Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi



Download 12,22 Mb.
bet322/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi

D. Rikardo A. Smitning “Mutlaq ustunlik” nazariyasini yanada mulohaza qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab berdi. D. Rikardo “Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar” nomli asarida klassik nazariyani boshi berk koʻchadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda yoki koʻproq ustunlikka ega boʻlgan yoxud kamroq zaiflikka ega boʻlgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq boʻladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo koʻproq imkoniyatlar olib keladi. Har bir mamlakat oʻzi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari “Nisbiy ustunlik nazariyasi”da oʻz yechimiga ega boʻldi.

Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va Angliyada ishlab chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega boʻlsin. Shuni

hisobga olgan holda D. Rikardoning “Nisbiy ustunlik” nazariyasini qoʻllaymiz:



29.1-jadval

Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan mehnat sarfi.







Movut (bir dona)

Vino (barrel)

Portugaliya

90

80

Angliya

100

120

Yuqoridagi misoldan koʻrinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Ya’ni bir dona movut ishlab chiqarish uchun 90 mehnat birligi, bir barrel vino ishlab chiqarish uchun esa 80 mehnat birligini sarflaydi. Ammo, D. Rikardo Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan vino ishlab chiqarish savdosini yoʻlga qoʻyish koʻproq foyda olib kelishini ta’kidlaydi. Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab chiqarish arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy ustunlikdagi farq har bir millat uchun xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Ya’ni, Portugaliya bir barrel vinoni (80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va oʻz navbatida, Angliyadan (100 birlikda) ushbu birlikda 1,2 dona movut sotib olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Oʻzida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa 8/9 donaga ega boʻlar edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino ishlab chiqarish va movutni sotib olish evaziga oladigan foydasi quyidagicha boʻladi:

120 / 100 – 8 / 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut.

Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya’ni movut ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari oʻrtasidagi farq vino ishlab chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham

yutadi. Ya’ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish hisobiga 11/8 barrel vino (oʻzidagiga nisbatan 5/6 barrel) sotib olishi mumkin. Ushbu vaziyatda Angliyaning yutugʻi:

9 / 8 - 5 / 6 =7 / 24 = 0,29 barrel vino.

Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 9/8 dona movut sotib olgandagina xalqaro savdo foydali hisoblansa, Angliya uchun esa har bir barrel vinoga 5/6 dona movut almashganda savdo foydali hisoblanadi.

Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni ragʻbatlantirib, quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashguncha oʻtgan davriga nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari sarflaydigan boʻladi. Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham savdoda mamlakatlarning pul birliklari ishtorokida amalga oshishi hisobga olinmagan. Chunki, mamlakatlar oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valyutalarini almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan. U izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valyutalarni almashtirish sharoitida ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import toʻlovlari oʻzaro balansga ega emas. Bunday vaziyat valyuta kurslaridagi oʻzgarishlar hisobiga yoki biron-bir mamlakatdagi barcha baholarni oʻzgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi misol mavhum xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun:

mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar oʻrtasida emas, balki mamlakat ichida harakatchan boʻlishini;

transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa cheklashlar hisobga olinmasligini;

mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarni qoʻllash hamda ularni koʻp miqdorda

seriyali ishlab chiqarishda xarajatlardagi oʻzgarishlar e’tiborga olinmasligini ta’minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim.

Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro savdo narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qoʻllash mumkin. Chunonchi, bir barrel Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam narxda (80) va sotib olingan bahodan (120) yuqori narxda sotmaslik kerak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan Portugaliyada (90 dan 100 gacha) shunday tartibda sotilishi kerak.

Mahsulotlar bahosi oʻrtasidagi oʻzaro nisbat aniqlab olingandan keyin “savdo sharoiti” (terms of trade) tushunchasi savdo sharoitini aniqlab olish uchun esa “savdo sharoiti indeks” tushunchasi kiritilgan. Bu indeks quyidagi formula orqali aniqlangan:




Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish