+3CO
2
.
Ohak rudaga aralashib qolgan keraksiz jinslarni ajratish uchun xizmat
qiladi. Olingan cho„yanning sinig„idagi rangi oqish bo„lganligi sababli oq
cho„yan deyiladi. Bu cho„yanning tarkibida sementga o„xshash qattiq sementit
(temir karbidi) ko„p bo„lganligidan juda tno„rt bo„ladi va shu sababli u qayta
ishlanib kulrang yoki bolg„alanadigan cho„yanga aylantiriladi. Oq cho„yan
eritilib, sekin sovitilsa, undagi sementit parchalanib, temir va yassi shakldagi
karbonga aylanadi. Bunday cho„yanning mo„rtligi ancha past bo„lib, siniq joyi
kulrang bo„ladi. Undan qozon, pechka, isitish radiatorlari va dazmolning tag
qismi ishlab chiqariladi. Oq cho„yan 1200°C gacha qizdirilib, sekin sovitilsa,
sementit temir va pag„asimon shakldagi karbonga aylanadi. Bunday cho„yan
bolg„alanishda sinmaydi. Bunday cho„yandan eshik va deraza asboblari, gayka
kalitlari hamda turli mashina qismlari tayorlanadi.
Po„lat marten yoki elektr pechlarda oq cho„yan tarkibidagi karbonni
qisman kuydirish yo„li bilan olinadi. Po„lat to„g„ridan-to„g„ri lemir rudasidan
ham olinishi mumkin. Tarkibidagi karbon miqdoriga qarab konstruksion (C
0,6% gacha) va instrumental (C 0,6-2,0%) turlarga bo„linadi. Karbon elementi
ko„p po„latlar qattiqligi uchun hunarmandchilik asboblari (gayka kalitidan
246
bo„lak), xo„jalik pichoqlari va ustaralar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Qolgan
tovarlar konstruksion po„latdan tayyorlanadi. Po„latga ba‟zi maxsus xususiyatlar
berish maqsadida tarkibiga turli qo„shimchalar qo„shiladi (legirlanadi). Bunday
po„latlarni yetti guruhga bo„lish mumkin:
1.Zanglamaydigan po„lat. Tarkibida 13 yoki 18% xrom bor. Sirtida hosil
bo„lgan oksid (FeCr)
2
О
3
qatlami zanglashdan saqlaydi. Qatlam qirilsa, buyum
zanglaydi.
2. Issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti past bo„lgan po„lat. Tarkibida 36%
invar (lot. o„zgarmas) yoki 42% nikel (platinit) bor. Invar bimetall taxtachasi va
platinit elektr lampalarning shisha tutqichi ichidagi elektrod uchun ishlatiladi.
3. Yuqori qarshilikka ega po„lat. Tarkibida 13% xrom va 4% alumin
bo„lgan elektr plitalar isitkichi uchun ishlatiladigan fexral kiradi.
4.
Doimiy elastiklik koeffitsiyentiga ega po„lat. Tarkibida 42% xrom,
8% marganes, 2% titan va 1% alumin bor elinvar (lot. o„zga
rmas elastikli)
kirib, soatning qilsimon prujinasi, kamerton, silfonlar uchun ishlatiladi.
5.
Yumshoq magnitli po„lat. Tarkibiga 2 yoki 4% kremniy qo„shilgan
transformator po„lati
bo„lib, undan transformator va dvigatellar o„zagi
yasaladi.
6.
Magnitoelastik po„lat. Bular magnitofon lentasiga sepiladigan,
tarkibida 12% kobalt va 17% molibden, tarkibida 10% alumin, 19% nikel,
18% kobalt bor alniko deb yuritiladi.
7.
Tezkesar po„lat. Tarkibiga 1% gacha xrom, vanadiy yoki kremniy
qo„shilib, hunarmandchilik asboblari tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |