Ishlab chiqarish omillarini turlicha nisbatda qoʻllagan chogʻda 10.1- jadval mahsulot ishlab chiqarish natijasi -
Kapital qoʻyilmalari
(kapital sarfi)
|
Mehnat sarfi (mehnat sigʻimi)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
I
|
20
|
40
|
55
|
65
|
85
|
2
|
40
|
60
|
75
|
85
|
90
|
3
|
55
|
75
|
90
|
100
|
105
|
4
|
65
|
85
|
100
|
110
|
115
|
5
|
75
|
90
|
105
|
115
|
120
|
Jadvaldagi har bir qatorga nazar tashlasak, kapital sarfi oʻzgarmagan holda mehnat sarflari koʻpaygan sari ishlab chiqarishning umumiy hajmi oʻsib borishini koʻramiz. Har bir ustunni yuqoridan pastga tomon kuzatsak mehnat sarfi oʻzgarmagan holda kapital sarfi koʻpaygani sari mahsulot ishlab chiqarish oʻsib borishini koʻramiz.
10.1-jadvaldagi ma’lumot izokvantlardan foydalanib, chizma shaklida qam berilishi mumkin. Izokvant egri chiziqdan iborat boʻlib,
unda joylashgan ishlab chiqarish omillarining barcha nisbatlarda qoʻllanishi ulardan foydalanishda bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi. 10.1-rasmda uchta ishlab chiqarish izokvanti aks ettirilgan (Chizma oʻqlarida muayyan muddatda qoʻllangan ishlab chiqarish omillari joylashgan).
10.1-rasm. Ikkita ishlab chiqarish omili ma’lum vaqt mobaynida oʻzgarganda mahsulot ishlab chiqarish chizmasi.
Izokvantlar 10.1-jadval ma’lumotlariga mos keladi, biroq mayda koʻrsatkichlardan foydalanishga imkon berish uchun bir tekis egri chiziq shaklida chizilgan. Masalan, Q, izokvantida ishlab chiqarish omillarining barcha oʻzaro nisbati berilgan, ulardan foydalanish 55 birlik mahsulotni beradi. Nuqtalardan ikkitasi, A va D, 10.1-jadvalga muvofiq belgilangan, biroq egri chiziqning qolgan qismlari izokvantning oddiy koʻrinishida berilgan. A nuqtada bir mehnat birligi va uch kapital birligi
55 birlik mahsulot olishni ta’minlaydi; ayni vaqtda D nuqtada shu hajmda mahsulot chiqarishga uch mehnat birligi va bir kapital birligining oʻzaro nisbati bilan erishiladi. Q2 izokvantda 75 birlik mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi ishlab chiqarish omillarining barcha oʻzaro nisbati joylashgan, bulardan toʻrtga nuqta 10.1-jadvalda chizib koʻrsatilgan mehnat bilan kapitalning oʻzaro nisbatiga muvofiq
joylashgan. Q3 izokvant Q-dan yuqori va oʻng tomonda yotibdi, chunki unda ikkala ishlab chiqarish omillarining shunday oʻzaro nisbati berilganki, ularda Q, da ishlab chiqariladigan mahsulot hajmidan koʻproq mahsulot ishlab chiqariladi.
Izokvantlar farqsizlik egri chizigʻiga oʻxshash, biz ulardan iste’mol tanlovi nazariyasini oʻrganishda foydalanganmiz. Farqsizlik egri chizigʻi iste’molni qondirish darajasining pastdan yuqoriga borishini ifodalaydi, izokvantlar esa mahsulot ishlab chiqarish hajmini koʻrsatadi. Biroq, farqsizlik egri chizigʻidan farqli oʻlaroq har bir izokvant mahsulot ishlab chiqarishning ma’lum darajasi bilan bogʻliq. Ayni vaqtda, farqsizlik egri chizigʻiga mos keluvchi «raqamlar» ifodasi faqat tartib shaklida e’tiborga sazovor, ya’ni yuqoriroq darajadagi naflilik «yuqoriroq» farqsizlik egri chizigʻi bilan bogʻliq. Biroq biz izokvant vositasida mahsulot ishlab chiqarishning alohida darajasini aniqlash usuli bilan naflilikning alohida darajasini oʻlchay olmaymiz.
Izokvantlar kartasi alohida izokvantlar yigʻindisidan iborat boʻlib, ularning har biri, omillarning muayyan nisbatida erishiladigan maksimal mahsulot ishlab chiqarishni koʻrsatadi. Izokvantlar kartasi ishlab chiqarish funksiyasini ifoda etishning muqobil usuli boʻlib, xuddi farqsizlik egri chiziqlari kartasi kabi naflilik funksiyalarini ifoda etuvchi uslublardan biri hisoblanadi. Izokvantlarning cheksiz miqdori izokvantlar kartasini tashkil etadi. Har bir izokvant turli hajmda mahsulot ishlab chiqarish bilan tasvirlanadi va bu hajmlar chizmada yuqoriga va oʻngga siljish bilan ortib boradi.
Izokvantlar firmalarning ishlab chiqarish boʻyicha echimlarining qanchalik moslashuvchan ekanligini koʻrsatadi. Koʻp hollarda, firmalar ishlab chiqarish omillarining turlicha nisbatidan foydalanib, ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarishga erishishlari mumkin. Firma rahbari bunday moslashuvchanlikning tabiatini tushunishi zarur. Bu
rahbarga ishlab chiqarish omillarining shunday oʻzaro nisbatini tanlab olish imkonini beradiki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini minimumlashtiradi va foydani maksimumlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |