Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi



Download 12,22 Mb.
bet321/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi

Merkantilistlarni tanqid qilgan asosiy iqtisodchilardan biri Adam Smitdir (1723–1790). A.Smit mamlakatning boyligi u ega boʻlgan oltin miqdoriga emas, balki uning ishlab chiqarish imkoniyatlariga bogʻliqligini koʻrsatib berdi. Shuning uchun har qanday davlatning asosiy vazifasi mamlakat ega boʻlgan oltin miqdorini oshirish emas, balki xalqaro mehnat taqsimotida oʻziga xos munosib oʻrin egallashdan iboratdir. Shuningdek, A.Smit gʻoyalariga binoan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash kerak. Ushbu siyosat «Lessa fer»13 nomini oldi.



A. Smit qarashlariga muvofiq;

    • davlat tashqi savdoga aralashishi kerak emas va mamlakat erkin savdo rejimiga rioya qilishi lozim;





13 Лэсса фэр французча «laisses-faite», яъни давлатнинг иқтисодиётига аралашмаслик ва рақобат эркинлиги сиёсати.

    • mamlakatlar ishlab chiqarishda afzallikka ega boʻlgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishlari kerak va bu tovarlarni boshqa mamlakatlar afzallikka ega boʻlgan tovarlar bilan ayirboshlashi kerak;

    • tashqi savdo milliy bozorlarni boshqa mamlakatlar hisobiga kengaytirish orqali mehnat unumdorligining oʻsishini ta’minlaydi;

    • eksport mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy omil hisoblanadi, chunki u ichki bozorda sotilmagan ortiqcha mahsulotlarni xorijga sotish imkonini beradi;

    • eksport subsidiyalari ichki soliqlar hisobidan moliyalashtiriladi va ichki narxlarning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ularni bekor qilishi kerak.

Shu vaqtga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari suradi. Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi toʻgʻrisida dastlabki nazariyalardan biri A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasidir. Bu nazariyaga koʻra har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar oʻziga xosligiga tayangan holda ma’lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni eng koʻp) ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Shunday ekan mamlakat mutlaq ustunlikka ega boʻlgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning oʻz iste’molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. Chunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega boʻlgan davlatlarda ancha arzon ishlab chiqarilgan boʻladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab koʻproq mahsulotga ega boʻladi.

Masalan, Oʻzbekiston asosan paxta mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashganligi uchun boshqa mahsulotlarga nisbatan koʻproq shunga e’tiborni qaratish lozim. Chunki, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi, ob- havosi va qolaversa, butun respublika sharoiti paxta yetishtirishga

moslashgan va unga kam miqdorda mehnat va moliyaviy resurslarni sarf qilib, yuqori hosil olish texnologiyasiga ega. Shuningdek, boshqa mamlakatlar ham oʻzi ixtisoslashgan sohaga koʻproq e’tiborni qaratishsagina dunyo boʻyicha koʻproq mahsulot ishlab chiqariladi va xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yoʻl bilan dunyo aholisining talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga erishiladi.

Ammo qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda mutlaq ustunlikka ega boʻlmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat hamma tovarlarni chetdan keltiradimi - degan savolni tugʻdiradi. Agar shunday boʻlsa importni bu mamlakat qaysi mablagʻlar hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob berish borasida mutlaq ustunlik nazariyasi boshi berk koʻchaga kirib qoladi.




    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish