Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100
Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:
Friksion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi. Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki turar-joylarni oʻzgartirish, oʻquv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud boʻlib, ma’lum bir darajada kerakli hisoblanadi.
Tarkibiy ishsizlik. Tarkibiy ishsizlar guruhiga ishlab chiqarish strukturasining oʻzgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining oʻzgarishi natijasida ishsiz qolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini oʻzgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi, yangi kasb egallashi lozim boʻlgan ishsizlar guruhlari kiradi. Friksion ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlikning asosiy farqi shundaki, birinchisida, ma’lum malaka va tajriba mavjud boʻladi va undan foydalanib, ish joylarini tezroq topib olishadi, ikkinchisida esa, ishchi kuchi darhol va tezroq ish joylarini topa olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |