Ishlab chiqarish omillari bir-birining oʻrnini bosishi
Har bir izokvantning burchak koeffitsiyenti, mahsulot ishlab chiqarish hajmi oʻzgarmagan holda bir ishlab chiqarish omilining oʻrnini ikkinchisi qanday qilib bosishini koʻrsatadi. Burchak koeffitsiyentining mutlaq koʻrsatkichi texnologik oʻrnini bosishning chegarali me’yori deyiladi(MRTS).
Kapitalni — mehnat bilan MRTS belgilangan mahsulotni ishlab chiqarishda bitga qoʻshimcha mehnat birligidan foydalanish hisobiga kapital qisqartirilishi mumkinligini koʻrsatadi. Bu koʻrsatkich, iste’mol nazariyasida esga olingan chegarali oʻrnini bosish me’yori (MRS)ra oʻxshashdir.
MRS kabi MRTS ham hamisha musbat koʻrsatkich hisoblanadi. Matematik shaklda (MRTS) = - foydalanilgan kapital miqdorining oʻzgarishi / mehnat sarflarining oʻzgarishi, yoki
MRTS = - LK /AL,
bunda AK va AL alohida izokvant (yoki doimiy Q) dagi kapital va mehnatning katta boʻlmagan oʻzgarishini ifodalaydi.
Ta’kidlash joizki, 105.5-rasmda mehnat sarflari 1 dan 2 birlikka koʻpaygan va mahsulot ishlab chiqarish 75 birlik darajasida boʻlganda texnologik oʻrnini bosish me’yori (-AK/AL) 2 ga teng. Biroq, mehnat sarflari 2 dan 3 birlikka koʻpayib va keyinchalik, 2/3 dan 1/3 gacha kamayganda MRTS 1 gacha pasayadi. Kapital qancha koʻp mehnat oʻrnini qoplasa mehnat unumdorligi shuncha past boʻladi, kapitaldan
foydalanish esa samaraliroq boʻladi. Shuning uchun, mahsulot ishlab chiqarish hajmini doimiy miqdorda ushlab turish uchun kapitalni minimal miqdorda kamaytirish zarur. Bunday holatda izokvant bir tekis tus oladi.
Izokvantlar egri chiziqlari botiq shaklda boʻladi, ya’ni MRTS izokvant boʻylab pastga siljigan sari qisqaradi. Texnik oʻrnini bosishning chegarali me’yori har qanday ishlab chiqarish omilining ishlatish samaradorligi cheklanganligini koʻrsatadi. Ishlab chiqarish jarayonida kapitalning oʻrnini koʻproq mehnat bosishi uning unumdorligini pasaytiradi. Xuddi shunday tarzda mehnatning oʻrnini koʻproq kapital bosishi uning qaytimini kamaytiradi. Ishlab chiqarish uchun ikkala omilning mutanosibligi zarur.
Taxmin qilganimizdek, MRTS mehnatning chegarali mahsuli MPL va kapitalning chegarali mahsuloti MRK bilan jips bogʻliq.
Buni koʻrish uchun faraz qilaylik, mehnat sarflari bir oz koʻpaytirilgan va kapitaldan foydalanish miqdori bir oz kamaytirilganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi oʻzgarmay qoladi. Mehnat xarajatlarining koʻpayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishning oʻsishi qoʻshimcha mehnat birligiga (mehnat chegarali mahsuliga) toʻgʻri keladigan qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarishni qoʻshimcha mehnat birligi koʻpaytmasiga teng.
Xuddi shunday tarzda foydalanilgan kapitalni kamaytirish natijasida ishlab chiqarish hajmining kamayishi — bu kapital birligiga hisoblagan ishlab chiqarish hajmi kamayishining (kapital chegarali mahsulini), qisqartirilgan kapital miqdoriga koʻpaytmasiga teng: kapitalni kamaytirish natijasida ishlab chiqarishning pasayishi = (MRK) (DK) boʻladi.
Barcha izokvantlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi doimiy qoldirilgani uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi noʻlga teng boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |