Ichki muvozanat – inflyatsiya jarayonlari mavjud boʻlmagan ( yoki uning barqaror past darajasidagi) toʻliq bandlik sharoitida talab va taklifning balanslashganligidir.
Qisqa muddatli davrda ichki muvozanat muammosi, birinchi navbatda, byudjet-soliq va pul-kredit siyosati vositasida yalpi talabni tartibga solish orqali ta’minlanadi.
Tashqi muvozanat qayd qilingan, yoki suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida toʻlov balansining nolga teng qoldigʻini ta’minlab turilishni anglatadi. Alohida holatlarda bu muammo ikki oʻzaro mustaqil qismga boʻlinadi:
joriy operatsiyalar balansining belgilangan holatini ta’minlab turish;
valyuta zaxiralarining aniq belgilangan miqdorini saqlab turish. Tashqi va ichki muvozanatni ta’minlab turish usullari bir xil:
byudjet-soliq va pul-kredit siyosati. Ayrim hollarda mustaqil usul sifatida almashinuv kursi siyosati ham ajratib koʻrsatiladi.
Tashqi muvozanatni ta’minlash kapital harakatining mobilligi (mamlakatlararo kapital quyilishi jarayonining ichki foiz stavkasining jahon foiz stavkasiga nisbatan oʻzgarishiga javoban keskinlashuvi) sababli murakkablashadi.
Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash muammosi tovar, pul va valyuta bozorlarining amal qilishiga taalluqlidir.
Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash makroiqtisodiy tartibga solishning muhim muammosi sifatida yuzaga chiqadi, chunki u ichki va tashqi oʻzgaruvchilarning bir-biriga oʻzaro ta’sirini va qayta ta’sirini koʻzda tutishni talab etadi.
Ochiq iqtisodiyotda iqtisodiy siyosat tahlili Mandell-Fleming modeliga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu model qisqa muddatda iqtisodiyotni muvozanatlashtirishni ifodalaydi va kichik ochiq iqtisodiyot uchun IS-LM modelining modifikatsiya qilingan shakli hisoblanadi. Ikkala model ham baholarning oʻzgarmasligini nazarda tutadi va yalpi talab hajmining oʻzgarishi sabablarini tushuntiradi. Ular oʻrtasidagi asosiy farq shundaki, IS-LM modeli-yopiq iqtisodiyot modeli, Mandell-Fleming modeli esa ochiq iqtisodiyot modeli ekanligidadir.
Ichki va tashqi muvozanat muammosi, koʻpincha, IS-LM modelining modifikatsiya qilingan shakli vositasida, unga uchinchi- VV egri chizigʻi qoʻshilib tahlil qilinadi. VV egri chizigʻi toʻlov balansining muvozanatli darajasini tasvirlaydi. Model ham qayd qilingan, ham erkin
suzib yuruvchi valyuta kursi rejimlari uchun va kapital mobilligining turli darajalariga moslab tuziladi.
Bir vaqtning oʻzida ichki va tashqi muvozanatga erishish muammosini quyidagi yondashuv asosida koʻrib chiqamiz (20.1. chizma).
R
32.1-chizma.Tashqi muvozanatga erishish mexanizmi
32.1-chizmada koordinata oʻqlarida ichki va tashqi muvozanatga erishishni ta’minlashni koʻzda tutuvchi siyosatning ikki instrumenti- davlat xarajatlari darajasi (G) va foiz stavkasi ( R) berilgan.
VV egri chizigʻi davlat xarajatlari (G) va foiz stavkasi (R)ning tashqi balans (BP=0)ni ta’minlovchi turli kombinatsiyalarini aks ettiradi.
VV egri chizigʻi ijobiy egilishga ega boʻlib, bu quyidagilar bilan izohlanadi:
Aytaylik, E nuqtasida ichki va tashqi muvozanat ta’minlangan boʻlsin. Davlat xarajatlari E nuqtadan S nuqtaga qadar oʻsishi daromadlar va importning oshishini keltirib chiqaradi. Natijada savdo balansi taqchilligi (BP<0) roʻy beradi.
Toʻlov balansining taqchilligini bartaraf etish uchun davlat cheklovchi pul-kredit siyosati vositasida kapital harakati balansining ijobiy qoldigʻini ta’minlash choralarini koʻradi. Masalan, foiz stavkasining oshirilishi mamlakatga kapital harakati balansining (joriy operatsiyalar balansining manfiy qoldigʻini qoplaydigan hajmdagi) ijobiy qoldigʻini ta’minlashga yetarli hajmda xorijiy kapitalning oqib
kelishini ragʻbatlantiradi. Natijada toʻlov balansi qoldigʻi (VV egri chizigʻining S nuqtasida) 0ga tenglashadi.
Aynan tashqi balansga erishish maqsadida G va R oʻzgarishlarining ana shunday kombinatsiyasi mavjudligi VV egri chizigʻining ijobiy egilishini aks ettiradi.
VV egri chizigʻidan pastda va oʻngda joylashgan nuqtalar toʻlov balansi taqchilligini aks ettiradi. VV egri chizigʻidan yuqorida va chapda joylashgan har qanday nuqta toʻlov balansining, qat’iy byudjet-soliq va pul-kredit siyosati bilan ta’minlanadigan ijobiy (musbat) qoldigʻini aks ettiradi.
Toʻliq bandlilik, potensial ishlab chiqarish hajmi va inflyatsiya jarayonlarining mavjud emasligi bilan xarakterlanadigan ichki muvozanatni 32.2-chizma koʻrinishida tasvirlash mumkin.
R Y
Do'stlaringiz bilan baham: |