Labirint” metodi Bu metodda O’quvchilar adibning labirint chiziqlari bo’ylab harakat qilib yozgan asarlari orqali erishjgan yutuqlarini topib olishadi. Bu esa o’quvchining topqirligini oshiradi. “Uzum pishdi bog’ga kir”
Buxoro viloyati Peshku tumani 11-umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rajabova Hamida To’raqulovna
Abdulla Qahhor hikoyalarini o’tishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari
Kirish
O’zbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan adib Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabrda Qo’qonda dunyoga kelgan otasi Abduqahhor temirchilik bilan shug’ullangan. Bo’lajak yozuvchi dastlabki ma’lumotni Buvaydadagi eski maktabda oldi. So’ng Oqqo’rg’on qishlog’idagi jadid maktabida tehsil ko’rdi. Sal keyinroq Qo’qondagi yotoq maktabda o’qidi. 1922-1924-yillarda Qo’qondagi o’qituvchilar tayyorlash texnikumida tahsil ko’rdi.
Abdulla Qahhor 1925-yili Toshkentga kelib kechasi o’qib kunduzlari “Qizil O’zbekiston” gazetasida ishladi.
U 1930-yilda O’rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetini tugatdi.
Abdulla Qahhor ijodi 1924-yilda boshlangan. Dastlab “Mushtum” jurnali , “Yangi Farg’ona” va “Qizil O’zbekiston” gazetalarida uning hikoya, felyeton va xabarlari bosildi. Abdulla Qahhorga kata shuhrat keltirgan “Sarob”romani 1934-yilda yozildi. Yozuvchi “Qo’shchinor chiroqlari” romani, “Shohi so’zana”, “Og’riq tishlar”, “Tobutdan tovush”, “Ayajonlarim” komediyalari bilan o’zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo’shdi. Adibning “Sinchalak”, “Muhabbat”, “O’tmishdan ertaklar” qissalari o’zbek nasri taraqqiyotida muhim o’rin tutadi.
Qisqa so’zda ko’p ma’no ifodalash mahoratiga ega mashhur hikyanavis Abdulla Qahhor 1968-yilning 25-mayida vafot etdi.
6-sinfda Abdulla Qahhor hayotini o’tishda turli metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi.
“Labirint”metodi
Bu metodda O’quvchilar adibning labirint chiziqlari bo’ylab harakat qilib yozgan asarlari orqali erishjgan yutuqlarini topib olishadi. Bu esa o’quvchining topqirligini oshiradi.
“Uzum pishdi bog’ga kir” metodi
Bu metodda o’quvchilar Abdulla Qahhorning qalamiga mansub bo’lgan asarlarni qisqa vaqt ichida tez va to’g’ri yozishlari kerak bo’ladi. Bu metod orqali o’quvchi yozuvchining hayotini chuqurroq o’rganadi. Yuqoridagi metodlar orqali o’quvchilar Abdulla Qahhor ijodiga doir bo’lgan ma’lumotlarni batafsil o’zlashtira oladi.
6-sinflarda “Bemor” hikoyasini o’qitishda quyidagi metoddan foydalanish yuqori samara beradi.
“UCH BO’LAKLI MATN” metodi “Bemor “ hikoyasi matni 3 bo’lakka bo’lib guruhlarga beriladi o’quvchilar matn bilan tanishib uning mazmun mohiyatini bir birlariga yetkazadilar. Bunday usul qisqa vaqt ichida hikoya matni bilan tanishish imkonini beradi.
7-sinfda “O’g’ri “ hikoyasini o’rganish jarayonida
“Zehn matni” metodi, “Mening fikrimcha….” , “Saralash” metodlarini qo’llash bilan o’quvchini darsga bo’lgan qiziqishini, mustaqil fikrlashini, farqlay olishini bilib olish mumkin.
“Mening fikrimcha” metodi
Bu metodda har bir o’quvchi o’z fikrini o’qib yozib beradi, o’quvchilar fikri hurmat qilinadi va oxirida xulosalanadi. Ushbu usuldan foydalanish o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish, mustaqil va erkin fikrlashga undaydi.
“SARALASH” METODI
Bunda hikoyadagi barcha ibora va maqollar aralash holda beriladi, o’quvchilar esa ularni ajratib guruhlarga joylashtiradi. Bunda o’qituvchi o’quvchilarni nafaqat adabiyot , balki ona tilidan ham bilimini tekshirgan bo’ladi, ya’ni fanlararo bog’lanadi.
Xulosa. Adabiyot darslarida turli metodlardan foydalanish o’quvchini darsga bo’lgan qiziqishini ortishiga , fanga bo’lgan mehrini qozonishiga asos bo’laoladi. O’quvchini zamon talabiga mos holda o’qitmasak, ularning darsga bo’lgan ishtiyoqi so’nib boradi. Shu bois barcha darslarda yangi- yangi usullarni qo’llab , darsni mazmunli o’tkazish maqsadga muvofiq deb o’ylayman.