b)
LM LM
RR
Ichki foiz
stavkasi Jahon foiz
stavkasi
r=r* r= r*
Jahon foiz stavkasi IS(e) Ichki foiz
Y stavkasi S(e) Y
Daromad, ishlab chiqarish
Daromad, ishlab chiqarish
32.4- chizma. Mandell-Flemingning Y-r modelida muvozanatga
erishish mexanizmi
Bunday vaziyatda ikki variant yuzaga keladi:
Almashinuv kursi juda past boʻlganligi sababli IS va LM egri chiziqlari jahon foiz stavkasidan yuqorida kesishadi (32.4a-chizma). Bunday vaziyat chet ellik investorlarni mazkur mamlakat iqtisodiyotiga kapital kiritishga ragʻbatlantiradi. Natijada mamlakatning valyutasi kursi koʻtariladi va IS egri chizigʻi pastga siljiydi.
IS va LM egri chiziqlari ichki foiz stavkasi jahon foiz stavkasidan past boʻlgan nuqtada kesishadi (32.4b-chizma). Bunday vaziyatda mazkur mamlakat investorlari kapitallarini xorijga olib chiqib ketishdan manfaatdor boʻlishadi. Natijada milliy valyutaning almashinuv kursi pasayadi va IS egri chizigʻi yuqoriga siljiydi.
Shunday qilib muvozanat LM egri chizigʻining gorizontal liniya bilan kesishish nuqtasida jahon foiz stavkasi darajasida oʻrnatiladi.
Mandell-Flemingning Y-e modeli 32.5. va 32.6-chizmalarda tasvirlangan.
32.5-chizmada vertikal oʻqda almashinuv kursining turli darajalari, gorizontal oʻqda esa daromadning miqdorlari tasvirlangan. Foiz stavkasi oʻzgarmas va jahon foiz stavkasiga teng deb tasavvur qilinadi. Bunday vaziyatda grafikda ikki tenglama tasvirlanadi:
1) Y=C(Y-T)+I(r*) +G+Xn(e), IS;
2) M/P= L(r*,Y), LM*.
Iqtisodiyotda muvozanat IS va LM egri chiziqlarining kesishish nuqtasida ta’minlanadi. Bu kesishish nuqtasi almashinuv kursi va daromadning darajalarini aks ettiradi.
Grafikda tovar bozoridagi (IS*) va pul bozoridagi (LM*) muvozanat tasvirlangan. Jahon foiz stavkasi belgilab berilgan sharoitda LM* tenglamasi yalpi daromadni almashinuv kursiga bogʻliq boʻlmagan holda qayd etadi.
e LM*IS*
Muvozanatli almashi- nuv kursi
e*
Daromadning muvozanatli
Daromad, ishlab chiqarish darajasi
32.5-chizma. Mandell-Flemingning Y-e modeli
32.6-chizma. Mandell-Flemingning Y-e modeli
32.6-chizmada LM egri chizigʻi gorizontal liniya bilan belgilangan jahon foiz stavkasi r* ga teng boʻlgan holatda aks ettirilgan. Bu egri chiziqlar birgalikda almashinuv kursiga bogʻliq boʻlmagan daromad darajasini aniqlab beradi.
32.7-chizmada LM* egri chizigʻi qanday qilib vertikal liniya koʻrinishini olishi aks ettirilgan.
e LM*
Y
Daromad, ishlab chiqarish
32.7-chizma. LM* egri chizigʻining vertikal liniya koʻrinishi.
Y-e modeli almashinuv kursi darajasi iqtisodiy siyosatga qanday ta’sir etishini koʻrsatadi.
Mandell-Fleming modelini tahlil qilish kichik ochiq iqtisodiyotda davlatning har qanday iqtisodiy siyosati natijasi qayd qilingan va suzib yuruvchi valyuta kursiga bogʻliq degan xulosaga olib keladi. Masalan, suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida daromadga faqat pul- kredit siyosati ta’sir koʻrsatadi. Ayni paytda ragʻbatlantiruvchi byudjet- soliq siyosatining ta’siri, valyuta kursining koʻtarilishi sababli, nolga teng boʻladi.
Qayd qilingan valyuta kursi sharoitida daromadga faqat byudjet- soliq siyosati ta’sir koʻrsatadi. Bunday sharoitda pul-kredit siyosati daromadlarga deyarli ta’sir koʻrsatmaydi, chunki Markaziy Bankning pul taklifini oʻzgartirishdan maqsadi almashinuv kursini belgilangan darajada saqlab turishdan iborat boʻladi.
Bu oʻzgartirish ichki iqtisodiy siyosat maqsadlariga toʻgʻri kelish- kelmasligi e’tiborga olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |