Izokvantlar
Firma ishlab chiqarishning ikkita omili — mehnat va kapitalni almashtira oladigan ishlab chiqarish texnologiyasini oʻrganishdan boshlaymiz. Faraz qilaylik, oziq-ovqat mahsuloti (tayyor mahsulotlar) mehnat va kapitaldan foydalanib ishlab chiqariladi. 9.1-jadvalda ishlab chiqarish omillarining turlicha oʻzaro birikishida mahsulotni maksimal ishlab chiqarish keltirilgan.
9.1-jadvalda koʻrsatilgan har bir natija mahsulot ishlab chiqarishning maksimal hajmi boʻlib, uni kapital va mehnatni tegishli nisbatga qoʻllash tufayli ishlab chiqarish mumkin (masalan, kapital 2 birligi va mehnat 4 birligidan foydalanish 85 birlik oziq-ovqat mahsuloti beradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |