Firmaning uzoq muddatli strategiyasini tahlil qilish xususiy tadbirkorlikdan to jamoat maktablarigacha, kommunal va xususiy xizmat hamda korxonalar faoliyatini tartibga solish kabi vaziyatlar uchun juda muhim. Masalan, oʻrta maktab ishini tahlil qilish shunday xulosaga olib kelishi mumkinki, agar maktab tizimida uchta kichik, har birida 1000 tadan oʻquvchi boʻlgan maktab oʻrniga bitga katta 3000 oʻquvchisi bor maktab boʻlsa, maktabda oʻqitish dasturlari samaraliroq (fanlar koʻp va asbob-uskunalar hamda qoʻllanmalari yaxshi) boʻladi. Telefon kompaniyalari faoliyatini oʻrganish asosida taxmin qilish mumkinki, hududiy telefon kompaniyalari mahalliy telefon xizmatini yagona milliy telefon kompaniyasiga qaraganda yaxshiroq koʻrsatishi mumkin. Uzoq muddatli tahlilni firma faoliyati koʻlamidan boshlagan yaxshiroq. Ishlab chiqarish hajmi koʻpayishi barcha omillardan foydalanishga bogʻliqligi firmaning uzoq muddatdagi faoliyatidagi
ayrim xususiyatlarini ochib beradi. Foydalanilgan ishlab chiqarish omillari mutanosib tarzda oshganda firmaning mahsulot ishlab chiqarishi qanday oʻzgaradi?
Masalan, agar omillardan foydalanish ikki baravar koʻpaysa mahsulot ishlab chiqarish ham ikki marta koʻpayadimi yoki u koʻproq yoki ozroq koʻpayadimi? Agar mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki baravardan ortiq koʻpaysa (ishlab chiqarish omillari ikki marta koʻpaygan holda), bunday oʻsish koʻlamning musbat samarasi deyiladi.
Ishlab chiqarish shuning uchun oʻsadiki, katta koʻlamdagi ishlab chiqarish rahbarlarga va ishchilarga oʻz vazifalarini bajarishda ixtisoslashuvni chuqurlashtirish va yanada murakkabroq hamda quvvatliroq asbob-uskunalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Avtomobil yigʻuv konveyerining ijobiy samarasi koʻlami mashhur misol hisoblanadi.
Daalat siyosatini ishlab chiqishda koʻlam musbat samarasini hisobga olish zarur. Agar ijobiy musbat koʻlam samarasi amal qilayotgan boʻlsa, unda mahsulot ishlab chiqaruvchi koʻpgina mayda firmalardan koʻra (nisbatan koʻp sarfli) bitta yirik firmaga (nisbatan kam xarajatli) ega boʻlish iqgisodiy jihatdan foydaliroq boʻladi. Bunday yirik firma oʻzi belgilagan narxni nazorat qilishi mumkin va shu munosabat bilan narxlarni tartibga solish uchun kompaniyalar faoliyatiga davlatning aralashuvi kerak boʻlib qoladi. Masalan, elektr energiyasini ishlab chiqarishda koʻlam ijobiy samarasi mavjudligi yirik energetika kompaniyalari faoliyatini tartibga solib turishda davlatning aralashuviga sabab boʻldi.
Ishlab chiqarish koʻlami oʻsishi ta’sir etishning ikkinchi toifasi ishlab chiqarish omillari ikki marta koʻpayganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham ikki baravar oʻsishidir. Bunda, ishlab chiqarish koʻlam samarasi oʻzgarmagan sharoitda amalga oshadi. Koʻlam
samarasi oʻzgarmas boʻlgan sharoitda firma faoliyatining miqyosi foydalaniladigan omillar mahsuldorligiga ta’sir qilmaydi. Firmaning ishlab chiqarish omillarining oʻrtacha va chegarali unumdorligi katta korxonalar uchun ham, mayda korxonalar uchun ham oʻzgarmas boʻlib qolaveradi. Koʻlam samarasi oʻzgarmas boʻlganda ma’lum texnologiyadan foydalanuvchi bitta zavodning oʻrniga, ikki marta koʻp mahsulot ishlab chiqaradigan ikkita zavod qurish mumkin. Misol uchun, yirik sayohat idorasi bir mijozga hisoblaganda kichik turistik korxonasi bilan bir xilda sarflar va bir xil kapital (boshqaruv binosi) bilan mehnat (xodimlari) nisbatiga ega boʻlishi mumkin.
Nihoyat, ishlab chiqarish omillari ikki baravar koʻpayganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2 martadan kamroq oʻsishi mumkin. Bunday holatda biz manfiy (teskari) koʻlam samarasiga duch kelamiz, uni har qanday yirik firmalarda qoʻllash mumkin. Yirik firmalardagi boshqaruv qiyinchiliklari va murakkab jarayonlarni amalga oshirishdagi sarflar kapital va mehnat qaytimining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, koʻlamning manfiy samarasi vazifalarni uygʻunlashtirish muammolari va rahbariyat bilan ishchilar oʻrtasidagi munosabatlarning ta’minlanishi bilan bogʻliq.
Koʻlamning musbat va manfiy samarasi 10.8-rasmda koʻrsatilgan. Ishlab chiqarish jarayoni kapital va mehnatdan ishlab chiqarish omili sifatida foydalanish boʻlib, bunda 1 mashina-soat vaqtga 4 soat mehnat sarfi toʻgʻri keladi.
OR taraladigan chiziqda mehnat bilan kapitalning turlicha bogʻlanishini aks ettiradi, ulardan ishlab chiqarish omillari oʻzgarmas nisbatini ta’minlagan holda mahsulot ishlab chiqarishda foydalanish mumkin.
OA kesmasida koʻrsatilganidek, nisbatan katta boʻlmagan hajmda mahsulot chiqarish uchun ishlab chiqarish funksiyasi musbat koʻlam
samarasini namoyish etadi. Ishlab chiqarish omillari nisbati — 5 soat mehnat va 1 soat mashina vaqti boʻlganida (chizmaning pastki qismida koʻrsatilgandek) 10 birlik mahsulot ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish omillari ikki baravar koʻpayganda mahsulot chiqarish 3 marta (Yudan 30 gacha) koʻpayadi.
10.8-rasm. Koʻlamning musbat va manfiy samarasi
Ishlab chiqarish omillari yarmiga koʻpayganda (mehnat 10 dan 15 gacha va mashina vaqti 2 dan 3 gacha) mahsulot ishlab chiqarish 2 marta koʻpayadi (30 dan 60 birlikkacha).
AR kesmada koʻrsatilganidek, nisbatan katta hajmda mahsulot chiqarish uchun ishlab chiqarish funksiyasi manfiy koʻlam samarasini namoyish etadi. Omillar nisbati U3 gacha koʻtarilganda (mehnat 15 dan
20 soatgacha) va mashina vaqti (3 dan 4 soatgacha) koʻpayganda mahsulot ishlab chiqarish faqat 1/6 gacha (60 dan 70 donagacha) koʻpayadi.
Ishlab chiqarish omillari 50%ga (mechnat 20 dan 30 soatgacha) va mashina vaqti 4 dan 6 soatgacha koʻpayganda mahsulot ishlab chiqarish a (70 dan 80 donagacha) oʻsadi, xolos
Rasmdan koʻrinadiki, koʻlam samarasi musbat boʻlganda agar foydalanilgan omillar mutanosib oshsa izokvantlar bir-biriga juda yaqinlashadi. Ammo, koʻlam samarasi manfiy boʻlganda izokvantlar bir- biridan uzoqlashadi, chunki borgan sari koʻproq miqdorda ishlab chiqarish omillari kerak boʻladi. Koʻlam samarasi oʻzgarmas boʻlganda izokvantlar teng masofada joylashgan boʻladi (6.9-chizmaga qarang).
AQShda va butun dunyoda firmalar uchun koʻlam samarasi muhim ahamiyatga ega. Boshqa tamoyillarni hisobga olmaganda koʻlam samarasi katta boʻlgan sanoat tarmoqlarida yirik firmalar faoliyat yurgizadi. Odatda sanoatning ishlab chiqaruvchi tarmoqdari xizmat koʻrsatuvchi soha tarmoqlariga qaraganda katta koʻlam samarasiga ega boʻladi, chunki firmalar eng samarali faoliyat yuritishi uchun ishlab chiqarishdagi asbob-uskunalarga yirik miqdorda kapital qoʻyish kerak boʻladi
Xizmat koʻrsatuvchi soha tarmoqlari sermehnat boʻlganlari uchun odatda ham katga hajmdagi, ham kichik hajmdagi sarflarning samarali boʻlishini ta’minlaydilar.
Koʻpchilik ishlarda (kitoblarda) «ishlab chiqarish koʻlami oʻsishi bilan bogʻliq boʻlgan tejash» tushunchasini «koʻlam samarasining oʻsib borish» tushunchasiga sinonim sifatida foydalaniladi. Biroq, birinchi tushunchani qoʻllash mumkin, qachonki, firmaning faoliyat qoʻlami oʻsib borsa va unga etarli vaqt (aytaylik bir yoki ikki yil) berilsa, toki u kiritiladigan omillarni almashtirish yoʻli bilan ishlab chiqarishni arzonlashtira olsin. Koʻlam samarasi ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bir xil boʻlishi mumkin, qachonki kiritilayotgan omillar mutanosib ravishda oʻzgarmasdan qolsalar. Shunday qilib, firma barcha omillarni ikki martadan kamroq oshirib mahsulot ishlab chiqarishni ikki marta koʻlaytirishi mumkin. Bu bilan, koʻlam samarasining oshib borishiga erishish mumkin.
Ishlab chiqarish koʻlamini oʻstirish orqali erishilgan tejam tarkibiga demak, alohida holat sifatida oshib borayotgan koʻlam samaradorligi kiradi. Biroq, umumiyroq shaklda koʻlam samaradorligi mahsulot ishlab chiqarish hajmi oʻzgarishi bilan barcha kiritilgan omillarning oʻzaro nisbati oʻzgarishiga yoʻl beradi. Ishlab chiqarish funksiyasi foydalanilgan ishlab chiqarish omillarining har bir muayyan nisbati mavjud boʻlganda firma ishlab chiqarishi mumkin boʻlgan mahsulot hajmini ifodalaydi.
Izokvanta egri chiziq boʻlib, ma’lum hajmda mahsulot ishlab chiqarish imkonini beruvchi ishlab chiqarish omillarining ma’lum nisbatda oʻzaro bogʻlikdigini koʻrsatadi. Firmaning ishlab chiqarish funksiyasi gurli darajada ishlab chiqarish hajmi bilan bogʻliq boʻlgan bir guruh izokvantlar bilan berilishi mumkin.
Qisqa muddatli davrda hech boʻlmaganda bitta ishlab chiqarish omili oʻzgarmay (doimiy) qoladi, uzoq muddatli davrda esa barcha ishlab chiqarish omillari oʻzgaradi.
Oʻzgarib turuvchi bir omil vositasida (mehnat bilan) amalga oshgan ishlab chiqarishni mehnatning oʻrtacha mahsuloti (oʻrtacha ishchining mehnati unumdorligini aks ettiruvchi) va mehnatning chegarali mahsuloti (bu ishlab chiqarish jarayoniga qoʻshilgan oxirgi ishchining mehnat unumdorligini aks ettiruvchi) tushunchalaridan foydalangan holda ifodalash mumkin.
Bir yoki undan koʻp ishlab chiqarish omillari doimiy boʻlganda oʻzgarib turuvchi omil (odatda mehnat sarflari) chegarali mahsulotga ega boʻlishi zarur, bu esa oʻzgarib turuvchi omildan foydalanish oʻzgarib borgan sari qisqaradi. Kamayib boruvchi qaytim qonuni ishlab chiqarish jarayonida chegarasi mahsulotning kamayib borishini bildiruvchi umumiy tendensiyani aks ettiradi.
Izokvantlar hamma vaqt pastga ogʻgan boʻladi, chunki barcha ishlab chiqarish omillarining chegarali mahsulotlari musbatdir. Har bir izokvantning shakli uning har bir nuqtasida texnik oʻrnini bosishning chegarali me’yori vositasida koʻrsatilishi mumkin. Mehnatni kapital bilan texnologik almashtirishning chegarali me’yori (MRTS) shunday miqdorki, qoʻshimcha mehnat birligi foydalanilgan vaqtda unga teng miqdorda kapital sarflari kamayishi mumkin, mahsulot ishlab chiqarish esa oʻzgarmasdan qolaveradi. MRTS firmaning bir ishlab chiqarish omilini boshqalari bilan almashtirish imkoniyatlarini koʻrsatadi.
Mamlakat aholisining turmush darajasi shu mamlakatdagi mehnat unumdorligi darajasi bilan chambarchas bogʻliq. Rivojlangan mamlakatlarda mehnat unumdorligi oʻsishi sur’atlarining pasayishi, qisman, kapital qoʻyishlarni yetarli ravishda oʻsmaganligi bilan izohlanadi.
Har bir ishlab chiqarish funksiyasi uchun ishlab chiqarish jarayonida bir ishlab chiqarish omilini boshqasi bilan almashtirish imkoniyati turlicha: bu omillarni almashtirish imkoniyati nihoyatda mukammal boʻlgan funksiyadan tortib, to ishlab chiqarish omillaridan foydalanish nisbatlari oʻzgarmaydigan funksiyagacha (omillardan foydalanish tarkiban oʻzgarmagan holda ishlab chiqarish funksiyasi) boradi.
Uzoq muddatli taxdilda biz e’tiborni firma faoliyatining zarur boʻlgan koʻlamini yoki miqyosini tanlab olishga qaratdik. Koʻlamning oʻzgarmas samarasi shuni bildiradiki barcha ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning ikki baravar oʻsishi mahsulot ishlab chiqarishning ikki marta koʻpayishiga olib keladi. Koʻlamning musbat samarasi mahsulot ishlab chiqarishning ikki martadan koʻproq oʻsganligini anglatadi, koʻlamning kamayib boruvchi samarasi esa mahsulot ishlab chiqarishni ikki baravardan kamroq oʻsganini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |