Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet320/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Merkantilizm

Xalqaro savdoga oid nazariyalar oʻz tarixiga ega. Bu boradagi ilk iqtisodiy ta’limot XVII asrdayoq yaratilgan. Oʻrta asrlarda roʻy bergan Yevropadagi ulkan oʻzgarishlar, jumladan, yangi qit’alarning kashf etilishi, mustamlakalardagi oltin va boshqa boyliklarni egallab olishga intilish oʻz-oʻzini ta’minlashni targʻib etuvchi feodalizm nazariyasi doirasidan chiqib ketgan yangi xoʻjalik tizimi doirasida tovarlar rolini va davlatlarning xalqaro savdoga boʻlgan talabini asoslab bera oladigan yangi iqtisodiy nazariyaga boʻlgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Shunday nazariyalardan biri merkantilizm ta’limotidir. Merkantilizm maktabi XVI–XVII asrlarda faoliyat koʻrsatgan. Uning eng yirik vakillari ingliz iqtisodchilari Tomas Man (1571–1641) va Uilyam Staffordlar (1554– 1612) hisoblanishadi.

Merkantilistlar oʻz nazariyalarida faqat cheklangan miqdordagi boylikka ega boʻlgan statik qarashlarni qoʻllab-quvvatlaganlar. Shu sababdan biron-bir mamlakat boyligining koʻpayishi faqatgina boshqa mamlakatning qashshoqlashishi evaziga amalga oshishi mumkin. Demak, boylikning koʻpayishi qayta taqsimot evaziga amalga oshar ekan, har bir mamlakat mustahkam iqtisodiyotga va boshqa davlatlar ustidan hukmronlikni ta’minlab bera oladigan armiya, harbiy va savdo flotidan iborat kuchli davlat qurilmasiga ega boʻlishi zarur deb hisoblashgan.

Merkantilistlar iqtisodiyotni ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi va harbiy koloniyalar sektoriga boʻlishgan. Savdogarlar iqtisodiyotning


muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatishida eng muhim guruh, deb hisoblangan, mehnat esa ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida baholangan. Mamlakatning boyligi uning ixtiyorida boʻlgan oltin va kumush bilan belgilanligi sababli tashqi savdo maktabi mamlakat milliy iqtisodiyotini mustahkamlashi uchun quyidagilarga amal qilish lozim, deb hisoblashgan:

  • tashqi savdoda musbat saldoni ta’minlash – eksportning importdan katta boʻlishi mamlakatning oltin zaxirasini boshqa mamlakatlarning oltin manbalari hisobiga oʻsishiga olib keladi. Bu, oʻz navbatida, ichki xarajatlar, ishlab chiqarish va bandlikning oshishiga olib keladi;

  • eksportni oshirish va importni kamaytirishga qaratilgan tashqi savdo siyosatini yuritish – tariflar, kvotalar va boshqa dastaklar yordamida savdo balansining musbat savdo saldosini ta’minlash;

  • xomashyoning olib chiqilishini qattiq cheklash yoki taqiqlash va mamlakatda mavjud boʻlmagan xomashyo importidan boj undirmaslik, chunki bunday chora-tadbirlar mamlakat oltin zaxirasining koʻpayishi va tayyor mahsulotlarni past narxlar boʻyicha eksport qilish imkonini yaratadi;

  • mustamlakalarning metropoliyadan boshqa davlatlar bilan har qanday savdo aloqalarini taqiqlash va mustamlakalarni xomashyo ta’minotchisiga aylantirish.

Merkantilistlar gʻoyasiga binoan iqtisodiy tizimda toʻliq bandlikka erishib boʻlmaydi. Shu sababli xorijdan keladigan qoʻshimcha oltin qoʻshimcha ish joylarning yaratilishiga, ishsizlik darajasining pasayishi va ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishiga olib keladi.

Merkantilistlar xalqaro savdo nazariyasi rivojlanishiga jiddiy ulush qoʻshdilar. Ular xalqaro savdoning mamlakat iqtisodiy oʻsishi uchun ahamiyatini birinchi boʻlib chuqur tahlil qildilar va uning rivojlanishining muhim modellaridan birini ishlab chiqdilar. Ular

birinchi boʻlib zamonaviy iqtisodiyotda toʻlov balansi, deb ataladigan tushunchani ta’rifladilar.

Merkantilistlar gʻoyasining asosiy kamchiligi – bu ularni bir mamlakat boyishi boshqa mamlakatlarning qashshoqlashishi hisobiga amalga oshadi deb hisoblashganidir. Bunday gʻoyaga amal qilish jahon iqtisodiyotida iqtisodiy disproporsiyalarga va iqtisodiy vaziyatning keskinlashuviga olib keldi. Metropoliyalarning mustamlakalar hisobidan boyishi ularda haddan ziyod oltin massasining toʻplanishiga va shu orqali giper inflyatsiyaga olib keldi.

Merkantilistlarning gʻoyalari xalqaro iqtisodiyotdagi keyingi maktablari gʻoyalariga ilmiy yoʻnalish berdi. Merkantilistlar gʻoyalari 1,5 asr mobaynida keng qoʻllanilgan. Buning natijasida XVIII asrda xalqaro savdo aloqalarda keskinliklar kuzatilgan.


    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish